Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
528 - Telegram Web
Telegram Web
Assalom alaykum!

Manda eng zo'r xonadoshlarim bor!

Biri Amazonda va biri Teslada ishlashadi.

Suhbatlar har doimgidek ajoyib. Ovqatlar ham shirin 🙃.

Yaqinda o'zgacha holatga nazar tashladik. Ko'p vaqtimizni telefonda o'tkazadigan bo'libmiz va 30 kun ortga nazar tashlaganda sezirarli o'sish bo'lmaganini sezdik va quydagicha "challenge" boshlandi:

40 kun ketma-ket:

- Sport bilan shug'ulanish:
- yengil yugurish
- push & pull ups

- Maqola o'qish va uni bir birimizga so'zlab berish:
- Harvard Business Review
- McKinsey & Company

- Har hafta "iphone screen time"
- Bir birimizga ko'rsatish hamda g'olibni aniqlash( g'olib telefonga eng kam vaqtini ketgizgan )

Qani O'lg'a!
👍29🔥6😁1
Forwarded from Vohid Karimov (Vohid Karimov)
Dasturlashga qo'l urgan, lekin nimadan boshlashni bilmaydiganlar uchun 3-5 yillik plan:

— Nerd rejimiga o'ting: kuniga kamida 6 soat dasturlash bilan band bo'ling
— Computer Science mavzularini chuqur o'rganing
— Muntazam algoritmik masalalarni yeching (codewars, leetcode, va hokazo)
— Bitta dasturlash tilini mukammal o'rganing
— Web, mobil, yoki desktop development uchun kerak bo'lgan texnologiyalarni o'rganing
— O’zingizni pet proyektlaringizni yarating
— Har kuni ko'p kod yozing
— Tez-tez interview qiling (ishingiz bo'lsa ham)
— Vaqtida uxlang, ovqatlaning, va sport bilan shug'ullaning

Qolgani (ish, daromad, va xurmat) o'zi keladi. Natija darxol ko'rinmaydi, lekin albatta keladi - haqiqiy yutuqlar vaqt talab qiladi.

Jarayondan zavq oling!
👍31🤩1
2 ta offer oldim 🤔....

Assalom alaykum! :)

Juda ham Futbolga qiziqaman. Manchester United muxlisiman :).

2 ta jamoada eng yuqori komandasi bilan training qilish imkoni paydo bo'ldi.

Yakunda, Berlinda Treptow FC 1-jamoasiga qabul qilindim. Xursand bo'lganim, 1-jamoa eng kuchli jamoa klub doirasida 😉😊.

Germaniyada Futbolga qaratilgan etibor juda yaxshi, va bungga o'zim guvohi bo'ldim....

6 oyga 55$ klubga qo'shilish uchun:
- Intensive va professional training (2 kun haftada)
- Yangi Klub formasi (Dilmurod yozilgan) 🙃
- Trainingdan so'ng, Dush va turli xil sharbat, suv ichimliklar
- Ajoyib tabiiy stadion va training stadion
.....
👍43🔥6🎉43
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Amazon interviewsida qanday javob berish kerak

Amazonda interview 2 qismdan iborat: Technical va Behavioral interview. Technical interviewda siz bilan Leetcode masalalari yechiladi yoki System Design qilinadi. Behavioralda esa Amazonning Leadership Principles lariga asoslangan savollar beriladi. Ular asosan quyidagicha formatda bo’ladi: “Karyerangizda bunday holat bo’lganmi? Qanday yo’l tutgansiz? Natijasi nima bo’lgan?”. Siz bu savollarga tapada aytib o’tilgan STAR metodidan foydalanib javob berishingiz kerak.

Bunday savollarning ichida eng ko’p so’raladiganlardan biri bu “Tell me about the time in your career when you dove deep into the problem”. Yani siz karyerangizda bo’lgan va siz chuqur kirishib yechgan muammo haqida aytib berishingiz kerak. “Chuqur” so’zi juda muhim. Siz o’sha muammo va uni qanday hal qilganingiz haqida barcha detallarni aytib bera olishingiz kerak. Ohirida sizdan juda ko’p savol so’raladi, agar yetarlicha chuqur kirmagan bo’lsangiz ushalib qolasiz.

Quyida men shu savolga qanday javob bergan bo’lishimni misol qilib keltiraman.

Biz yaqinda jamoamiz bilan Verified Permissions servisini ishga tushurdik. Bu serviceni o’z loyihangiz uchun “Authorization Microservice” deb tushunishingiz mumkin va u foydali bo’lishi uchun “latency” yani tezlik juda muhim. Shuning uchun ham biz servisimizning tezligini yaqindan monitor qilib boramiz.

Yaqinda servisning asosiy APIlaridan birining tezligi 10ms ga oshib qoldi. Bu kichik yomonlashish biz ujun judda jiddiy. Shuning uchun ham menga aynan nima uchun tezlik sekinlashganini topish va muammoni hal qilish topshirildi.

Birinchi bo'lib ma’lumotlar bazasiga jo’natilayotgan querylarni tezligini tekshirdim. Hammasi joyida. Tezllik o’zgarmagan. Agar ma’lumotlar bazasining tezligi joyida bo’lsa demak kodda nimadir o’zgargan bo’lishi mumkin deb o’yladim va ohirgi o’zgarishlarga qaradim. E’tiborni tortadigan o’zgarish topa olmadim. Qiziq. Kod o’zgarmagan, database tezligi o’zgarmagan. Lekin API tezligi baribir sekinlashgan. Nima sabab bo’lishi mumkin?

Boshqa barcha monitoring dashboardlarimizni tekshira boshladim. Qarasam “Canary Test”lar grafikida testlarning soni ko’payganini ko’rib qoldim. Canary testlar nimaligi haqida Azimjon yaxshi bir post yozgan. Qisqasi servislar "tirikligini" tekshirish uchun "canary test"lar yoziladi va har zamonda yuritib turiladi. Biz har 2 daqiqada yuritamiz. Hullas bu testlarning soni ko’paygan va ular bizning APIga ko’proq request jo’natishni boshlagan.

Lekin bunda hech qanday ma’no yo’q. Trafik o’sgan va tezlik kamaygan. WTF? Bizda haqiqiy foydalanuvchilardan keladigan trafik anchadan beri o’sib keladi va bunday yomonlashishni kuzatmagan edik. Nega aynan canary testlarning soni oshganda bunday yomonlashish kuzatildi?

Buni tushunish uchun canarylar bilan bizning servisning o’rtasidagi farq haqida o’ylashni boshladim. Eng katta farq bu biz servisni AWS EC2ga qo’yganmiz, testlar esa AWS Fargateda yani containerlar ichida yuritiladi. Har 2 daqiqada yangi containerlar yaratilib canary testlarni yurgizamiz. Bu degani har safar yangi containerlar bizning servisga login qilish uchun request yuborishi kerak. Haqiqiy foydalanuvchilar servisimizni ishlatganda esa unday muammo yo’q. EC2 serverlarimiz or’tacha bir kun o’chmasdan ishlagani uchun biz login requestlarning javobini cachega tiqib uning ichidagi malumotni qayta-qayta ishlata olamiz. Canarylarda esa containerlar sabab bunday imkoniyat yo’q. Demak, canary testlarning soni oshgan, ko’proq login requestlar kelgan, cache ishlamagan va latency yani tezlik ko’paygan. Muammo topildi. Endi yechim topish kerak.

Lekin yechim alohida katta mavzu. Bu yerga sig’maydi. Lekin shu STAR metodidan foydalanib haqiqiy interview savoliga qanday javob berish mumkinligini ko’rishingiz mumkin.

Eng asosiysi muammoning ich ichiga kirilgan va servisning ko’p taraflarini yaxshi bilish isbotlangan. Ishonchim 90% komil, bu javob interviewdan o’tgan bo’lar edi. Bu nafaqat intervyuda balki promotion olishda ham juda yordam beradigan misol. Shunday holatlar bo’lsa albatta yozib boring.

@jakhonrakhmonov
👍15
Channel name was changed to «Del's Techlog»
Channel photo updated
Tesladagi ishim

Mandan ko'p so'raladigan savol bu:
- Teslada nima ish qilasiz?

- Teslada "Factory Software Engineering team" da ishlayman. Vakansiya

Bizning Berlin jamoa ham ajoyib, ammo ko'pchiligi US Fremont da ishlashadi.

Factory ga oid Software da ish qilaman. Zavod uchun muhim(Production critical).

Hozirgacha esda qolarli tarjibam:
- Zavod to'xtashiga sababchi bo'ldim (max 5 min), yaxshi dars bo'ldi.

Stack imiz:
Go, Angular, Kafka, Docker, Kubernetes, Jenkins.....

To be continued.... :)
👍36🎉5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xodimlarga beriladigan imtiyozlardan biri (FSD)!

Teslani so'nggi yangiliklaridan biri.

2023-yil 20-iyuldan 2023-yil 30-sentyabrgacha yangi Tesla avtomobilini yetkazib bergan mijozlar o‘zlarining hozirgi Tesla avtomobilidan yangi avtomobiliga to‘liq o‘z-o‘zini boshqarish (FSD) qobiliyatini o‘tkazish huquqiga ega bo‘lishlari mumkin.

Malumot uchun, FSD qo'shimcha afzallik, hozirgi narxi 15000$ (yangi qora Gentra ;) ).

Xodimlar uchun esa bu afzallik tekin😍!
👍22
Assalom alaykum!

Teslada har bir qismning yorlig'i(label) bo'ladi , yorliq har bir qism uchun identifikatsiyasi vazifasini bajaradi.

1 oy oldin, yangi yorliq(label) yaratishimiz kerak bo'ldi, negaki "Process Automation Team" proyekti uchun yorliqda kattaroq QR kod kerak bo'ldi.

PM: Kim bu vazifani oladi?
Dev1: ....
Dil: Man olaman.

Birinchi marta qilayotgan edim, juda qiziq ekan.
- Zebra Programming Language (ZPL) o'rganib oldim. 😊

Qisqacha qilib aytganda:
Dev -> Test -> Prod -> 503 Service Unavailable

PM: Dil... Dil.. Dil.. Production is down.

Dil: This is fine. 😊

5 daqiqa Giga Berlin to'xtadi.

Dil: Still, This is fine. 😊🥺

Eng qizig'i, muammo hal bo'lganidan so'ng:
Hech kim mani ko'rsatib xato qilding, demadi. To'g'ri, jamoa bilan muhokama qildi, sabab topildi, to'g'irlandi.
👍242
Tavsiyalar shunday bo'ladiki:

- Agarda production ishlamay qolsa, birinchi navbatda, uni qayta ishlaydigan holatga qaytaring, ko'p holatlarda "rollback".

- Jamoadoshingiz xato qilgan bo'lsa, bu haqida hech bir narsa aytmang, qo'llab-quvvatlang, negaki bu sizning ham xatoingiz (yaxshi kodni ko'rib chiqmagansiz va ...🤔).
👍8🤩8😁1
Ajoyib ob-havo, maydon, jamoa va qiziqarli o’yin😊!
👍115🤩2
Assalom alaykum!

Tesla Dojo - bu Tesla tomonidan o'z-o'zini boshqaradigan(FSD) mashinalar uchun mashinani o'rganish modellarini o'rgatish uchun ishlab chiqilgan va qurilgan superkompyuter. Bu an'anaviy superkompyuterlarga qaraganda sezilarli darajada tezroq va energiya tejamkor.

Dojo 354 protsessor yadrosi va 18 Gb xotiraga ega maxsus ishlab chiqilgan D1 chipidan foydalanadi. Dojo juda energiya tejamkor ishlab chiqilgan bo'lib, oddiy superkompyuterga qaraganda taxminan 10 barobar kamroq energiya sarflaydi.

Dojo o'zining FSD modellarini "4-darajali" yoki "5-darajali" avtonomiyaga erishish uchun o'rgatish uchun ishlatiladi.

- 4-darajadagi avtonomiya avtomobilning ko'p holatlarda hech qanday inson ishtirokisiz o'zini boshqarishi mumkinligini anglatadi.

- 5-darajadagi avtonomiya avtomobilning barcha holatlarda, jumladan, shaharlarda va magistrallarda o'zini boshqarishi mumkinligini anglatadi.
👍8🔥1
Manga Dojo nomi yoqdi!

Hozir agarda o'zgaruvchilarni nomlash(naming) qilishga tog'ri kelganda:

- foo, bar, dojo, lolo, pepe.... Hozircha, birinchi xayolga keladiganlari. 😊
👍13😁8
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️ MANDAT CHIQDI

Abituriyentlar o‘z natijalarini quyidagi usullarda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz/answer sahifasidan;

2️⃣ https://mandat.uzbmb.uz saytidan;

3️⃣ Quyidagi Telegram botlardan:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).


👉 @xushnudbek 👈
👍6
2025/07/14 01:48:37
Back to Top
HTML Embed Code: