Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
31889 - Telegram Web
Telegram Web
AMANOV AKMAL ARIPJONOVICH PEDAGOGIKA FANLARI BO‘YICHA FALSAFA DOKTORI (PhD) DISSERTATSIYASINI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILDI

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti tadqiqotchisi Amanov Akmal Aripjonovich “Talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishi misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Himoya Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti huzuridagi PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengashning bir martalik majlisida bo‘lib o‘tdi. Kengash a’zolari tomonidan tadqiqotchi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga munosib deb topildi.

Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari bo‘yicha PhD, professor Po‘latxon Lutfullayev.

Institut jamoasi Akmal Aripjonovichni ushbu yirik yutuq bilan tabriklab, unga ilmiy faoliyatida yangi zafarlar tilaydi!

Axborot xizmati
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube
👍197👏1🎉1
Заявление_наблюдателя_на_103_экзамен_TOPIK.docx
23.6 KB
103-XALQARO KOREYS TILIDAN BILIM DARAJASINI ANIQLASH IMTIHONI (“TOPIK Ⅰ”) BO‘YICHA NAZORATCHILAR QABULI BOSHLANDI

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida 2025-yil 16-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan 103-Xalqaro koreys tili imtihoni (“TOPIK Ⅰ”) uchun nazoratchilar tanlovi e’lon qilinadi.

Nazoratchilar quyidagi talablar asosida tanlanadi:
🔹 So‘nggi 3 yil ichida TOPIK imtihonida nazoratchi sifatida ishtirok etgan bo‘lishi;
🔹 So‘nggi 3 yil ichida xalqaro sertifikat (IELTS, TOEFL) imtihonida nazoratchi bo‘lib qatnashgan bo‘lishi;
🔹 Ta’lim muassasasida ish tajribasiga ega bo‘lishi.

Afzalliklar:
Nazoratchilar kunlik ish haqi bilan ta’minlanadi;
Imtihon muvaffaqiyatli yakunlangach, keyingi tanlovlarda ustuvor ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Ariza topshirish muddati:
21–26-oktabr kuni

Kerakli hujjatlar:
Ariza (anketa shakli)
Pasport nusxasi (PDF formatda)

📩 Arizalar qabul qilinadi:
👉 NSFILTOPIK shtab ma’muriyati 103-TOPIK imtihon arizalari kanali

https://www.tgoop.com/ibratnamdchti
3
#Rektor_tabrigi

Assalomu alaykum, Aziz ustozlar va qadrli yurtdoshlar!

Bugun – xalqimiz tarixida g‘urur va iftixor bilan nishonlanadigan muhim sana – Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligini keng bayram qilmoqdamiz.

Bu sana – o‘zbek xalqining ma’naviy uyg‘onishi, milliy o‘zligini anglash va mustaqil tafakkurini shakllantirish yo‘lida burilish nuqtasiga aylangan tarixiy voqeadir. 21-oktyabr – bu faqat til bayrami emas, balki millatimizning ruhini, g‘ururini va birligini ifodalovchi muqaddas sana.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek:
“Ona tili – millat ruhi, xalq qalbining oynasi, yurakning eng nozik torlarini chertuvchi bebaho ne’matdir.”

Bugungi kunda ona tilimizning mavqei nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro miqyosda ham tobora yuksalib bormoqda. Ilm-fan, diplomatiya, madaniyat va ta’lim sohalarida o‘zbek tilidan keng foydalanilayotgani, xorijiy nashrlar va dasturlarda o‘zbek tilining o‘rni ortib borayotgani barchamiz uchun faxrdir.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti jamoasi ham bu yo‘nalishda faol ishtirok etib, o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini xalqaro maydonda targ‘ib qilish, uni ilmiy va amaliy jihatdan rivojlantirish borasida samarali ishlar olib bormoqda.

Hurmatli ustozlar, aziz hamkasblar, talabalar va muhtaram yurtdoshlar!
Sizlarni Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi bilan chin dildan tabriklayman!
Barchangizga sihat-salomatlik, ijodiy yutuqlar, ilmiy va kasbiy muvaffaqiyatlar, oilaviy farovonlik va ona tilimizga cheksiz sadoqat tilayman.

Ona tilimiz – millatimiz g‘ururi, birligimiz timsoli, qalbimizning eng go‘zal ohangidir!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, qadrli hamkasblar va aziz yurtdoshlar!

Chuqur hurmat va ehtirom bilan,

Karimov Rivojiddin G‘ulomjonovich,
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti rektori


Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti axborot xizmati
Bizni kuzatishda davom eting:👇👇👇
Telegram Instagram Facebook
Youtube Web-sayt
👍4🆒21❤‍🔥1
Talabalarning navbatdagi yutug'i

Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Til va tarjima fakulteti 4-kurs talabalaridan Biltiraliyeva Nozima va Ikromova Muxtasar respublika darajasidagi NETRUZ EAR and Mentoring Training dasturida muvaffaqiyatli chiqish qildilar.
Tadbirda NamSIFL, Jahon tillari universiteti, Westminster, Webster kabi nufuzli OTMlar vakillari hamda respublika bo‘ylab o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Talabalarimiz o‘zlarining Exploratory Action Research (EAR) tajribalari bilan bo‘lishib, tinglovchilarning e’tirofiga sazovor bo‘ldilar.

Shuningdek, ushbu 4 oylik dasturda (2024-yil sentyabr–dekabr) mentor sifatida institutimiz o‘qituvchisi, Uorvik universiteti tadqiqotchisi Hakimova Umidahon ham faol ishtirok etmoqda.
NamChTI talabalari o‘zining tashabbuskorligi, ijodkorligi va ta’limga sadoqati bilan institutimiz sha’nini yuksak darajada himoya qildilar.

Fahrlanamiz sizlar bilan, aziz talabalar!

Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram  Instagram  Facebook
Youtube Web-sayt
11👏3🎉2❤‍🔥1
Anvarova Shodiya RUA-AR24
<unknown>
#Факультет_языков_и_перевода
#Кафедра_русского_языка_и_литературы

🎙 Из жизни студенческого радио!

Дорогие слушатели, спасибо, что вы с нами! 💫

Если на вашем факультете или в студенческой жизни происходят интересные события, рождаются новые идеи или реализуются яркие проекты — обязательно поделитесь ими с нами!

Мы с радостью расскажем об этом в следующих выпусках студенческого радио. 🎧

Работу нашего радио ведёт студентка группы RUA-AR-24 Анварова Шодия.

📚 Информационная служба
Наманганского государственного института иностранных языков имени Исхокхона Ибрата.

📻 Будьте с нами и следите за нашими новостями!

Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram  Instagram  Facebook
Youtube Web-sayt
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Namangan axboroti |"QATOG'ON QURBONLARINI YOD ETISH HAFTALIGI" DOIRASIDAGI TADBIRLAR
20.10.25

📲 Bizni kuzatib boring 😀🥹🥲😍


TELEGRAM | 😀 INSTAGRAM |😀 YOUTUBE | 😀REKLAMA | 🔴LIVE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
DIQQAT, TALABALAR!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 2-dekabrdagi 452-sonli buyrug‘ining 3.3-bandiga muvofiq, 2025-yil 25-oktabr – 5-noyabr kunlari vazirlikning https://survey.hemis.uz/
veb-sayti orqali talabalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkaziladi.

So‘rovnomadan maqsad — oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni sifatini o‘rganish, talabalarning fikr va takliflarini aniqlash hamda tizimni yanada takomillashtirishdir.

Ishtirokchilar:
Davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan barcha bakalavr va magistrant talabalar.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun quyidagi havolaga kiring:
👉 https://survey.hemis.uz/

So‘rovnoma shaffof tarzda o‘tkaziladi. Har bir talabaning faol ishtiroki muhim!
Maqsad: Talaba fikrini inobatga olgan holda ta’lim sifatini oshirish

Is'hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Axborot xizmati

🔹Bizni kuzatishda davom eting
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook
🔹Youtube 🔹Web-sayt
4❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌸 Gullar diyori — Namangan yana sayyohlarni chorlaydi!

📅 2025-yil 24–26-oktabr
📍 “Afsonalar vodiysi” tematik bog‘ida — IV Xalqaro Asal festivali bo‘lib o‘tadi.

🍯 Festival doirasida:
🐝 10 dan ortiq davlat asalarichilari ishtirokidagi asal yarmarkasi
🎓 Xalqaro ekspertlar bilan ilmiy-amaliy anjumanlar
🤝 Xorijiy va mahalliy asal yetishtiruvchilar o’rtasida B2B biznes uchrashuvlari
🎶 Ochiq osmon ostidagi Madaniy shoular
🍲 Osh chempionati va moda ko‘rgazmasi sizni kutmoqda

🏆 Festival yakunida g‘oliblar qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi!

Sizlarni “Afsonalar vodiysi” tematik bog’ida bo’lib o’tadigan IV Xalqaro Asal festivalida kutib qolamiz!

#AsalFestivali #Namangan2025 #HoneyFestival
❤‍🔥7
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🏛 “Eng faol yil talabasi  – 2025” respublika tanlovi eʼlon qilindi.

🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda “Eng faol yil talabasi  – 2025” respublika tanlovini eʼlon qiladi.

🔴Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

➡️Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:

🟢Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
🟢Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
🟢Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
🟢Yilning eng faol sportchi talabasi;
🟢Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
🟢Yilning eng faol ijodkor talabasi;
🟢Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

💠Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

🟥Respublika g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

📌 “Yil talabasi” tanlovi nizomi

🧊 Hujjatlar oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan joriy yilning 15-noyabr sanasiga qadar qabul qilinadi.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2❤‍🔥11
ILMIY HIMOYA

Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti dotsenti Abduxolikova Nasiba Alijonovna 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Oliy ta’lim muassasalari talabalarning mediasavodxonlik va axborot madaniyatini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari (Falsafa fani misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishining ilmiy himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadqiqot ishi pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent M.Boltayeva rahbarligida bajarilgan.

Ilmiy kengash yig‘ilishida dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy asoslari va amaliy ahamiyati atroflicha muhokama qilindi.Ilmiy kengash a’zolari tomonidan Abduxolikova Nasibaning dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilingan deb topildi.

Institut jamoasi N.Abduxolikovani ushbu ilmiy yutug‘i bilan samimiy tabriklaydi hamda keyingi ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Telegram|Instagram|Facebook|Youtube|Web-sayt
🎉97❤‍🔥1
2025/10/22 15:23:23
Back to Top
HTML Embed Code: