HASANKHOJABLOG Telegram 1721
Farzandlaringiz oldida shu ishni qilishdan uyalmayapsizmi?..

Yaqinda oilamiz bilan birga dam olishga chiqdik. Ochiq havoda ovqatlanish uchun stol tanladik. Biroq yonimizga chekuvchilar kelib o‘tirgani sababli, boshqa stolga o‘tishga qaror qildik. Xizmat ko‘rsatayotgan ofitsiantga bu haqda aytdik, u “xo‘p” deb boshqa stolga olib borayotgandi.

Shu paytda, tayyorlanayotgan joyga bir oila kelib o‘tirib oldi. Muloyimlik bilan:
– Aka, uzr, bu stol bizga ajratilgan edi, – deb aytdim.
Eshitmaganga oldilar. Yana iltimos qilib aytdim.
– Men seni tanimayman, – deb qo‘pollik bilan javob qaytardilar.

Ofitsiant ham kelib bu joy bizga tegishli ekanligini tushuntirdi. Lekin yana:
– Hech narsa bilmayman, – degan bepisand javob qaytdi.

Manager ham aralashdi. Foyda bermadi.

Men oxirgi bor yana gapirdim:
– Aka, boshqa joyga o‘tish muammo emas. Lekin bu ish — beodoblik. Farzandlaringiz oldida noto‘g‘ri namuna bo‘layapsiz. Bu — sizni emas, bolalaringizni ham yerga uradi.

Shunda esa:
– Ofitsiant kim bo‘libdi menga? Senga aqllilik qilishga kim ruxsat berdi? – degan javobni oldim.

Yoshlari mendan katta bo‘lgani uchun gapni shu yerda to‘xtatdim. Ketayotganimda esa, oilasiga:
– “Blodnoy”, “shustriy”, gapiruradi, lo‘x bo‘lmanglar... – deganini qulog‘im eshitdi.

Ichimdan achindim. Kulib qo‘ydim. Ammo xijolatdan ko‘zimni olib qochdim. Ofitsiant va menejer boshqa, yanada yaxshiroq joyga taklif qilishdi.

Ba’zida kitoblardan emas, odamlarning yuzidan tarbiya o‘qishga to‘g‘ri keladi.
Ammo bunday hollarda, tarbiya beruvchi bo‘lishi kerak bo‘lgan insonlar — avvalo o‘ziga tarbiya kerak bo‘lgan insonlarga aylanayotganini ko‘rib yurak og‘riydi.

Ogohlantiraman:
Farzandingiz sizning ko‘zguingiz. U sizni kuzatyapti. Sizdan o‘rganmoqda.
Agar bugun siz haqni tan olmaydigan, boshqalarning navbatiga tupuradigan, xizmatkorni mensimaydigan, o‘zini “ko‘cha donosi” deb biladigan ota bo‘lsangiz — ertaga sizning bolangiz jamiyatda boshqalar uchun muammo bo‘ladi.

Bunday xatti-harakatlar – na erkaklik, na or-nomus, na ziyolilik.
Bu — yuzsizlarcha befarqlik.
Oxiri — siz uchun ham, farzandingiz uchun ham izzat emas, nadomat bo‘ladi.

O‘zingizni emas, farzandingizni yerga uryapsiz.
Balki sukut qilganim sabr edi, lekin aytmaslik jinoyat bo‘lardi.

tgoop.com/hasankhojaBlog/1721
Create:
Last Update:

BY Hasankhoja Muhammad Sodiq

Share with your friend now:
tgoop.com/hasankhojaBlog/1721

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

"Doxxing content is forbidden on Telegram and our moderators routinely remove such content from around the world," said a spokesman for the messaging app, Remi Vaughn. The imprisonment came as Telegram said it was "surprised" by claims that privacy commissioner Ada Chung Lai-ling is seeking to block the messaging app due to doxxing content targeting police and politicians. To delete a channel with over 1,000 subscribers, you need to contact user support Informative Unlimited number of subscribers per channel
from us

Telegram Hasankhoja Muhammad Sodiq
FROM American