Telegram Web
Live stream scheduled for
Prezidentlik saylovlari yaqinlashib kelyotganidan xabaringiz bor. Shu munosabat bilan 30-sentabr 20:00 da '' 2021-yilgi Prezident saylovidan kutilmalar va nomzodlar tahlili " mavzusida audio suhbat o'tkazishga qaror qildik. Suhbat mehmoni Akrom Avezov boladi.

Akrom aka Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti Xalqaro Iqtisodiy Munosabatlar fakultetida bakalavr darajasini olgan. Keyin, Yaponiyaning Nagoya Universitetida MEXT granti asosida Huquq va Siyosatshunoslik yo'nalishida 2 yil talim olgan va hozirda shu yerda Ph.D ga qabul qilingan. Akrom aka bitiruv ishida O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'izistondagi parlamentar saylov tizimlari haqida o'rgangan.

Suhbat foydali va qiziqali boladi. Sizlardan suhbat linkini ulashishlaringizni so'rayman, ayniqsa blog yuritadigan do`stlarimizdan.

@econview_1
Live stream started
Live stream finished (54 minutes)
Yozib olingan audio suhbat, kira olamaganlar uchun. Kommentlarda siyosatshunoslik va iqtisodiyotga oid qanaqa mavzularda suhbatlar bo'lishini xohlashingizni yozib qoldiring.
Post sovet mamlakatlarida o'tkazilgan kichik taqdiqotga ko'ra, rahbarlarni vazni va ularni korrupsiyaga moyilligi o'rtasida yuqori korrelyatsiya bor. Ya'ni, rahbar qancha semiz bo'lsa, korrupsiyaga qo'l urish ehtimoli shuncha katta. Albatta qiziq, lekin bu baribir rahbar semiz, demak poraxo'r deyishga asos bo'lolmaydi.

@econview_1
#EconEdMonth

Ayni kunlarda "quyoshli" amerikada iqtisod fanini o'qitish oyligi o'tkazilyapdi. Ijtimoiy tarmoqlarda #EconEdMonth heshtegi ostida turli xil xabarlar, qiziqarli postlar, savollar jamlanmasi umuman olganda iqtisod fanini o'qitishni targ'ib qilish keng ravishda olib borilmoqda. Bu borada AQSh rasmiy idoralari masalan Federal Rezerv va uning shtatlardagi bo'limlari ham faol qatnashayotgani odamni xursand qiladi. Iqtisod fanini keng tarqalishi, insonlarning iqtisodiy bilimlari oshishi yaxshi natijalarga olib kelishiga umid bor. Fanni keng ommaga tarqatishda ko'proq iqtisodchilar faol bo'lsa yanada yaxshi bo'lardi. Bizning yurtimizda ham iqtisod fanini targ'ib qilishda o'z faolligini ko'rsatayotgan ko'plab iqtisodchilarimiz borligi albatta quvonarli. Lekin afsuski ularning auditoriyasi ko'pchilikni qamrab oladi deyolmaymiz. Shu o'rinda Abhijit Banerjening ajoyib so'zlarini keltirib o'tish joiz:
"The call to action is not just for academic economists - it is for all of us who want a better, saner, more humane world. Economics is too important to be left to economists."

@econview_1
2021-yil uchun Iqtisodiyot fanidan Nobel mukofoti laureatlari e'lon qilindi.

1. David Card - mehnat iqtisodiyoti fanida qilgan empirik tadqiqotlari uchun.

2. Joshua Angrist va Guido Imbens - birgalikda sabab bog'liqliklarini tahlil qilish metodologiyasiga qo'shgan hissasi uchun.

@econview_1
Forwarded from IqtisodiyBlog
2015 - 2020 yillarda Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari va ularning qilgan ishlari haqida.

2020 - yil Pol Milgrom va Robert Uilson «kimoshdi savdolari nazariyasini takomillashtirgani va kimoshdi savdolarining yangi shakllarini ixtiro qilgani» uchun.

2019 - yil Abhijit Banerji, Ester Duflo va Maykl Kremerga “global qashshoqlikni kamaytirishga eksperimental yondashgani uchun”.

2018 - yil Uilyam Nordxaus va Pol Romer.
Nordxaus "Iqlim oʻzgarishlarini uzoq muddatli makroiqtisodiy tahlilga integratsiyalashtirgani"
Romer esa "Texnologik innovatsiyalar integratsiyasi" uchun.

2017 yil Richard Taler "Xulq-atvor iqtisodiyotini o‘rganishga qo‘shgan hissasi uchun".

2016 - yil Oliver Xart "Shartnomalar nazariyasiga qoʻshgan hissasi uchun".
Ushbu nazariya bilan birga uning tadqiqotlari firmalar nazariyasi, korporativ moliya va huquq iqtisodiyoti muammolarini ham oʻrganadi.

2015 - yil Angus Diton "iste'mol, qashshoqlik va boylik” sohasidagi tahliliy tadqiqoti uchun.


@Iqtisodiyblog
Eng kam ish haqi qonunlari va ishsizlik haqida.

Ko'plab iqtisodchilar eng kam ish haqi miqdorini qonun bilan belgilanishini tanqid qilishadi. Fanda eng kam ish haqi miqdorini qonun bilan belgilanishi kam malakali va yosh ishchilarni mehnat bozoriga kirishini qiyinlashtiradi, ish beruvchilarga kam malakali ishchilar va yoshlarni ishga olmaslikka rag'bat uyg'otadi va natijada ishsizlik darajasini oshirishi va bu esa o'z navbatida huquqbuzarliklarni oshirishi qabulidagi qarash mavjud.

Shu yilgi iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofotini olgan Devid Kard va 2019-yilda vafot etgan Alan Kryuger birgalikda aynan shu mavzuni o'rganishgan. Natijalar qiziq, eng kam ish haqi qonunlarini ishsizlikka ta'siri topilmagan.

@econview_1

Quyida batafsilroq o'qish mumkin 👇
Immigrantlar haqida shakllangan noto'g'ri tushunchalar haqida

Oltita mamlakatdan ( Fransiya, Germaniya, Italiya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya va AQSH ) qatnashgan, 22,500 mahalliy aholi o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra, mahalliy aholi immigrantlarni soni va tarkibi haqida xato o'ylashadi. Misol uchun, Italiyada immigrantlarning aholi orasidagi haqiqiy ulushi 10 % , ammo aholi o'rtacha 26 % deb o'ylaydi.

So'rovnomada qatnashganlar musulmon immigrantlarni sonini, Yaqin Sharqdan va Shimoliy Afrikadan kelyotgan immigrantlar sonini ortiqcha baholab yuborishadi. Ular immigrantlar bilimsiz, kambag'al, ishsiz va hukumat qaramog'ida yashashga moyil deb hisoblashadi. Haqiqiy raqamlar esa bizga boshqa hikoyani aytadi. 2017-yilgi Fransiyadagi prezidentlik saylovida nomzodini qo'ygan Marin Le Pen 99 % foiz immigrantlar o'spirinlar ( aslida 58 % ), 95 % migrantlar davlat qaramog'ida, chunki ular ishlamydi ( aslida esa 55 % migrantlar mehnat bozorida ) degan. U bu bulan aholi o'rtasidagi noto'g'ri tushunchalardan populistlik qilib foydalanmoqchi bo'lgan.

Bu kabi noto'g'ri tushunchalar immigrantlarga bo'lgan munosabatlarga o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi.

Kredit: Good Economics for Hard times

@econview_1
Qanday qilib avtomobil turar joylari shaharlarni vayron qiladi
(How parking destroys cities)


Shaharlardagi muammolardan eng kattasi shubhasiz tirbandlik. Tirbalikning kelib chiqishini ko'p insonlar infrastruktura bilan bog'lashadi. Lekin yo'llarning qanday dizaynda qilinishi - bu oqibat. Shaharlarida katta tirbandlikning sababini moshinalarning soni ko'payishi bilan emas, balki shaharda harakatlanish qiymati bilan bilish kerak.

AQSh shtat mayorlari shaharlashish dasturiga qiziq bir qonun kiritgan - Minimum Parking Requirements. Bu, masalan, bir bino qurilayotganda, unga mos avtomobillar taklifini qoplaydigan turar joyni ham qo'shib qurishdir. Va buni 2ta muammoli joyi bor. 1 - Curb Parking: yo'l chetida avtomobillarning to'planib qolinishi. 2 - Parking Station: maxsus turar joylar qurilishi.

Bu yerda, shahar uchun avtomobil qulayligining qiymati uning harakatlanmay soatlab turishiga teng. Taqqoslasak, harakatlanishning poyezddagi va avtomobildagi farqi, ularning harakatida. Shaharda poyezd avtomobildan karrasiga ko'proq harakatlanadi.

Shaharlardagi tirbantlikni oldini olishgacha (turargohlarni va harakatlanishni pullik qilish) bo'lgan davrda, Minimum Parking Requirement lar ham tirbandlikka sababchi edi. Bu esa ko'priklar qurilishi, yo'llar kengayishiga olib keldi. Bu vaziyatni yanada yomonlashtirdi.

Hozirda, Buffalo, San Diego, Minneapolis, San Francisco va boshqa katta shaharlar bu qonunni bekor qilishdi.

@econview_1
Danning-Kruger effekti:

Insonlardagi donolik (x) va o’ziga bo’lgan ishonch (y) bir-biriga qanday bog’langanligi ifodalaydi. O’ziga ishonchi yuqorilar aslida ma’lum ishni uddalay olmasligi, yuqori intellekt sohiblari esa o’ziga yetarli ishonchi yo’qligini bildiradi.


(C) Sohib ( Twitterdan )

@econview_1
Immigratsiya va mahalliy aholi (native) maoshlar haqida

Immigratsiyani mahalliy aholini maoshlariga ta`sirini o`rganishda to`g`ridan-to`gri bo`lmagan ta`sirlarni ham chetda qoldirmaslik kerak. Misol uchun, ko`plab immigrantlarni biron shaharga kelishi o`sha shahardagi bir qancha mahalliy aholini shaharni tark etishi va tadqiqotlar maoshlar o`zgarmaganiga guvohlik berishi mumkin. Aynan shu mavzuda shu yilgi Nobel mukofoti sovrindori Devid Kard ajoyib tadqiqot qilgan. 1980-yili aprel va sentabr oralig`ida ko`pchiligi savodsiz bo`lgan 125 ming Kubaliklar Mayamiga ko`chib kelishadi. Fidel Kastro kutilmaganda o`z nutqida odamlarga agar xohlashsa ketishi mumkinligini aytadi va yuqoridagi voqae sodir bo`ladi. Bu nutq 20-aprelda aytilgan bo`lsa, oy oxirida ko`plab odamlar allaqachon tark etyotgandi. Natijada esa, Mayamining ishchi kuchi 7 % oshadi. Mayami shahri faqatgina eng yaqin bo`lganligi uchungina tanlangane edi. Kard “difference in defferences” modelini qo`llab, yangi kelganlarni mahalliy aholini maoshlariga ta`sirini o`rganib ko`rgan. Natijaga ko`ra, aytarli ta`sir topilmagan.

P/s: Talab va taklif qonuniga ko`ra boshqacha bo`lishi kerak edi. Keyingi postda nima uchun bunday bo`lgani haqida bo`ladi.

@econview_1
Nima uchun immigratsiya mahalliy aholini maoshlariga ta`sir qilmasligi haqida

Bu yerda birinchi navbatda yangi kelganlar pul topishdan tashqari, ularni pul sarflashlarini ham unutmaslik kerak. Ular restoranlarga borishadi, shopping qilishadi va hokozo. Bu esa asosan kam malaka talab qiladigan ish o`rinlarini yaratadi va bu maoshlar va ishsizlik darajasini o`zgarishsiz qolishiga sabab bo`ladi. Yana bir sabab shuki, mamlakatda ko`proq kam malakali arzon ishchi kuchi bo`lishi bizneslarga ishchi kuchini tejaydigan yangi tegnologiyalarni qo`llashga bo`lgan rag`batni pasaytiradi. Bu esa ish o`rinlarini kamaytirishi mumkin bo`lgan tabiiy jarayonni sekinlashtiradi va natija yuqoridagidek bo`ladi. Albatta, bu yerda yana boshqa faktorlar ham ro`l o`ynaydi.
Bir qiziq misol, qisqa muddat davomida Chexiyaliklarga Germaniyada ishlashga ruhsat berilgan. Bu mahalliy aholini maoshlarida biroz pasayish, ammo mahalliy aholi o`rtasida ko`proq ishsizlik keltirib chiqaradi. Bunga asosiy sabab shuki Chexlar ishlagan pulini Germaniyada imkon qadar sarflamay, o`z uylariga yuborishga harakat qilishgan va immigratsiyaning iqtisodiy foydasi Chexiyaga ketgan. Bu misoldan bizdan Rossiyaga borib ishlaydiganlar haqida ham qisqa xulosa qilsa bo`lar ekan.


@econview_1
🔥2
Forwarded from IqtisodiyBlog
#Qiziq

Biz ko'zimiz yeta oladigan tarixdan nazar solsak guvohi bo'lamizki ilm-fan bizga ulkan yutuqlarni, bizning xayolimizga kelmagan yaxshiliklarni bergan.

Bugun biz osmonga qarab ko'zimiz tushgan xar qanday jarayonni ilmiy tahlil qila olamiz, bugun biz istalgan jonli mavjudotga qarab uning ichki tuzilishini, qaysi turga mansub ekanligi, xayot tarzi qanday ekanligini bilamiz.
Bugun biz quyoshga qadam qo'ymasdan uyerda bo'layatgan termoyadro reaksiyasi haqida maʼlumotga egamiz, hatto undan chiqayotgan nur yergacha necha minutdan yetib kelishini aniq xisoblay olamiz.
Bugun biz 200 yil oldin yuz millionlab odamlarni bevaqt xayotdan olib ketgan kasalliklarni davosini bilamiz, endi bular oldingidek qo'rqinchli emas.

Bugun biz markaziy bank ko'p pul pechatlashi pulni qadirsizlanishiga olib kelishini bilamiz. Bugun biz xalqaro savdoga qo'yilgan xarqanday to'siq ahmoqlik ekanligini bilamiz.
Bugun biz oldiniglarni qiynagan, bilishni, tushunishni judayam istagan murakkab savollarni javoblarini bilamiz.
Bugun biz shunchalik kuchga to'ldikki butun boshli sayyorani issiqxonaga aylantirib qo'yaolamiz.

Bugun biz erkinlik qanchalik ulugʻ ne'mat ekanligini va uni xurmat qilib ko'z qorachigiday asrab avaylashimiz karak ekanligini bilamiz. Tarixdan maʼlumki qanchadan-qancha qullikda yashagan odamlar erkinlik muqaddas, unga erishi baxt ekanligini qalbida tuyub yashagan va bazilar bu baxtni xis qilmasdan dunyodan o'tib ketgan.

Ilm-fan bizga shunday yaxshiliklarni berdiki odamlar xozr dunyoni bu chekkasida turib, bir necha soatda dunyoni u chekkasiga tez yetib olishi mumkin.
Xozrgi kunda butun insoniyatni chig'iriqdan o'tkazayotgan virus bundan 200 - 300 yil oldin bo'lganda insoniyat qay axvolda bo'lgan bo'lar edi? Buni so'ngi kunlarda bo'layatgan voqealardan kelib chiqib tahminan qilishimiz mumkin.
Ilmiy bilish, tushunish, anglash doiramiz juda progressivlashib ketdi. Insoniyat sifatida biz erishgan yutuqlar jamiyatdagi muomalarini chuqurroq tushunishga yordam beryabdi.
500 yil oldin yashagan odamlar bizni sharoitlarimizni ko'rganda nima degan bo'lar edi?
Bundan 500 yildan keyin ilm-fan insoniyatga nimalarni inom etadi?

Eng qizig'i - Ilm-fan rivojlanishi bazi bizga o'xshagan konservativ jamiyatlardagi bemani stereotiplarga barham beryabdi.

@Iqtisodiyblog
👏2
Iqlim o'zgarishi va u keltirib chiqarayotgan muammolar haqida.

Iqlim o'zgarishi allaqachon bugunning eng katta muammolaridan biriga aylanib ulgurdi. 2017-yilda zaharli gazlar tufayli 5 million odam hayotdan ko'z yumgan bo'lsa, 2018-yilda tabiiy ofatlar 62 million odamga ta'sir o'tkazgan, 2 million odam o'z uyidan ko'chishga majbur bo'lgan.

Bazi tadqiqotlarga ishonsak, moliyaviy risklarning 17 % qismi yerdagi harorat darajasiga bog'liq. Havoning yuqori ifloslanishi tufayli ko'plab bolalar maktablarga bora olmayapti. Bazi keyslarda yuqori iqtisodiy aktivlik keltirib chiqargan iqlim o'zgarishi iqtisodiy aktivlikni pasaytirmoqda va bu kambag'allikni oshirishu mumkin. Xullas, bu kabi salbiy oqibatlar ko'p. Agar bu muammoga qarshi jiddiy qadamlar tashlanmasa, yaqin kelajakda yer insonlar uchun yaroqsiz sayyoraga aylanib qolishi mumkin.

P/s: Keyingi post iqlim o'zgarishiga qarshi kurash va uning narxi haqida bo'ladi.

👉👉 @econview_1 👈👈
Iqlim o'zgarishiga qarshi kurash va uning narxi haqida
Iqlim o'zgarishiga qarshi turli yo'llar bilan kurashish mumkin. Misol uchun, mashinalar sonini kamaytirish, jamoat transportini rivojlantirish, karbon soliqlarini va karbon marketlarni joriy etish, yashillashtirish siyosati va hokozolar.

Bu yerda asosan karbon marketlari va uning oqibatlari haqida fikr yuritmoqchiman. 1997-yilda Kyoto protokolida va 2015-yilda Parij kelishuvida bu haqda kelishuvlarga erishilgan. Eng yirik karbon market Yevro ittifoqda hisoblanadi.

Sodda qilib tushuntirganda, yil davomida atmosferaga chiqariladigan zaharli gaz miqdori belgilanadi va bu yildan-yilga vaziyatga qarab kamaytirib boriladi.
Kompaniyalar havoga chiqarishi mumkin bo'lgan zaharli gaz miqdorini sotib olishadi, ortib qolganini boshqalarga sotish imkoniyatiga ega bolishadi. Yillik miqdor o'zgarmaydi, kim havoni qancha zaharlashi bozorga qo'yib beriladi. Bu tizim atmosfera yildan-yilga kamroq zararlanishiga va yashil texnologiylar yaratilishi va qo'llanilishiga rag'bat yaratadi.

Albatta, bu jarayon insoniyat uchun tekinga kelmaydi. Karbon marketlari energiya narxlaridagi o'sishga olib keladi. Energiya esa noelastik tovar, ya'ni narx oshishi iste'mol miqdoriga ko'p ham ta'sir qilmaydi. Energiya iste'moli umumiy iste'moldan kambagal aholi uchun 9.5 %, o'rta qatlam uchun 7.5 % va boylar uchun 5.5 %ni tashkil qilishini inobatga olsak, bu holat kambag'allarga ko'proq ta'sir qilib, tengsizlikni oshirishini ko'rishimiz mumkin. Bundan tashqari energiya narxlarining oshishi kambag'al aholining daromadlarida pasayishga ham olib kelar ekan, bu esa yana ham balandroq tengsizlikni anglatadi. Bu jarayon aholi orasida iqlim o'zgarishiga qarshi kurashni qo'llab-quvvatlash pasayib ketishiga olib kelishi mumkin.

Tadqiqotlarga ko`ra, energiya narxlarining 1% ga oshishi atmosfera zaharlanishini 0.5% ga pasaytirsa, ishsizlikni 0.2% va inflyatsiyani 0.15 % ga oshirar ekan.

👉👉 @econview_1 👈👈
Forwarded from Turakulov Economics (Valijon Turakulov)
⚡️"Osmondagi bolalar" loyihasiga bergan intervyum premyerasi birozdan keyin 20:00 da boshlanadi.

Suhbat nafaqat iqtisodiyot balki turli xil dolzarb mavzularni qamrab olgan. Ko'pchilik manfaat topadi deb umid qilaman.

- Ta'limda Koreys va O'zbek onalarining farqi nimada?

- Iqtisodiy rivojlanishda nima eng katta ro'l o'ynaydi?

- Qanday qilib paypoq ishlab chiqarish oltin ishlab chiqarishdan ko'ra jamiyatga ko'proq manfaat keltira oladi?

- Jahon Savdo Tashkilotiga a'zo bo'lsak kimlar zarar ko'radi?

- Nima uchun importsiz eksport ham rivojlanmaydi?

- Nima uchun korruptsiyani jazoni kuchaytirish bilangina hal qilib bo'lmaydi?

- Mening hikoyam: sut sotib o'qitgan onam, Vatanni tashlab chiqib ketmoqchi bo'lganim, 18 yosh "o'zim"ga nasihatlarim...


Suhbatni 20:00 da YouTube orqali tomosha qiling:
https://youtu.be/Znhcpqsy6z4


✒️ @V_Turakulov
2025/10/08 12:53:16
Back to Top
HTML Embed Code: