tgoop.com/flutter_notes_bek/235
Last Update:
Flutterda State restoration.
Agar user mobil ilovani ishga tushirsa va keyin boshqa ilovaga o'tsa, birinchi ilova orqa fonga ko‘chiriladi. Operatsion tizim (iOS va Android) xotirani bo'shatish va oldingi o'rinda ishlayotgan ilovaning ish faoliyatini yaxshilash uchun orqa fondagi ilovani o'ldirishi (kill) mumkin.
Agar user dasturni yana tanlaganida, uni yana birinchi o'ringa olib chiqsa, OS uni qayta ishga tushiradi. Ammo, agar siz ilovaning o'ldirilishidan oldingi holatini saqlab qolish usulini o'rnatmasangiz, siz holatni yo'qotasiz va dastur noldan boshlanadi.
Bu muammoga Flutter quyidagicha yechim beradi:
RestorationManager.
Bu engine-ga state ma'lumotlarini taqdim etadi va umumiy state-ni tiklash jarayonlarini boshqaradi.
RestorationBucket.
Bu ilovaning bir qismidagi qayta tiklanishi kerak bo'lgan state ma'lumotlarini kalit-qiymat (key-value) ko'rinishida saqlaydi. Qiymat StandardMessageCodec qo'llab-quvvatlaydigan istalgan qiymat bo'lishi mumkin. Ildizi rootBucket-da joylashgan va RestorationManager tomonidan boshqariladigan daraxt irarxiyasida tashkil etilgan.
RestorationMixin.
StatefulWidget-ga qo'llanilishi mumkin bo'lgan va bu orqali siz vidjet holatini saqlash va tiklash imkoniga ega bo'lasiz.
RestorationScope.
Qaysi holat tiklanishi boshqariladigan chegarani belgilaydigan vidjet.
Ba'zi platformalar tiklash ma'lumotlarining hajmini cheklaydi. Shu sababli bucket-larda saqlangan ma'lumotlar imkon qadar kichik bo'lishi kerak.
Qo'shimcha manbalar:
1. Medium: Link
2. Article: Link
3. Article: Link
#Flutter
BY Flutter Notes
Share with your friend now:
tgoop.com/flutter_notes_bek/235