tgoop.com/hasankhojaBlog/1575
Last Update:
Pul, kitob va statistika
Nisbiy qashshoqlik hissi nima? Nomi bilan aytib turganidek o'zini qashshoq his qilish. Chunki odam o'zini butun jamiyatga yoki insoniyatlarga emas, balki o'zidan ko'proq natijalarga erishgan odamlarga solishtiradi. U natijalarga qanday erishgani haqidaku unchalik bosh qotirmaydi. O'zini qishloqdagi yoki shahardagi eng boy odamga solishtiradiga, qanchalar qashshoq ekanligini his qiladi. Boshqalarni ayblashi ham mumkin ba'zilar.
Shu o'rinda ayrim qiziq statistikalar
Agarda bir inson bir yil davomida 60000$ pul topsa u butun dunyo aholisiga solishtirganda pul topish bo'yicha eng top 5% qatlamga kirar ekan. Uzbda esa top 1% ga kirar ekan (manba wid.world)
Yana bir qiziq mavzu bo'yicha statistika
AQSHda 2022 yilda odamlarni bir kunda kitob o'qishga qancha vaqt sarflashiga qarasak qiziq raqamlar ko'rinadi.
15-19 yoshlilar kitob o'qish uchun bir kunda o'rtacha 13 daqiqa,
20-24 yoshlilar esa 11 daqiqa,
25-34 yoshlilar esa 10 daqiqa,
35-44 yoshlilar esa 9 daqiqa vaqt sarflashgan ekan. (manba) (Uzb bo'yicha bunday statistikani topa olmadim)
Yanada qiziq mavzu bo'yicha statistika
Boy (puli ko'p) hisoblangan odamlarning 90% qismi kuniga kamida 30 daqiqa kitob o'qishadi. O'sha guruhdagi odamlarning 60% qismidan ko'prog'i kuniga internetdan bir soatdan kamroq foydalanadi. Ta'kidlab o'tish kerak bunga ishga va rivojlanishga oid foydalanish kirmaydi. Pulga qiynalayotganlarning 74% qismi internetdan kuniga 1 soatdan ko'proq foydalanadi. (manba Rich Habits by Tom Corley)
Bir o'ta muvaffaqiyatli millioner (Naval Ravikant) kuniga 1,5-2 soat vaqtini kitob o'qishga sarflaydi va o'zi aytishi bo'yicha bunday vaqt sarflashi uni kitob o'qish bo'yicha top 0,01% ga olib chiqadi. Topgan pullarini kitob o'qish orqali ekanligini qayta-qayta ta'lkidlaydi u.
P.s. lekin bizda OAV “kitob o’qimaganman” degan boylarni PR qiladi…
BY Hasankhoja Muhammad Sodiq

Share with your friend now:
tgoop.com/hasankhojaBlog/1575