HASANKHOJABLOG Telegram 1732
Majlis

Yaqinda maktabimizda ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda shu o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar va yangi o‘quv yili uchun rejalarning hisobotini taqdim etdik.

Baraka topishsin, ko‘pchilik ota-onalar vaqt ajratib, yig‘ilishga tashrif buyurdi.
Ikki kun davomida har bir sinfning ota-onalari bilan alohida, samimiy suhbatlar olib bordik.
Yig‘ilishdan so‘ng, xos suhbat qilmoqchi bo‘lgan ota-onalar bilan ham yuzma-yuz gaplashish imkoni bo‘ldi.

Ko‘pchilik minnatdorchilik bildirdi.
Bu kabi ochiqlik va ishonch bizni juda quvontirdi — demak, maktab va oilaning til topishish muhitida yondashuvi shakllanmoqda.

“Ko‘p voleybol o‘ynaydi” degani — tanqid emas, quvonch
Yig‘ilishdan keyin, direktorimiz bilan suhbatlashayotgan bir onani va yonida biroz yig‘lagan holatda turgan qizni ko‘rib, suhbatga yaqinlashdim.
Qizimiz nega yig‘layotganini so‘radim.

Ma’lum bo‘lishicha, onasi sinf rahbaridan qizi haqida so‘ragan, va u “ko‘proq voleybol o‘ynaydi” degan.
Qiz bu so‘zlardan xafa bo‘lib, yig‘lab yuborgan ekan.

Qizdan so‘radim:
– Voleybolni qachon o‘ynaysan?
– Tanaffusda va darsdan keyin.
– Dars vaqtida o‘ynamaysanmi?
– Yo‘q.
– Darsga kechikmayapsanmi?
– Yo‘q.

Shunda aytdim:
“Unda bu yerda yomon narsa yo‘q. Aksincha, bu juda ijobiy holat.
Hozir bolalar telefon ekranidan bosh ko‘tarmay qolgan bir paytda,
farzandingiz jismoniy harakat bilan shug‘ullanmoqda — bu sog‘likka, intizomga va o‘qishga ham ijobiy ta’sir qiladi.”

Shuni aytdim:
“Bunday holat uchun qizingizni koyimaslik, balki maqtashingiz kerak.
O‘ynayotgan bolani emas, harakat qilmayotgan bolani o‘ylash kerak.”

Biroz qattiqroq ohangda gapirdim. Qizimiz yengil tortdi.
So‘ng unga yuzlanib shunday dedim:
“Har bir ishning me’yori bo‘ladi. O‘ynayotganing ayb emas.
Faqat darslaringga to‘sqinlik qilmasa, davom et. Bundan hafa bo‘lma.”

Yana bir ona suhbatga chorladi.
Ular farzandining ko‘p gapirishi haqida biroz shikoyat qilishdi.

Men esa shunday dedim:
“Bu yomon emas. Bola gapiryapti — demak, ichida narsa bor.
Gapirmasa, bu tashvishli bo‘lardi.
Farzandingiz ekstravert. Bu — kuch.
Faqat bu energiyani ilmga yo‘naltira olsak, undan katta foyda chiqadi.”

Onaning ko‘zida biroz hayrat sezildi.
Bunday yondashuvni kutmagan edilar.
Ammo suhbat yakunida mamnunlik bilan chiqib ketdilar.

So‘zimni quyidagicha yakunladim:
“Farzandni urishish emas, tushuntirish orqali yo‘naltirish kerak.
Men ham o‘g‘lingiz bilan alohida gaplashaman.”

Xulosa
Ota-onalar bilan bunday suhbatlar menga yana bir narsani aniq isbot qildi:
ta’lim samarasi — faqat darsdan iborat emas, ishonch bildirilishida ham ekan.

Tanbeh emas, tushunish; urish emas, eshitish – shular orqali natija keladi.

Shu ikki kunlik suhbatlardan keyin yana bir fikrim mustahkamlandi:
samimiyat – har qanday tarbiya va ta’limning poydevoridir.

tgoop.com/hasankhojaBlog/1732
Create:
Last Update:

BY Hasankhoja Muhammad Sodiq

Share with your friend now:
tgoop.com/hasankhojaBlog/1732

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

With the administration mulling over limiting access to doxxing groups, a prominent Telegram doxxing group apparently went on a "revenge spree." Telegram desktop app: In the upper left corner, click the Menu icon (the one with three lines). Select “New Channel” from the drop-down menu. Don’t publish new content at nighttime. Since not all users disable notifications for the night, you risk inadvertently disturbing them. The court said the defendant had also incited people to commit public nuisance, with messages calling on them to take part in rallies and demonstrations including at Hong Kong International Airport, to block roads and to paralyse the public transportation system. Various forms of protest promoted on the messaging platform included general strikes, lunchtime protests and silent sit-ins. Hashtags
from us

Telegram Hasankhoja Muhammad Sodiq
FROM American