tgoop.com/hasankhojaBlog/1693
Last Update:
Kitob o’qisa uyqu kelmaslik uchun ba’zi “life hack”lar
1. Passiv harakat
Kitob o‘qish — jismoniy harakatsiz, ko‘z va miya orqali kiradigan passiv mashg‘ulot. Bu holat tanaga "dam olish vaqti keldi" degan signal beradi.
Ayniqsa, yotib o‘qilsa - tana uyqu rejimiga o‘tadi.
2. Ko‘zning charchashi (eye fatigue).
Uzoq vaqt matnga qarash, ayniqsa yoritilishi yomon bo‘lgan joyda — ko‘z mushaklari charchaydi, bu esa miyaga "uyqu vaqti keldi" degan signal yuboradi.
3. Miyaning alfa-to‘lqinlarga o‘tishi
O‘qish paytida, ayniqsa sekin va sokin muhitda, miya alfa holatga o‘tadi — bu esa uyqudan oldingi holatdir.
EEG tadqiqotlari ko‘rsatadiki, sokin o‘qish miya to‘lqinlarini sekinlashtiradi.
4. Qon aylanishning sustlashuvi
Yotib yoki egilgan holatda o‘qish, harakatsizlik — miyada kislorod kamayishiga olib keladi, bu esa uyqu keltiradi.
✅ Buni yo‘qotish uchun nima qilish kerak?
1. O‘tirib, to‘g‘ri holatda o‘qish
Stol oldida, bel tik holda o‘tirib o‘qish. Yotgan holda yoki yostiqqa suyangan holda o‘qishdan saqlaning.
2. Yorug‘likni to‘g‘ri tanlash
Yorug‘ joyda o‘qish (tabiiy yorug‘lik yoki oq rangli lampa) — ko‘z charchashini kamaytiradi.
3. Aktiv kitob o‘qish texnikasi
Eslatma yozing, muhim joylarni chizing, savol-javob qiling. Bu miyani aktiv holatda ushlab turadi.
4. Pomodoro usulini qo‘llang
25 daqiqa o‘qish + 5 daqiqa tanaffus. Uzoq vaqt uzluksiz o‘qish — miyani charchatadi.
5. Eng qiziqarli yoki tanish bo‘lmagan mavzulardan boshlang
O‘qiyotgan mavzuga qiziqish bo‘lsa, miya uyg‘oq bo‘ladi. Zorli yoki tushunarsiz mavzular tez charchatadi.
Qadriyatimizda ham foydali uslublar bor:
Ibn Qayyim rahimahulloh:
“Ilm talab qilish — bu qalbning hayoti, dangasalik esa ruhiy o‘limdir.”
Agar o‘qish paytida uyqu kelsa, niyatni eslang: men ilm orqali Allohga yaqinlashmoqchiman — bu ruhiy quvvatni kuchaytiradi.
BY Hasankhoja Muhammad Sodiq
Share with your friend now:
tgoop.com/hasankhojaBlog/1693