HASANKHOJABLOG Telegram 1612
USTINGDA KO‘RINSIN!

Molik ibn Nazla roziyollohu anhu Nabiy sallollohu alayhi va sallamning huzurlariga eski kiyimda keldi. Nabiy sallollohu alayhi va sallam undan so‘radilar:
-Moling bormi?
-Ha!
-Qanaqa turidan?
-Har qanaqa turidan. Tuya, qul, ot va qo‘ylar...
-Agar Alloh senga mol bersa uning ta’siri ustingda ko‘rinib tursin!

Amr ibn Shu’ayb otasidan, otasi esa bobosidan rivoyat qilishicha, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam shunday deganlar:
“Alloh taolo ne’mati asarini bandasining ustida ko‘rinib turishini yaxshi ko‘radi!”.

Ne’matni ko‘rsatish uning shukrining bir qismi hisoblanadi. Alloh insonga mol ato qilsa u yaxshi kiyimlar kiyishi lozim. Yaxshi kiyim boshqa, qimmati boshqa. Turli markalar, brendlar va moda orqasidan yugurish, bozorda go‘zal va bejirim kiyimlar bo‘laturib turli brendlarni qimmatga sotib olish ahmoqlik va isrofdir. Afsuski, turli brendlarni insonlar boylarning pulini shilish maqsadida o‘ylab topishgan. Faqirlar esa bunga aldanib qolishgan. Bugun hatto yoshlar faxrlanish uchun kuchi yetmaydigan narsalarni ham sotib olib riyo qilishga urinishmoqda. Bugun qizlarimiz faqatgina “Shanel” va “Dior”ning sumkalarini ko‘tarishmoqda. To‘g‘ri, go‘zallik yaxshi, ammo zo‘rma-zo‘rakilik yomon!

Ne’matni zohir qilishda muhtojlarga yordamlashish bor. To‘g‘ri, yashirin sadaqa Allohga maqbul va suyukli. Ammo inson boylikda ma’lum bir darajaga yetganida ko‘pchilik manfaati yetadigan umumiy loyihalarga pul tikishga majbur bo‘ladi. Shifoxona qurish, uzoq qishloqlarda artezian qudug‘i kovlash, masjid qurish, kutubxona uchun binolar qurib berish, maktablar qurish va hokazolar shular jumlasidandir. Bu kabi ishlar Alloh taoloning: “Sadaqani oshkora qilsangiz qandoq ham yaxshi!”, oyatining ostiga kiradi. Alloh bergan har-bir narsa ne’mat. Ne’matlarga shukr qilish ham o‘sha ne’matlardan!

Shifokorda bir oyda bir kunini bemorlarga bepul xizmat qiladigan kun qilib qo‘yish imkoni bor. Universitet professorida leksiyasiga uzri tufayli kela olmagan talabalarga auditoriyadan tashqarida leksiya o‘qish imkoni bor. Mansabdor va nufuzli kishilarda bir bechoraning mushkulotini hal qilish uchun o‘rtakash bo‘lish imkoni bor. Boy savdogarda har oy iffatli bir faqirning oilasini ta’minotini qilib turish imkoni bor. Korxona rahbarida Ramazon oyida ishchilarga yengillik berish imkoni bor. Ishchilarga mas’ul shaxsda ishchilar bilan suhbatlashish, hazillashish va ularga lutf ila muomala qilish imkoni bor...

Xullas, Allohga olib boradigan yo‘llar maxluqlar nafasi miqdorichadir. Shukr qilinadigan har qanday ne’mat muhofaza qilinadi. Ne’matlarni asraylik!

tgoop.com/hasankhojaBlog/1612
Create:
Last Update:

BY Hasankhoja Muhammad Sodiq

Share with your friend now:
tgoop.com/hasankhojaBlog/1612

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Clear Earlier, crypto enthusiasts had created a self-described “meme app” dubbed “gm” app wherein users would greet each other with “gm” or “good morning” messages. However, in September 2021, the gm app was down after a hacker reportedly gained access to the user data. Choose quality over quantity. Remember that one high-quality post is better than five short publications of questionable value. It’s easy to create a Telegram channel via desktop app or mobile app (for Android and iOS): Telegram is a leading cloud-based instant messages platform. It became popular in recent years for its privacy, speed, voice and video quality, and other unmatched features over its main competitor Whatsapp.
from us

Telegram Hasankhoja Muhammad Sodiq
FROM American