Forwarded from Oxirgi stoldagi odam
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▶️ 100+ ta kitob haqida videolar #2
🦧"Maymunlar sayyorasi"ni o’qib tugatganimda, voqealarning oxiri umuman boshqacha yakunlanishi meni oz vaqtda esankiratib qo’ydi.
📚O’qish jarayonida siz ham yakun qanday tugashi mumkinligini oz-moz tahmin qilishni boshlaysiz. Va lekin, kitobdagi oxirgi qatorlarni o’qiganda, o'sha tahminlaringizni ham yozuvchi sizni ustingizdan kulish uchun uyushtirgan narsa ekanini payqab qolasiz :)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍50🔥13❤7😢1🏆1
Forwarded from Birburchak
#finished
Knut Hamsun – "Ochlik"
Ochlik qora tuynukka o‘xshaydi. Odamni ichidan turib yemiradi. Jismoniyatdan ruhiyatga ko‘chadi. Undagi ustunlarni, g‘urur, nomus va boshqa shu kabi tuyg‘ularni asta-sekin yeb bitiradi. Bunda inson qalbida, o‘lchovlarida, qayg‘u va quvonchlarida qanday o‘zgarishlar bo‘lishini Knut Hamsun maromiga yetkazib tahlil qiladi.
Romanni o‘qirkansiz, ochlikni ilk daf’a his qilayotgan odamning tuyg‘ulari bilan tanishasiz. Uning ichki dialoglari, fikrlari anchayin teran ekanini ko‘rishingiz mumkin. Kitob varaqlanar ekan ochlikka, yo‘qsillikka omuxta kunlar uzayaveradi. Asar qahramonining his qilayotganlari, ichki dialoglari esa qanchalar chalkashib, telbavor bo‘lib borishiga guvoh bo‘lasiz.
Kitobni o‘qiyotib yoshligim esimga tushdi. Hali kichik bola ekanman, onamga bobomlarnikiga boraylik deb janjal qilardim. Chunki biznikida(deyarli hammanikida) jo‘xoridan qilingan sariq "zog‘ora non" yeyilardi. Bug‘doy un qahatchilik. Katta-kichikning jig‘ildonini qaynatib shunday zada qiladigan narsa edi bu "zog‘ora non" deganlari. Odamlar o‘lganning kunidan, majburlikdan yeyishardi.
Qishloqdagi ba’zi kishilarnikidagina qop-qora, bug‘doy unidan qilingan non topilardi. Naq xazina deyavering. Ana shunday joylardan biri edi men bobomnikiga boraman degan oila. Mehmonga borsak ikkita "zog‘ora non" va ustiga kichikroq qora non qo‘yishardi. Hamma bu nonni juda qimmatbaho narsa sifatida ko‘rib teginmasdi. Hamma o‘sha ostida turgan sariq nondan yerdi. Ana shunda mendek kichkina bola uchun bir parcha qora non berilardi.
Bola bo‘lganim uchun ham ana shu marhamat sabab qayta-qayta shuyoqqa boraylik deb janjal qilganman. Kerak bo‘lsa borganimizga 2-3 soat bo‘lgan bo‘lsa ham yana boraylik deb xarxasha qilgan paytlarim bo‘lgan. Onam esa ko‘pincha olib bormasdilar. Men esa tushunmasdim. Nega har kuni bormaymiz bobomnikiga? Axir tayyor non bo‘lsa. Uyda yo‘q paytlari shuyoqdan yeb kelsak bo‘lmaydimi deb o‘ylardim. Tushunmasdim, bola edim. Bo‘lmas ekan…
Hamsunning qahramoni bo‘ydoq, dardi yolg‘iz boshiga edi. Ammo otalarda, onalarda ochlikning iztiroblari qanchalar og‘ir bo‘lgan ekan a? Urush davrida, undan keyingi yillarda va mustaqillikning dastlabki o‘n yilliklarida biznikilar ham ana shunday og‘ir kunlarni yashashgan. Norveg yozuvchisi ana o‘sha iztiroblar haqida bir inson misolida yozadi. O‘sha inson orqali yer yuzidagi boshqa, turli davrlardagi insonlarning ochlikdagi iztiroblariga guvoh qiladi…
➡️ @qora_yigit

👍40❤28🔥3
Forwarded from Qamar kitoblar do‘koni
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro bestseller, Amazon va Goodreads 2016 da eng yaxshi kitob deb topilgan “Soʻnggi nafas havoga qorishmasdan” asari sotuvda!
Har bir tirik jon oʻlimga mahkum ekan, hayotni mazmunli qilgan narsa nima?
Umr boʻyi mana shu savolga javob qidirgan miya jarrohi Pol Kalaniti oʻzining ilk va soʻnggi kitobida inson hayotini oʻlim va yoʻq boʻlish qarshisida ham ma’noli qilgan narsa nima ekani haqida bosh qotirarkan, har ikkisini ham shaxsan oʻz tajribasidan oʻtkazgan mohir yozuvchi sifatida shifokor-bemor munosabatiga chiroq tutadi.
• Muqovasi – yumshoq;
• Sahifa – 284 bet;
• Narxi – 56.000 soʻm.
🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.
• Xarid qilish uchun:
✍🏻 @qamar_delivery
+998712037004
+998998454400
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍35❤14🔥4
Diqqat, tanlov: bu safar Siz gʻolib boʻlishingiz mumkin! 🤩
Ushbu tanlovda qatnashib, yangi kitoblarimizning ilk oʻquvchisiga aylaning!
Shartlar judayam oson:
1. Yuqoridagi suratlardan birini telegramingiz profil avatariga yuklang.
2. Ushbu post ostida oʻzingizdan oldingi ishtirokchining tartib raqamini sinchiklab aniqlab, undan keyingi sonni yozib qoʻying.
🎁 5 nafar gʻolibning har biriga:
-“Soʻnggi nafas havoga qorishmasdan”
-“Ochlik” kitoblari taqdim etiladi!
❗️ESLATMA:
▪️Surat tanlov yakuniga qadar telegram profilingizdan oʻchirilmasligi va hammaga koʻrinib turishi shart.
▪️Har bir ishtirokchi birgina raqam yozish huquqiga ega.
▪️Shartlarga rioya qilmagan ishtirokchining gʻolibligi o‘z kuchini yo‘qotadi.
Tanlov gʻoliblari 4-iyun, chorshanba kuni soat 20:00 da random usuli orqali jonli efirda aniqlanadi.
Qani, boshladik!
Barchangizga omad! ✊
👉@huzurkitoblari

🔥72❤35👍26👏5😢5🫡1
Bir inson yashadi. Nafas oldi. Yozdi. Soʻng... rihlatga koʻchdi.
Baʼzida eng jonli soʻzlar eng soʻnggi nafasda tugʻiladi.
Oʻlim unga barvaqt keldi.
Lekin u hayotining qorongʻi lahzalarida qoʻliga qalam tutdi.
Hayot va oʻlim haqida yurakni tilka-pora qiluvchi satrlar bitdi.
Shunday qilib,
kitoblarni sevgan bu odamning oʻzi kitobga aylandi.
Unga “Soʻnggi nafas havoga qorishmasdan” deya nom qoʻyildi…

❤82🔥23👍10👏4🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu hikoyalarga quloq tutar ekanman, mening dard deb bilganlarim, aslida, hech narsa emasligini angladim.
Inson kichik bir muammoga duch kelsa, goʻyo ulkan musibatni boshdan kechiryapman deb oʻylaydi.
Har daqiqa oʻlim bilan olishib umr kechirayotganlarni bilmaydi. Qoʻlsiz, oyoqsiz boʻlsa-da, hayotga tutinib qolishga intilayotgan pajmurda jonlarni xayoliga ham keltirmaydi.
“Ey voh, shakarim miqdori koʻp chiqdi, qon bosimim biroz koʻtarilib ketibdi, katta qarzim bor...”
Dard degani shumi?
“Dard etma, Alloh yetar” kitobidan

❤89👍13😢9🔥4🤩2😍1🤗1
Muhimi, bolalikka qaytish emas, bolalar bilan birga vaqt o‘tkaza olishdir. Zotan, bitta yosh bolaga vaqt sarflash mingta katta odamni tanishdan yaxshiroq.
Bugun farzandingizga kitob hadya qilishni unutmang!
👉@huzurkitoblari
Bugun farzandingizga kitob hadya qilishni unutmang!
👉@huzurkitoblari
❤88👍19🔥16😍1
Na bolaning aqliga ishonaman va na kattalarning donoligiga. Hayotiy tajribamiz hayotni mazmunli qiladigan tafsilotlardan iborat. Eng tajribali boʻlgan lahzamiz hozir yashayotgan lahzalarimizdir.
“Soʻnggi nafas havoga qorishmasdan” kitobidan
👉@huzurkitoblari
“Soʻnggi nafas havoga qorishmasdan” kitobidan
👉@huzurkitoblari
❤78🔥17👍9🤩3🏆1
Huzur kitoblari
Diqqat, tanlov: bu safar Siz gʻolib boʻlishingiz mumkin! 🤩 Ushbu tanlovda qatnashib, yangi kitoblarimizning ilk oʻquvchisiga aylaning! Shartlar judayam oson: 1. Yuqoridagi suratlardan birini telegramingiz profil avatariga yuklang. 2. Ushbu post ostida oʻzingizdan…
#eslatma
Azizlar, bu tanlovimiz ertaga yakunlanadi. Sizda esa hali ham imkon bor! Ishtirok eting va 5 gʻolibdan biriga aylaning!
👉@huzurkitoblari
Azizlar, bu tanlovimiz ertaga yakunlanadi. Sizda esa hali ham imkon bor! Ishtirok eting va 5 gʻolibdan biriga aylaning!
👉@huzurkitoblari
❤42👍12🔥11😍2
#sovrinli_post
Yuk ogʻir boʻlsa, mukofoti ham katta boʻladi
“Yashash nega bunchalar qiyin?” deb savol berdingmi hech oʻzingga? Xafa boʻlib, tilka-pora qildingmi oʻzingni? Sen uchun yashash qiyin boʻlsa, mukofoting katta boʻlgani uchundir. Koʻtara olganing uchun senga berilgan bu yuk. Eng katta xazina eng zahmatli yoʻldadir.
Aslo umidsizlikka tushma, aslo!
Umidsizlik — shayton yoʻlingni toʻsishidir.
“Alloh buyukdir!” de. Oʻylama, meni koʻrmayapti deb... Oʻylama, sabrim mukofotsiz qoladi deb...
“Afv et, Allohim” kitobidan
✍️Ushbu kitob haqidagi taassurotlaringizni izohlarda qoldiring.
📙Bizga yoqqan eng yaxshi izoh egasiga Huzur'dan istagan bir kitobi sovgʻa!

❤67👍15🔥10🏆6🤗1
G‘oliblar aniqlandi! 🏆
Jonli efirda o‘tkazilgan tasodifiy tanlash usulida:
1️⃣324
2️⃣583
3️⃣580
4️⃣751
5️⃣89
raqamli ishtirokchilarimiz g‘olib bo‘ldilar!
Tabriklaymiz! 🎉
Sovg‘aga qo‘yilgan “So‘nggi nafas havoga qorishmasdan” va “Ochlik” kitoblarini olish uchun @huzur_admin ga murojaat qilishlarini so‘raymiz!
Tanlovda ishtirok etgan barchaga tashakkur!
✍️ Agar shunday o‘yinlar yana o‘tkazilishini istasangiz, izohlarda ➕qoldiring!

❤58😢13👍9👏9🏆5🔥3🤗2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤55👍13😍9🔥4🤗3🏆1🫡1
Tarixiy gʻalaba munosabati bilan misli koʻrilmagan sovgʻalar kutyapti sizlarni!
Shunday kunda erimasak, qachon eriymiz 😄
👉@huzurkitoblari
Shunday kunda erimasak, qachon eriymiz 😄
👉@huzurkitoblari
🔥134❤32🏆24🤩15👍4👏4😍2