tgoop.com/flutter_notes_bek/185
Last Update:
Singleton pattern.
Bu pattern - Sinfning faqat bitta obyekti (instance) bo'lishini va unga global kirish imkonini taqdim etadi. Ayrim sinflar uchun aynan bitta obyekt bo'lishi muhim. Sinfning faqat bitta obyekti borligini va obyektga osongina kirish mumkinligini qanday ta'minlaymiz?
Global o'zgaruvchi obyektga kirish imkoniyatini beradi, lekin u sizni bir nechta obyektlarni yaratishdan to'sib qololmaydi. Eng yaxshi yechim - sinfning o'zi uning yagona obyektini kuzatish uchun javobgar bo'lishidir.
Singleton pattern bir vaqtning o'zida 2 ta muammoni hal qilishi bilan birgalikda, yagona javobgarlik prinsipini (SRP) ham buzadi.
Singleton-ni qo'llashning 2ta bosqichi mavjud:
1. Boshqa obyektlarning yaratilishidan himoyalanish uchun (default) konstruktorni private qilib qo'yish.
2. Konstruktor vazifasini bajaradigan statik metod yaratish. Ichki holatda bu metod obyekt yaratish uchun private konstruktorni chaqiradi va uni statik maydonda saqlaydi.
Manbalar:
1. Book : Link
2. Article : Link
3. Medium : Link
BY Flutter Notes

Share with your friend now:
tgoop.com/flutter_notes_bek/185