tgoop.com/hasankhojaBlog/1572
Last Update:
QO‘RIQCHISI QAROQCHIDIR!
"Insider" gazetasi bir xabarni nashr qilgan edi. Unga ko‘ra Meksika politsiyasiga "Zoochilpan" hayvonot bog‘idan birin-ketin to‘rtta Afrika buqasi, to‘rtta echki, bitta noyob kiyik, bitta zebra va yana bir necha hayvonlar yo‘qolgani haqida xabar kelib tushgan. Meksika politsiyasi darrov ishga kirishib jinoyatga aniqlik kiritgan. Ma’lum bo‘lishicha, "Zoochilpan" hayvonot bog‘i derektori qandaydir munosabatlar bilan bu hayvonlarni uyida so‘yib qarindoshlariga ziyofat bergan ekan!
Qachon Meksika haqida bir narsa o‘qisam uning sobiq prezidenti Porfirio Diasning bitta gapi yodimga tushaveradi:
"Bechora Meksika Xudodan uzoqda, AQSHning yaqinida joylashib qolgan!".
Porfirio Dias 1915 yilda, AQSH jug‘rofiy to‘siqlar rejasini qilishidan oldin, hamma davlatlarga yaqin bo‘lib ularga xalaqit qilishini ko‘rishdan ilgari vafot etib ketdi.
Ammo ularda ham, bizda ham asosiy dushman AQSH emas. Asosiy dushman ichimizdadir.
Yuqoridagi hayvonot bog‘ining mudiri qilgan ishda Amerika Qo‘shma Shtatlarining aloqasi yo‘q. Mustahkam qal’alar aslida ichidan buziladi. Tashqi dushmandan ichki dushman zararliroq va xavfliroq bo‘ladi.
Poraxo‘r mansabdor vatan dushmanidir.
Buzg‘unchi pudratchi vatan dushmanidir.
Beparvo muallim vatan dushmanidir.
Komandasida tenglik asosida muomala qilmaydigan vazir, mansablarga qarindosh-urug‘chilik va oshna-og‘aynigarchilik asosida tayinlanadigan idoralar, o‘z majburiyatini bajarmaydigan shahar boshqaruvi, e’tiborsiz ona, bezori ota, xiyonatkor xizmatchi, yolg‘onchi usta, ochko‘z shifokor, sotadigan va sotiladigan da’vatchilar vatan dushmanlaridir. Ular vatanga qarshi o‘q otishlari shart emas. Undan battar ishni qilib bo‘lishdi aslida!
Vatanparvarlik go‘zal xitoblar qilish, qaynoq she’rlar o‘qish, chiroyli jumlalarni terib tashlash emas. Vatanparvarlik oddiy ishlardan boshlanadi:
Chiqindini ko‘chaga emas, chiqindi idishiga solasiz, vaqtga va va’daga rioya qilasiz, svetoforlarga rioya qilasiz, kechasi mashinangizdagi ko‘zni ko‘r qilar darajadagi yaltiroq-oq chiroqlaringizni ro‘paradagi haydovchi ko‘ziga tutmaysiz, navbatni buzmaysiz va hokazo....
Qisqasi vatanparvarlik haqida gapirmaysiz, uni ko‘rsata bilasiz!
BY Hasankhoja Muhammad Sodiq
Share with your friend now:
tgoop.com/hasankhojaBlog/1572