tgoop.com/hasankhojaBlog/1756
Last Update:
Bu – xato qilgach saboq olib, tavba bilan yangidan boshlash degani.
Ba’zan hech nima qilgingiz kelmaydi.
Ba’zida oldingizdagi muammolar yechimsizdek ko‘rinadi.
Ammo bunday paytda shuni unutmang:
Tugunlar – siz yechim uchlarini topishingiz uchun mavjud.
Qadrli bitiruvchilar, sodiq bo‘ling!
Hayot sizga qanday imkoniyatlar bersa ham,
ustozlaringizga, ilmga, yurtingizga, o‘zingizga, orzuingizga, Yaratganga sodiq qoling.
Sodiqlik – halollikning egizagidir.
Sodiqlik – umid so‘nayotgan paytda ham harakatda davom etishdir.
Orangizdan kelajakda ko‘plab imkon egalari chiqadi.
Shunda, iltimos, qobiliyatli bolalarning ta’limiga homiy bo‘ling!
– Ularga maktabga kirishga yordam bering.
– Imtihonga tayyorlovga yo‘l oching.
– Bir bolaning orzusiga ko‘prik bo‘ling.
Chunki siz bugun yurgan yo‘l – kim uchundir orzu. Har narsani zakoti bo’lganidek, bu ham ilmingizni zakotidir.
Ey erkaklar jamoasi, qizlaringizning ta’limiga befarq bo‘lmang.
Ularning orqasida tog‘ bo‘ling. Ko‘prik bo‘ling.
Ey ayollar jamoasi, ilmga g‘ayratingizni aslo to‘xtatmang.
Siz madrasasiz. Siz qulasangiz – jamiyat qulaydi.
Yo‘lingiz ravon bo‘lsin, aziz bitiruvchilar!
Sizni eslashsin – yaxshi inson sifatida, foyda bergan inson sifatida.
Turib, o‘z tarixingizni o‘zingiz yozing.
O‘zingizning tarixingizni o‘zingiz yozing.
Shunda bir kun orqaga qarab:
“Shukrki, bu yo‘lni tanlaganman,” deb aytasiz.
Va Hamd bilan so‘zlaringizni yakunlash nasib qilsin.
BY Hasankhoja Muhammad Sodiq

Share with your friend now:
tgoop.com/hasankhojaBlog/1756