HASANKHOJABLOG Telegram 1566
So’ngi paytlarda yaqinlarimdan
“Nega kayfiyating yo’q?” degan savolni ko’p eshityapman. Ba’zilarini ochiqlayman.

Imom Buxoriy rohimahulloh o‘zining “Sahih”ida keltiradi:
“Abdurrahmon ibn Avf ro‘zador edi. Unga iftorlik keltirildi. Abdurrahmon dedi:
“Mus’ab ibn Umayr mendan yaxshi edi. U qatl qilindi. Uni kiyimga kafanladik. Boshini o‘rasak oyog‘i ochilib qoldi, oyog‘ini o‘rasak boshi ochilib qoldi. Hamza qatl qilindi. U ham mendan yaxshi edi. So‘ngra bizga dunyo keng qilib berildi. Barcha yaxshiliklarimiz shu dunyoda berildimikin, deb qo‘rqayapman!”.
So‘ngra yig‘lay-yig‘lay o‘sha kuni ovqatini yeya olmadi!

Abdurrahmon ibn Avf roziyollohu anhuga e’tibor bering, birodarlarining shahid bo‘lganiga bir necha yil bo‘lsa ham ularni unuta olmayapti. G‘azodagi birodarlarimizni unutishga haqqimiz yo‘q. Ularning qoni holbuki, har kuni yangilanayapti. Qoni qurigani yo‘q hali!

Ularning vayron bo‘lgan uylariga, xuddi bir bolakayning dengiz qirg‘og‘ida qurilgan qumdan yasagan uychasini dengiz to‘lqinlari yuvib ketganiga qaragandek qaramang . Ularning uyida oila bor edi, er bor edi, xotin bor edi, farzandlar bor edi, issiq jon bor edi. O‘zingizni xuddi ularning uyi ichida o‘tirgandek his qiling. Ularni xuddi o‘zingizning oilangizdek faraz qiling!

Bir kunda o‘ttiz kishining shahid bo‘lgani haqidagi xabarni sovuqqonlik bilan qabul qilmang. Chunki kechagi kun yuz kishining shahid bo‘lganini eshitgan edingiz. O‘ttizta uning oldida kam-ku, demang. Bular raqamlar emas, bular jonlar.

Ularning har birida orzular, umidlar, tuyg‘u va muhabbat bor edi. ular ham siz bilan bizdek edi. Raketalar, bombalar ularni parchalab tashladi. Ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan xabarlar oddiy raqamlar xolos. G‘azoliklar ijtimoiy tarmoqlarda xabar bo‘lishidan oldin qanday bo‘lishganini unutmang!

Ular haqidagi xabarlarni ko‘rishdan charchamang. Ular hozircha o‘zlarini ham, yaqinlarini ham qurbon qilishdan charchashmayapti. Jannatning mahrini to‘lashayapti inshaalloh, izzatning narxini to‘lashayapti inshaalloh. Axir oyoq-qo‘llari ishlamasdan o‘lib yotgan tananing sabotidan va kengchilikda zerikishdan boshqa or ham bormi dunyoda?!

Endi hayotingiz oldingidek oddiy bo‘lmasin. Ularning hayoti endi oddiy emas. Ularning jangchilari hali hamon xandaqlarda. Jangda ishtirok qilmayotgani esa yo uyida qo‘rquv va ochlikda yoki chodirlarda xoru-zor!

Boykotdan charchamang. Boykotingiz sababi hali ham turibdi. Dushmaningizga dindoshingizni qatl qilishi uchun qurol sotib olishga yordamlashmang. Hodisalarni kuzating. Xuddi qiziq serialni ko‘rgandek kuzating. Uning nihoyasi nima bo‘lishi qiziq emas. Bu ummatning to‘lg‘og‘i. Bu ummatning g‘alabasi sizning g‘alabangiz. Bu ummatning izzati sizning izzatingiz. G‘azoni dushman zabt qilsa navbatdagisi biz bo‘lishimiz mumkin!

Hech bo‘lmaganida bu qatliomga qalbingizla hozir bo‘ling. Ularning farzandi raketalar ostida parchalanar ekan, tomog‘ingizdagi luqma yengil va shirin holatda o‘tmasin. Ular qishda, sovuqda chodirlarda titrashar ekan, sizga issiqqina uyingiz tatimasin. Ularning ahvolidan ko‘z yummang. Ularning dod-faryodidan qulog‘ingizni berkitib olmang. Ularning o‘limiga o‘rganib qolmang!

Axir Alloh taolo qur’oni karimda: “Albatta mo‘minlar aka-ukadirlar!”, deydi!

O‘zgalarning mahrumligini eslab tursangiz o‘zingizdagi ne’matnining qadriga yeta boshlaysiz.

Tushlikdagi issiq ovqatingiz yoqmasa har kuni non va suv bilan kunini o‘tkazayotganlarni eslang.

Farzandingizning baholari sizni qoniqtirmayotgan bo‘lsa farzandi nogironlarni yodingizga oling.

Qiynalmasdan uylangan bo‘lsangiz yodingizdan chiqmasin, uylanishni orzu qilib uylana olmasdan yurgan yigitlar minglab topiladi.

Biz ne’matlar ichidamiz. Ortiqchasi kerak emas.

Bizga yetmaydigani Allohga nisbatan odob xolos!

tgoop.com/hasankhojaBlog/1566
Create:
Last Update:

BY Hasankhoja Muhammad Sodiq

Share with your friend now:
tgoop.com/hasankhojaBlog/1566

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Earlier, crypto enthusiasts had created a self-described “meme app” dubbed “gm” app wherein users would greet each other with “gm” or “good morning” messages. However, in September 2021, the gm app was down after a hacker reportedly gained access to the user data. How to Create a Private or Public Channel on Telegram? While some crypto traders move toward screaming as a coping mechanism, many mental health experts have argued that “scream therapy” is pseudoscience. Scientific research or no, it obviously feels good. Choose quality over quantity. Remember that one high-quality post is better than five short publications of questionable value. While the character limit is 255, try to fit into 200 characters. This way, users will be able to take in your text fast and efficiently. Reveal the essence of your channel and provide contact information. For example, you can add a bot name, link to your pricing plans, etc.
from us

Telegram Hasankhoja Muhammad Sodiq
FROM American