tgoop.com/homework_uz/7839
Last Update:
Vaqtingizni samarali o'tkazishni istaysizmi?
🍅 Pomidor usuli yordamida siz qisqa vaqtda samarali ishlashni o'rganishingiz mumkin.
💪 1980-yillarning oxirida Fransisko Chirillo tomonidan kashf etilgan bu usul yordamida siz diqqatni jamlashni va qisqa tanaffuslar bilan ish samaradorligini oshira olasiz.
⚡️ "Pomidor" vaqti umumiy yarim soat davom etadi: 25 daqiqa ish va 5 daqiqa tanaffus.
Jarayon quyidagicha boradi. Taymerni yoqasiz va bajarishingiz kerak bo'lgan vazifani boshlaysiz. 25 daqiqa diqqatingizni chalg'itmaysiz.
📌 So'ng 5 daqiqa tanaffus qilasiz. Shu tariqa davom etaverasiz va har 3-4 ta "pomidor" vaqtida katta tanaffus olasiz (15 daqiqa).
Biz bilan shu texnikani qo'llab til o'rganing. Buning uchun izohlarda "+" belgisini qoldirishingiz kifoya 😌.
Instagram | Youtube | TikTok | Facebook
BY HOMEWORK | onlayn maktab

Share with your friend now:
tgoop.com/homework_uz/7839