EXCEL_HACKS Telegram 681
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
Bektosh Hatamovning "Nega O'zbekistonda ilm rivojlanmaydi?" mavzusidagi postini o'qib, UCLda (University College London, xalqaro reytinglardagi o'rni: QS World University Rankings - 9 o'rin, Times Higher Education - 22 o'rin, Academic Ranking of World Universities - 17 o'rin, pedagogika yo'nalishi bo'yicha - 1 o'rin) magistrlik dissertatsiyasi ustida qanday ishlaganim, umuman, bu universitetda magistrlar bilan ishlash qanday tashkil qilingani esga tushdi.

O'qish sentyabrda boshlansa, taxminan noyabrning boshlarida ilmiy rahbarim (supervisor) men bilan uchrashuv belgiladi. Bu uchrashuv davomida qanday mavzuda tadqiqot olib bormoqchi ekanligim haqida gaplashdik. Men O'zbekistondagi test tizimining talabalar va o'qituvchilarga ta'sirini (washback) o'rganmoqchi ekanligimni aytdim. U menga tadqiqot savollari ustida ishlashga yordam berdi. Qayta-qayta "xo'p, bu tadqiqotingning yangiligi nimada bo'ladi deb o'ylaysan, shu sohadagi qaysi bo'shliqni (gap) to'ldirishga yordam beradi deb o'ylaysan?" deb so'rardi. (Professor-o'qituvchining hamma sharoitlari bor alohida xonasi borligi, talaba bilan qiy-chuv-to'polon "kafedra" atalmish xonada uchrashmasligi, yoki bo'sh xona qidirib universitetni kezmasligi - alohida mavzu.)

Birinchi uchrashuv davomida ilmiy rahbarim bilan reja tuzib oldik. Yil davomida dissertatsiyaning qaysi boblari ustida qachon ishlanadi, unga bu boblarning xomaki nusxalarini (drafts) qachon topshiraman - jadval qilib oldik. Har bir bobning xomaki nusxasini elektron pochta orqali yuborganimdan bir necha kun o'tib, rahbarim uni izohlari bilan qaytib yuborar edi. "Bu yerda nima demoqchisan?", "Bu fikrni qaysi manbalardan olgansan?", "Mana bu joyi bo'sh", "Mana bu joydagi fikrni rivojlasntirish kerak", "Bu fikrga asos qani?" - hoshiyalar shunga o'xshagan izohlar bilan to'la bo'lardi. Xatda, shuningdek, u bilan ishimning mihokamasi uchun qachon uchrashishim belgilangan bo'lardi. Men uning izohlari bilan tanishib chiqqach, belgilangan vaqtda universitetda yuzma-yuz ko'rishib, muhokama qilardik va keyingi qadamlarni belgilab olardik.

Xullas, bir yil davomida rahbarim "onamni Uchqo'rg'ondan ko'rsatdi". Maza qilib Londonni aylanish, dam olish o'rniga kutubxonada ilmiy jurnallar yoki kitoblar titkila, telefon orqali O'zbekiston bilan bog'lanib, intervyular o'tkaz, keyin bu intervyularni qayta-qayta eshitib, qog'ozga tushirib (transcribe), tahlil qil, bog'liqliklar va tendensiyalarni aniqla ... Lekin men shu ishi uchun ilmiy rahbarimdan minnatdorman. Aynan shu talabchanligi, shu bilan birga, fikrga, diskussiyaga ochiqligi menga ko'p narsani o'rgatdi, ham yuqori baho olishimga yordam berdi. Hatto dissertatsiyaning yakuniy variantini topshirganimdan keyin, baholovchilardan olgan taqrizim esimda: ishimning ijobiy taraflari va kamchiliklarini batafsil yozib berishgan, qo'ygan bahosini asoslab berishgan edi.

Bizning universitetlarga o'xshab "magistrning ish rejasi", "dissertatsiya mavzusini mavzular bankidan tanla" degan "ajoyib" talablar yo'q edi. (ToshDO'TAUdagi o'qituvchilar dekanat qayta-qayta so'rayverib bezor qilganidan "mana senga" deb "to'ldirib" bergan "magistrlik dissertatsiyalari uchun mavzular banki" va undagi "ajoyib" mavzular esimda: falonchi asarni falon sinfda o'rganish, pistonchi mavzuni piston sinfga o'rgatish ...) Mavzuga asosiy talablar - o'zim uchun qiziq bo'lishi, ilmdagi qandaydir bo'shliqni to'ldirishga, muammo yoki hodisani ilmiy jihatdan tushunishga yordam berishi kerak edi. Xullas, mana shunga o'xshagan jihatlar universitetlarni reytinglarda "top"ga olib chiqadi, daraxtlarni o'qituvchilarga biriktirishlar-u qog'ozbozliklar emas. Menimcha.

tgoop.com/excel_hacks/681
Create:
Last Update:

BY Excel Hacks

Share with your friend now:
tgoop.com/excel_hacks/681

View MORE
Open in Telegram

Telegram News

Date: |

Judge Hui described Ng as inciting others to “commit a massacre” with three posts teaching people to make “toxic chlorine gas bombs,” target police stations, police quarters and the city’s metro stations. This offence was “rather serious,” the court said. Ng Man-ho, a 27-year-old computer technician, was convicted last month of seven counts of incitement charges after he made use of the 100,000-member Chinese-language channel that he runs and manages to post "seditious messages," which had been shut down since August 2020. In the next window, choose the type of your channel. If you want your channel to be public, you need to develop a link for it. In the screenshot below, it’s ”/catmarketing.” If your selected link is unavailable, you’ll need to suggest another option. The visual aspect of channels is very critical. In fact, design is the first thing that a potential subscriber pays attention to, even though unconsciously. Unlimited number of subscribers per channel
from us

Telegram Excel Hacks
FROM American