tgoop.com/flutter_notes_bek/190
Last Update:
Prototype pattern.
Bu pattern - obyektning nusxasini yaratishga yordam beradi va nusxalash logikasini sinfga bog'liqlikdan ajratadi.
Muammo.
Sizda obyekt bor va uning aniq nusxasini yaratmoqchisiz. Buni qanday qilgan bo'lardingiz? Birinchidan, siz bir xil sinfning yangi obyektini yaratib keyin asl obyektning barcha maydonlari qiymatlarini yangi obyektga nusxalashingiz kerak.
Bu yerda bir muammo bor. Barcha obyektlarni shunday nusxalash mumkin emas, chunki obyektning ba'zi maydonlari private bo'lishi mumkin va obyektning o'zidan tashqarida ko'rinmaydi. Bundan tashqari nusxa yaratish uchun sinf nomini bilish kerak bo'ladi bu esa nusxalash sinfga bog'liqligini anglatadi.
Yechim.
Prototip pattern nusxalash jarayonini nusxalanayotgan obyektga topshiradigan interfeysni taqdim etadi va odatda bu interfeys yagona clone metodini o'z ichiga oladi. Nusxalashni qo'llab-quvvatlaydigan obyekt prototip deb ataladi.
Manbalar:
1. Book : Link
2. Article : Link
3. Medium : Link
BY Flutter Notes

Share with your friend now:
tgoop.com/flutter_notes_bek/190