Notice: file_put_contents(): Write of 3601 bytes failed with errno=28 No space left on device in /var/www/tgoop/post.php on line 50

Warning: file_put_contents(): Only 16384 of 19985 bytes written, possibly out of free disk space in /var/www/tgoop/post.php on line 50
Dilmurod Yangiboev | DYDO :)@golang_dells P.510
GOLANG_DELLS Telegram 510
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Amazon interviewsida qanday javob berish kerak

Amazonda interview 2 qismdan iborat: Technical va Behavioral interview. Technical interviewda siz bilan Leetcode masalalari yechiladi yoki System Design qilinadi. Behavioralda esa Amazonning Leadership Principles lariga asoslangan savollar beriladi. Ular asosan quyidagicha formatda bo’ladi: “Karyerangizda bunday holat bo’lganmi? Qanday yo’l tutgansiz? Natijasi nima bo’lgan?”. Siz bu savollarga tapada aytib o’tilgan STAR metodidan foydalanib javob berishingiz kerak.

Bunday savollarning ichida eng ko’p so’raladiganlardan biri bu “Tell me about the time in your career when you dove deep into the problem”. Yani siz karyerangizda bo’lgan va siz chuqur kirishib yechgan muammo haqida aytib berishingiz kerak. “Chuqur” so’zi juda muhim. Siz o’sha muammo va uni qanday hal qilganingiz haqida barcha detallarni aytib bera olishingiz kerak. Ohirida sizdan juda ko’p savol so’raladi, agar yetarlicha chuqur kirmagan bo’lsangiz ushalib qolasiz.

Quyida men shu savolga qanday javob bergan bo’lishimni misol qilib keltiraman.

Biz yaqinda jamoamiz bilan Verified Permissions servisini ishga tushurdik. Bu serviceni o’z loyihangiz uchun “Authorization Microservice” deb tushunishingiz mumkin va u foydali bo’lishi uchun “latency” yani tezlik juda muhim. Shuning uchun ham biz servisimizning tezligini yaqindan monitor qilib boramiz.

Yaqinda servisning asosiy APIlaridan birining tezligi 10ms ga oshib qoldi. Bu kichik yomonlashish biz ujun judda jiddiy. Shuning uchun ham menga aynan nima uchun tezlik sekinlashganini topish va muammoni hal qilish topshirildi.

Birinchi bo'lib ma’lumotlar bazasiga jo’natilayotgan querylarni tezligini tekshirdim. Hammasi joyida. Tezllik o’zgarmagan. Agar ma’lumotlar bazasining tezligi joyida bo’lsa demak kodda nimadir o’zgargan bo’lishi mumkin deb o’yladim va ohirgi o’zgarishlarga qaradim. E’tiborni tortadigan o’zgarish topa olmadim. Qiziq. Kod o’zgarmagan, database tezligi o’zgarmagan. Lekin API tezligi baribir sekinlashgan. Nima sabab bo’lishi mumkin?

Boshqa barcha monitoring dashboardlarimizni tekshira boshladim. Qarasam “Canary Test”lar grafikida testlarning soni ko’payganini ko’rib qoldim. Canary testlar nimaligi haqida Azimjon yaxshi bir post yozgan. Qisqasi servislar "tirikligini" tekshirish uchun "canary test"lar yoziladi va har zamonda yuritib turiladi. Biz har 2 daqiqada yuritamiz. Hullas bu testlarning soni ko’paygan va ular bizning APIga ko’proq request jo’natishni boshlagan.

Lekin bunda hech qanday ma’no yo’q. Trafik o’sgan va tezlik kamaygan. WTF? Bizda haqiqiy foydalanuvchilardan keladigan trafik anchadan beri o’sib keladi va bunday yomonlashishni kuzatmagan edik. Nega aynan canary testlarning soni oshganda bunday yomonlashish kuzatildi?

Buni tushunish uchun canarylar bilan bizning servisning o’rtasidagi farq haqida o’ylashni boshladim. Eng katta farq bu biz servisni AWS EC2ga qo’yganmiz, testlar esa AWS Fargateda yani containerlar ichida yuritiladi. Har 2 daqiqada yangi containerlar yaratilib canary testlarni yurgizamiz. Bu degani har safar yangi containerlar bizning servisga login qilish uchun request yuborishi kerak. Haqiqiy foydalanuvchilar servisimizni ishlatganda esa unday muammo yo’q. EC2 serverlarimiz or’tacha bir kun o’chmasdan ishlagani uchun biz login requestlarning javobini cachega tiqib uning ichidagi malumotni qayta-qayta ishlata olamiz. Canarylarda esa containerlar sabab bunday imkoniyat yo’q. Demak, canary testlarning soni oshgan, ko’proq login requestlar kelgan, cache ishlamagan va latency yani tezlik ko’paygan. Muammo topildi. Endi yechim topish kerak.

Lekin yechim alohida katta mavzu. Bu yerga sig’maydi. Lekin shu STAR metodidan foydalanib haqiqiy interview savoliga qanday javob berish mumkinligini ko’rishingiz mumkin.

Eng asosiysi muammoning ich ichiga kirilgan va servisning ko’p taraflarini yaxshi bilish isbotlangan. Ishonchim 90% komil, bu javob interviewdan o’tgan bo’lar edi. Bu nafaqat intervyuda balki promotion olishda ham juda yordam beradigan misol. Shunday holatlar bo’lsa albatta yozib boring.

@jakhonrakhmonov
👍15

tgoop.com/golang_dells/510
Create:
Last Update:

BY Dilmurod Yangiboev | DYDO :)

Share with your friend now:
tgoop.com/golang_dells/510

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

fire bomb molotov November 18 Dylan Hollingsworth yau ma tei Telegram has announced a number of measures aiming to tackle the spread of disinformation through its platform in Brazil. These features are part of an agreement between the platform and the country's authorities ahead of the elections in October. More>> With the sharp downturn in the crypto market, yelling has become a coping mechanism for many crypto traders. This screaming therapy became popular after the surge of Goblintown Ethereum NFTs at the end of May or early June. Here, holders made incoherent groaning sounds in late-night Twitter spaces. They also role-played as urine-loving Goblin creatures. Telegram message that reads: "Bear Market Screaming Therapy Group. You are only allowed to send screaming voice notes. Everything else = BAN. Text pics, videos, stickers, gif = BAN. Anything other than screaming = BAN. You think you are smart = BAN.
from us

Telegram Dilmurod Yangiboev | DYDO :)
FROM American