Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
584 - Telegram Web
Telegram Web
Forwarded from Vohid Karimov (Vohid Karimov)
“Boyib ketsam umuman ishlamayman, mazza qilib yotaman”

Men tanigan muvaffaqiyatli insonlar muvaffaqiyatga o’zlarini tirishqoqliklari va mehnatkashliklari orqali erishganlar. Ko’p holatlarda bu tirishqoqlik va mehnatkashlik orqasida yaxshiroq hayotga bo’lgan ehtiyoj yotadi. Ular ham bir paytlar “oyoqqa turib ketsam umuman ishlamayman, dadam ham onam ham ortiqcha ishlashmaydi, mazza qilib yashaymiz” degan qattiq maqsadni o’z oldilariga qo’yishgan.

Bu juda yaxshi maqsad — har birimiz ham yaxshiroq hayotga intilib yashashimiz kerak. Lekin, boyib ketsam umuman ishlamayman deganlar sal kalta o’ylashadi. Keling shu yerda #storytime qilamiz.

2014-yil. Toshkentga o’qishga keldim. Menda ham yaxshiroq hayotga ehtiyoj katta. Omadim kelib dasturlash soxasi oyog’im ostidan chiqdi. Dasturlashni astoydil oldim, internship qildim, ishladim, o’z ustimda ishlashni to’xtatmadim va 2-3 yilda oilamni moliyaviy taminlay oladigan xolatga chiqdim. Dadamga mag’rurlik bilan “bo’ldi ishlamasangiz bo’ladi, men o’zim hammani taminlayman, ishingiz bergan oylik qilayotgan mehnatingizga arzimaydi” dedim. Lekin dadam ishlarini to’xtatmadilar. Boshida hayron qoldim, lekin keyinroq sababini tushunib oldim.

Hop, nega dadam moliyaviy muhtojlik bo’lmasada ishlashni to’xtatmadilar? Qisqa javob — hayot mazmuni. Sizga yoqadimi yoqmaydimi, kunlik ishimiz (kollegalar, qizg’in suxbatlar, muammolar, unga yechimlar, va hattoki ishdagi dramalar ham) bizning hayotimizga katta mazmun beradi. Mazmunsiz esa hayot bo’lmaydi.

Huddi shu sababli ham puli 10ta avlodiga yetadigan milliarderlar ham har kuni ertalab turib ishga boradi va o’z oldiga qo’ygan buyuk maqsadlari sari ishlashadi. Chunki shu ish ularning hayotiga mazmun beradi. Hayotga mazmun beradigan boshqa narsalar ham albatta bor (oila, do’stlar, hobby, sport, va hkz), lekin ko’pchiligimiz uchun ishning o’rni sezilarlicha katta.

E’tiboringiz uchun raxmat, hayotingiz mazmunli bo’lsin!
👍14🔥3
Flutter is dead! 💀 Long live Flutter! 🎉 Despite some recent rumors, Flutter is doing great. Here are some links to check out.

Michael Thompsen on recent layoffs:
https://lnkd.in/dnRwk-_N

Hixie on the Flutter team size:
https://lnkd.in/dj8MPk_G

Flutter on Google I/O:
https://lnkd.in/dFj64HdJ

Full Stack Flutter conference:
https://lnkd.in/d7kcHJR5

GEICO on moving to Flutter:
https://lnkd.in/dXKupEsB
Vohid aka Jahongir aka bilan bo'lgan suhbatni kanaliga joylabdi.
Boshqa suhbatlardan farqi Yevropada bo'ydoq yoki oila bilan yashaganda qanday qulayliklar, kamchiliklar borligi yoritib berilgan. Aynan shu savollarga javob izlaganlarga tavsiya qilaman 👇


https://www.youtube.com/watch?v=VVlTWHM0UdQ


@flutter_uzbek
👍1
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
Boy bo’lmoqchisiz, avtomoykada ish boshladingiz. Umrida pul topmagan, otasi olib bergan mashinada kelgan bittasi sizga past nazar bilan qaradi. Moyka egasi tadibrkor odam maqsadigizdan motivatsiya oldi.

Dunyo kezmoqchisiz, sayohatni qishlog’ingizdan qo’shni viloyatga, avtobusda boshladingiz. Atrofdagilar uchun bu kulgili bo’ldi. Avtobusda Kanadalik turist bilan tanishdingiz. U Madagaskarga qilgan sayohati rasmlarini ko’rsatdi.

Marafon yugurmoqchisiz, do’stlaringiz ahmoqmisan deyishdi. Marafon yuguradiganlar xolis maslahatlar berishdi.

Zo’r mutaxassis bo’lmoqchisiz, chet tili o’rganishni boshladingiz. “Choyxonadan ustunmi” shu deyishdi. Ikki yildan keyin Frankfurtda o’zbeklar bilan choyxonadasiz. Ular sizning hikoyangizni maroq bilan tinglashmoqda.

O’zi biror natijaga erishmaganlar doim bir negativ fikr beradi.

Niyatimiz xolis va harakatimiz chin dildan ekanligini ko’rgan haqiqiy natijaga erishganlar doim biz tomon bo’lishadi, yo’l ko’rsatishadi, o’z davrasiga taklif etadi.

Bek Olimjon
Mallorca, Ispaniya
08.05.24
🔥7
Flutter is back! Flutter qaytdi. Ertaga Google I/O

https://docs.flutter.dev/get-started/install
🔥21👏1🎉1🤩1
Flutter Uzbek | Mobil dasturlash
https://youtube.com/shorts/7o_iYTX21pQ?si=oPjliC-hQC2xbUYe
Yangi loyiga boshladik
Real katta loyihalarda ishlagan, qiyin masalalarga yechim topgan dasturchilar o'zlarini tajribalarini ulashadigan loyiha

Barcha dasturchilarga albatta foydali bo'ladi

Qani videoga like bosib, kanalga a'zo bo'lamiz, asosiylari hali oldinda
Go go go


@flutter_uzbek
🔥5👏1🎉1🤩1
Forwarded from Flutter Dev | Uzbekistan 🇺🇿 (Космос)
Yangi paket: UzPay 🇺🇿💳

= Pub.dev da: https://pub.dev/packages/uzpay

Va'da qilganimdek, O'zbek to'lov tizimlari uchun paket.

Aslida oddiy narsa, lekin dasturingizda hammasini sozlab chiqqani 1-2 kun ketib qolishi mumkin.

Qulaylik olib kelsa "duo" qilib qo'yarsiz.

Qo'llab quvvatlashni istasangiz "repo" ni "fork" qiling va PR yuboring: https://github.com/Mamasodikov/uzpay

Mukammal inson bo'lmagani kabi mukammal kod ham yo'q. Xatolar topsangiz "issue" oching (qarg'amang 😅)

Har doimgidek "LIKE BOSING" va paketni ommalashishiga hissa qo'shing.

P.S: "Readme" ni o'zbekcha yozdim, chunki paket faqat o'zbeklar uchun. Agar bizni mahsulotni faqat O'zbekistonda ishlatishsa nega inglizcha bo'lishi kerak. Ruslar ishlatsa ham o'zbekcha o'rgansin :)
Click va Payme dokumentatsiyalarini yozganlar uyalsa arziydi. Faqat Ingliz va Rus tilida..


#package #payment

@flutterblogs
11🔥8👏1🎉1🤩1
Forwarded from Samandar Ahadjonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#podkast #dartdosh

Podkast boshlandi!

Quyidagi havola orqali tomosha qiling!

📹 Havola

P.s: izoh yozib, like bosish aslo esdan chiqishi mumkin emas)

@ahadjonovss
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mosheniklar yangi darajaga chiqishibdi. Ilgari mashxur odamlardan foydalanishgan bo’lsa, endi istalgan guruhga kirib. Bitta akauntni sohtalashtirib(rasm, ismni o’xshatib) guruhga reply qilgan yoki random foydalanuvchilarga yozib qarz so’ramoqda.

Istalgan qarz so’raydigan tanishlaringizdan ehtiyot bo’linglar. Nomeri, usernamega qaranglar, telefon qilib so’ranglar haqiqatdan o’shami.
😁6
Forwarded from Samandar Ahadjonov
#package

Milliy mahsulotimizni ishlatib ko’rib, like bosib qo’llab-quvvatlang🙌🏻

🧑‍💻 Localization PRO

@ahadjonovss
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏7
Dart 3.0 versiyada Interface keyword qo'shilibdi, endi e'tibor beribman, bilarmidingizlar ? )

@flutter_uzbek
👍7🔥2
Forwarded from Muhammadjon's
Google'da menga yoqadigan narsalardan biri oldin hech qayerda ko'rmagan muammolar ustida ishlashimizdir.

2023-yil iyul oyida WearOS (soatlar uchun Android tizim) uchun Gmail ilovasini kompaniya bo'ylab ichki test, ya'ni betaga chiqardik. Avgust oyida beta-foydalanuvchilardan izoh va baholarni oldik.

O'rtacha baho 5 ballik tizimda 3.78 edi. Eng asosiy muammolaridan biri – ilovaning ishga tushish tezligi foydalanuvchilarga ma'qul kemabdi: "P50 (50th percentile) cold startup latency" tahminan 3.5 sekund bo'lgan.

Uni tezlashtirishimiz uchun 3 hafta vaqtimiz bor edi. Jamoaning ko'p a'zolari, shu jumladan men ham, bor e'tiborimizni shunga qaratdik:

1. Ilovaning "trace"ini olib, uni tahlil qilib chiqdik. Soatlardagi CPU unchalik kuchli bo'lmaganligi sababli ilova ishga tushayotgan vaqtda ko'p protseslar CPU uchun kurashib, asosiy thread'ni band qilib qo'yayotgan ekan. Shunday protseslarni kamaytirish uchun zarur bo'lgan o'zgarishlarning ro'yhatini qilib, eng ko'p foyda beradigan 3-4 tasini tanlab oldik:
● Animatsiyalarni kamaytirish.
● "Splash screen" ni uzoqroq ushlab turish.
● Server uchun kerakli obyektlarni ertaroq yaratish/yuklash.

2. Xattoki kichik animatsiya ham soat uchun og'irlik qiladigan bo'lib chiqdi. Ba'zi animatsiyalarni statik rasmlarga o'zgartirdik.

3. Odatda, ilova ochilayotgan paytda ko'rsatiladigan birinchi sahifa "splash screen" bo'ladi. Shu sahifani uzoqroq ushlab turadigan qildik. Natijada undan keyin keladigan ba'zi animatsiyalar CPU uchun kurashmaydigan bo'ldi.

4. Kerakli obyektlarni yaratishni splash screen bilan parallellashtirdik va ma'lumotlarni serverdan tezroq qabul qilib oldik.

5. Har bir o'zgarish foyda berayotganini bilish uchun A/B testlar qildik.

Yuqoridagilarni tugatganimizdan so'ng ilovaning o'rtacha ishga tushish tezligi 3.5 dan 1.8 sekundga tushdi.

Shu hamda beta-foydalanuvchilar topgan boshqa muammolarni ham to'g'rilaganimizdan keyin ularning o'rtacha bahosi 4.30 ga ko'tarildi.

Yaqinda developers.android.com vebsaytida shu ishimizni "case study" sifatida yozib chiqishibdi. Androidchilarga o'qib chiqishni maslahat beraman.

Kompaniyada ichki ilovalarning ishlashini yaxshilaganlarni har yarim yilda e'tirof etib turiladi. Biz ham shu qilgan ishimiz uchun "kumush medali 🥈"ni oldik.

@muhammadjohns
👍4
Forwarded from Samandar Ahadjonov
#package #localization

🧑‍💻 Localization PRO package'ining rasmiy launchini LinkedIn sahifamda e'lon qildim.

Quyidagi havola orqali like va commetlar orqali maksimal qo'llab-quvvatlashingizni kutaman. Bu juda muhim.🙌

Havola

@ahadjonovss
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71
Forwarded from Samandar Ahadjonov
#just #tavsiya

Sizlarga o’zim yaxshi bilgan xalqaro kompaniyada Senior Software Engineer bo’lib ishlovchi Abdulbosit Komilovning bloglarini tavsiya qilaman.

Oxirgi marta uchrashganimizda, o’zbek blogosferasida katta “inqilob” qilish niyatlari borligi haqida aytgan edilar.

Mana bugun o’z bloglarini ochib, Junior darajadagi dastuchilarga Seniorlikkacha yo’lni ko’rsatib, yo’l-yo’riq ko’rsatishni boshlabtilar.

Albatta obuna bo’ling, bunda eng katta manfaat o’zingizga har xolda)

💬 Havola

P.s: Oxirgi postlarida 20+ Dartdoshlardan salom izohi yig’ilsa, ular bilan podkast qilamiz)

@ahadjonovss
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
2025/10/15 23:33:23
Back to Top
HTML Embed Code: