tgoop.com/flutter_uzbek/562
Last Update:
“Boyib ketsam umuman ishlamayman, mazza qilib yotaman”
Men tanigan muvaffaqiyatli insonlar muvaffaqiyatga o’zlarini tirishqoqliklari va mehnatkashliklari orqali erishganlar. Ko’p holatlarda bu tirishqoqlik va mehnatkashlik orqasida yaxshiroq hayotga bo’lgan ehtiyoj yotadi. Ular ham bir paytlar “oyoqqa turib ketsam umuman ishlamayman, dadam ham onam ham ortiqcha ishlashmaydi, mazza qilib yashaymiz” degan qattiq maqsadni o’z oldilariga qo’yishgan.
Bu juda yaxshi maqsad — har birimiz ham yaxshiroq hayotga intilib yashashimiz kerak. Lekin, boyib ketsam umuman ishlamayman deganlar sal kalta o’ylashadi. Keling shu yerda #storytime qilamiz.
2014-yil. Toshkentga o’qishga keldim. Menda ham yaxshiroq hayotga ehtiyoj katta. Omadim kelib dasturlash soxasi oyog’im ostidan chiqdi. Dasturlashni astoydil oldim, internship qildim, ishladim, o’z ustimda ishlashni to’xtatmadim va 2-3 yilda oilamni moliyaviy taminlay oladigan xolatga chiqdim. Dadamga mag’rurlik bilan “bo’ldi ishlamasangiz bo’ladi, men o’zim hammani taminlayman, ishingiz bergan oylik qilayotgan mehnatingizga arzimaydi” dedim. Lekin dadam ishlarini to’xtatmadilar. Boshida hayron qoldim, lekin keyinroq sababini tushunib oldim.
Hop, nega dadam moliyaviy muhtojlik bo’lmasada ishlashni to’xtatmadilar? Qisqa javob — hayot mazmuni. Sizga yoqadimi yoqmaydimi, kunlik ishimiz (kollegalar, qizg’in suxbatlar, muammolar, unga yechimlar, va hattoki ishdagi dramalar ham) bizning hayotimizga katta mazmun beradi. Mazmunsiz esa hayot bo’lmaydi.
Huddi shu sababli ham puli 10ta avlodiga yetadigan milliarderlar ham har kuni ertalab turib ishga boradi va o’z oldiga qo’ygan buyuk maqsadlari sari ishlashadi. Chunki shu ish ularning hayotiga mazmun beradi. Hayotga mazmun beradigan boshqa narsalar ham albatta bor (oila, do’stlar, hobby, sport, va hkz), lekin ko’pchiligimiz uchun ishning o’rni sezilarlicha katta.
E’tiboringiz uchun raxmat, hayotingiz mazmunli bo’lsin!
BY Flutter Uzbek | Mobil dasturlash
Share with your friend now:
tgoop.com/flutter_uzbek/562