tgoop.com/hasankhojaBlog/1681
Last Update:
Sharafli yig‘i
Ba’zan qalb shunchalik xursand bo‘ladiki, tabassum uni ifoda etishga ojiz qoladi. Shunda ko‘z yoshlari yordamga keladi. Dunyo shunday bir yig‘ini biladiki, unga har kim ham erisha olmaydi. Bu – sharafli yig‘i, ota qalbidan tug‘ilib, shukronalik ila to‘kiladigan ko‘z yoshidir.
Bu yig‘iga yetishish uchun sabrni sovchi qilib yuborasiz, unga mahr sifatida tinimsiz mehnatni tuhfa qilasiz. Nikoh guvohi esa fidoyilik va duo bo‘ladi. Va nihoyat, farzandingizning ezgu yo‘lini ko‘rib, yuragingiz faxr va shukronadan titraganida, ko‘zlaringizdan ana shu sharafli yoshlar to‘kiladi.
Farzandining muvaffaqiyatini, odobi va ezgu amallarini ko‘rib, qalbi faxr va minnatdorlik bilan to‘lgan ota, bu yig‘i bilan o‘zining eng oliy orzusiga yetganini his qiladi.
Bunday manzaraga guvoh bo‘lganlar qalblarida bir orzuni pichirlashadi: “Qani edi, men ham shunday baxtni his qilsam...”
Alloh barchamizga ana shunday sharafli yig‘ini nasib etsin – ota-onamizning duolari bilan namlangan ko‘z yoshlari ila bizdan rozi bo‘lishini, shu ota kabi yig’lay olishni…
BY Hasankhoja Muhammad Sodiq
Share with your friend now:
tgoop.com/hasankhojaBlog/1681