Telegram Web
Forwarded from Greening the Economy (Anvar.)
Dimensions of development, Hans Rosling
Uzoq vaqt davomida mehnat bozorida band bo'lgan aholi tarkibida erkaklar ulushi yuqori bo'lib kelgan. So'nggi vaqtlarda oradagi farq qisqarib, ayollar ham mehnat bozorida o'z o'rnini topib bormoqda. Siyosatchilar ishlaydigan ayollar sonini oshirish haqida gapirib turishadi. Buning uchun eng yaxshi yo'l - ta'lim. Ayollar ta'lim olishi ularning olishi mumkin bo'lgan maoshlarini oshiradi va bu uy ishlari bilan band bo'lishdan ko'proq foydali bo'lsa , ko'proq ayollar ishlay boshlaydi. Texnologik rivojlanish bizga kir yuvish, idish yuvish mashinasi va boshqa uy yumushlarini osonlashtirish va uyda o'tirish qiyatimi pasaytirish imkonini berdi. Bu ham ko'proq ayollar ishlashiga turtki beradi.

Qizlar, agar turmushga chiqqach ishlashni xohlasangiz, ko'proq o'qing, o'zingizni mehnat bozoridagi narxingizni oshiring. Misol uchun, siz oyiga 30 mln maosh oladigan kadrsiz va ishlamay uyda o'tirishingizni narxi 30 mlnga teng bo'ladi. Bu qimmat va siz ishlashingiz ehtimoli katta :)

@econview_1
Forwarded from Shermatov's channel
Tasavvur qiling, tug'ilmagansiz va jamiyatning qaysi ijtimoiy qatlamida tug'ilishingizni bilmaysiz. Shu holatda jamiyat qanaqa bo'lishini baholashingiz kerak. Misol uchun, ko'proq kambag'allardan olib boylarga berish va hokozo.

Jon Rovls o'zinning " Adolat Nazariyasi " kitobida shunday holatda obyektiv adolatni tasvirlash mumkin qabulidagi fikrni ilgari suradi. Sizning adolatingiz qanday ? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.
Sovg'alar iqtisodi haqida

Iqtisodchilar odatda o'zlarining noodatiy va ko'pchilik uchun qabul qilish qiyin fikrlari sababli "yuraksiz insonlar" sifatida ko'p tanqid qilinadi. Odamlarning bir-biriga o'zaro sovg'a berishi borasidagi iqtisodchilarning fikri ham ana shunday mavzulardan biri. Ayrim iqtisodchilar eng yaxshi (samarali) sovg'a sifatida pulni ko'rsatishadi. Chunki hayotdagi axborot notengligi (iqtisod tilida asymetric information, axborot asimmetriyasi: siz bilgan narsani men bilmayman, men bilganni siz) tufayli sovg'a beruvchi sovg'aga ketgan xarajat va sovg'a oluvchi sovg'adan oladigan qiymat orasidagi farqni bilolmaydi. Bu esa resurslar nosamarali taqsimlanishiga sabab bo'ladi. Masalan, aytaylik kimdir sizga 10 so'mlik ruchka sovg'a qildi, lekin siz ruchkadan ko'ra qalamni ko'proq qadrlaysiz va ana shu pulga qalam olishingiz mumkin edi. Lekin yana bir muhim jihat shundaki bu jarayonda pul berishning ham kamchiligi bor ekan. SIgnaling theoryga ko'ra odamlar sovg'a ulashganda ular munosib va sovg'a oluvchiga yoqadigan sovg'ani tanlash orqali bir-biriga sherigini qanchalik bilishi haqida signal beradi. Signal berish xarajatlar bilan keladi: mos tushadigan sovg'ani olish ko'p vaqt davomida o'sha inson haqida o'ylab ma'lumot yig'ish yoki uzoq vaqt sovg'ani qidirishni nazarda tutadi. Signaling ko'pincha munosabatlar so'roq ostida bo'lganda rol o'ynaydi. Masalan sizning ota-onangiz sizga tu'g'ilgan kuningiz uchun pul bersa siz xafa bo'lmasligingiz mumkin chunki ular sizni qanchalik yoqtirishiga shubhangiz yo'q, lekin sevgan insoningizning bunday qilishi aniq o'ylantiradigan holat agar u iqtisodchi bo'lmasa ) Qisqasi, yaqinlaringizni preferencelarini yaqindan bilib boring yoki ularni shunchaki sovg'a olgani birga olib boring.

@econview_1
👍6
Forwarded from Abdullatifxon Anvarxonov
"O'zbekistonlik tadqiqotchilarning chet elda nashr etayotgan maqolalarning 98 foizi obro'si yo'q jurnallarda chiqishi haqida" doʻstim hammuallifligidagi maqola. Chunki, bizda sifatga emas, songa ishlashadi.

Xullas, imkoningiz boʻlsa bizda tadqiqot qilmang, chet elda ilmiy ish qiling.

https://eurasianet.org/under-pressure-uzbek-researchers-flood-academia-with-nonsense
​​Yozni oqilona o'tkazing - "Mantiqiy Iqtisodiyoti" kitob tanlovida ishtirok eting va g'olib bo'ling! 😻

Aziz do'stlar,
Sizga 📚"Mantiqiy Iqtisodiy" kitobi asosida yozgi tanlov boshlanishini habar qilshdan juda xursandmiz!

Tanlov 2021 yil 7 avgustdan 7 sentyabrgacha onlayn tarzda o'tkaziladi.
Sizda 🥇$150 (birinchi mukofot), 🥈$100 (birinchi mukofot) va 🥉$50 (uchinchi mukofot) yutish uchun ajoyib imkoniyat bor.

Tanlovda qatnashish uchun Siz 📚"Mantiqiy Iqtisodiy" kitobi haqida o'z fikringizni bildirgan holda bir daqiqali qiziqarli videoni yozishingiz, ijodiy foto olishingiz yoki farzandlaringiz bilan chiroyli rasm chizishingiz muumkin.

Siz o'z ishingizni (ya'ni video yoki foto yoki rasm) Instagram sahifangizga yuklashingiz va 📖kitobning qaysi bobiga yoki kontseptsiyasiga ko'proq mos kelishini izohlarda berishingiz kerak. Shuningdek, izohlarda #EFIUzbekistanSummerCompetition2021 #CommonSenseSonomics #WIUT #EFIUzbekistan hashtaglarini qo'yishingiz va Instagramdagi rasmiy sahifamiz @EFIUzbekistanni belgilashingiz kerak.

Barcha g'oliblar sovrinlarni 🇺🇿o'zbek so'mda naqd pul ravishda olishadi va TXVUga mukofot marosimiga taklif qilinadi. Bundan tashqari, g'oliblar "Mantiqiy Iqtisodiy" kitobining nusxasini, g'oliblik sertifikatini va EFI Uzbekistan jamoasining faxriy mehmoni bo'lishadi.

📂Raqobatning boshqa muhim tafsilotlari haqida biriktirilgan faylda topishingiz mumkin.

😉Sizga katta omad tilaymiz va ijodiy ishlaringizni kutib qolamiz!
The Economist jurnali IMF ( Xalqaro valuta fondi ) ning 2000 - yildan 2014 - yilgacha bo'lgan iqtisodiy o'sish darajasi haqidagi bashoratlarini to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini tekshirib ko'rishibdi. O'rtacha xato ko'rsatkichi 2.8 %. Ya'ni, misol uchun ular 5 % o'sishni aytishgan, ammo o'sish 2.2 % yoki 7.8 % bo'lgan. Agar ular 2 % dan 10 % gacha bo'lgan raqamni tavakkal tanlashganida natija bundan biroz yomonroq, agarda o'zgarmas 4 % o'sishni bashorat qilishganlarida ham hozirgi ko'rsatkichlari bilan bir xil noaniqlikdagi natijani qayd etishardi.

@econview_1
Cho'pon qo'y boqadi, ularga qaraydi, semirtiradi. Ya'ni, qo'ylarni semirishidan cho'pon manfaatdor. Endi shu misolni boshqa rakursga qo'yib ko'ramiz. Hukumatni boylik orttirish manbasi xalq. Xalqni boyishidan hukumat ham manfaat ko'radi. Birinchi ssenariyda xalq keyinchalik qo'y kabi so'yilib ketadi. Ikkinchi ssenariyda esa davlatlatda inklyuziv institutlar shakllana boradi. Bunda, avval faqat och qolmaslikni o'ylagan odamlar endi dunyo haqida o'ylay boshlaydi, ta'lim oladi. Bir so'z bilan aytganda fikrlay boshlaydi. Bu esa o'z navbatida demokratlashuvga olib kelishi mumkin.

Endi shu yerda tabiiy boyliklari ko'p davlat haqida o'ylaylik. Bu holda hukumatni boylik orttirish manbasi o'sha boyliklar bo'ladi xalqdan ko'proq. Bunda avval ham yozganimdek inklyuziv institutlar shakllanmagan davlat uchun tabiiy boyliklar zarar bo'lishi mumkinligi haqidagi xulosani ham chiqarish mumkin.

@econview_1
Krugman talqinida iqtisod

Iqtisod nima? Hayotda odamlar bu savolga turlicha kavob beradi. Chunki odamlarda iqtisod haqida har xil qarashlar mavjud: kim uchundir iqtisod bankda o'tirib kreditlar bilan shug'ullanish, kim uchundir biznes qilish yana kim uchundir shunchaki keraksiz statistik raqamlar majmuyi. Dunyoning mashhur iqtisodchilaridan biri Pol Krugman o'zining maqolalaridan birida odamlarning iqtisod haqidagi fikrlariga ko'ra uni uch toifaga bo'ladi:

1. Up and down economics. Birinchi toifa iqtisod bu odamlar kunora OAV orqali eshitadigan davlatlarning asosan makroiqtisodiy ko'rsatkichlari o'zgarishi (bejizga nomi up and down emas) haqida so'zlovchi xabarlar jamlanmasi. Ya'ni odamlar iqtisod deganda ana shunday statistik raqamlarnigina tushunadi va afsuski bunday odamlar soni boshqa toifadagilarga qaraganda eng ko'pni tashkil qiladi.

2. Greek letter economics. Bu toifa haqiqiy iqtisod fanini nazarda tutadi. Bu toifa olimlarning iqtisodiy tadqiqotlari natijalarini va albatta faqat spetsifik doira vakillari tushuna oladigan matematik tenglama va modellarni (matematikadagi yunon harflari sabab greek letter) o'z ichiga olgan ilmiy ishlardan tashkil topadi. Odatda bu toifani faqat iqtisodiyot bilan ilm-fan sifatida shug'llanuvchi kishilar o'qib kuzatib boradi.

3. Airport economics. Aeroport iqtisodi deganda professor Krugman aeroportlarda sotiladigan iqtisodiyot haqida mashhur iqtisodchilar tomonidan omma uchun yozilgan kitoblarni nazarda tutadi. Bu kitoblar asosan iqtisod bilan ilmiy shug'ullanmaydigan lekin unga qiziqadigan insonlar uchun olimlarning ishlari yoki iqtisoddagi asosiy tushunchalar haqida so'zlaydigan yengil tilda yozilgan bo'ladi. Lekin qizig'i Pol Krugman bu kabi kitoblarda iqtisodchilarning mulohazalari greek letter economicsdagi kabi jiddiy emasligini ta'kidlaydi.

@econview_1
Tavsiya

Iqtisodga qiziqadiganlar (asosan talabalar) uchun ajoyib manbalar to'plami. American Economic Association tomonidan turli xil iqtisodchilar va iqtisodiy nazariyalar maktablarining bloglari, podkastlari va jurnallari jamlanmasi.
O'qing, tinglang va zavqlaning.

https://www.aeaweb.org/resources/students/other-resources
👍2
#yumortaym

Iqtisodchi - kecha taxmin qilganlarini bugun nimaga amalga oshmaganini ertaga biluvchi mutaxasisdir.

© Lourens Piter.

P/s: Iqtisodchilarga yuborishi tavsiya qilinadi :)

@econview_1
👍2
Yana tasavvur qiling, 600 kishini hayoti xavf ostida va sizda ikkita yo'l bor :
Anonymous Poll
31%
400 kishi o'ladi.
69%
Hammani saqlab qolishga urinish. Bunda hamma tirik qolish ehtimoli 1/3 va hamma o'lishi 2/3
Neyroiqtisod (Neuroeconomics) haqida nimadurlar o'qiyotganimda yuqoridagi so'rovnomaga duch keldim. Odatda birinchi pollda birinchi, ikkinchi pollda esa ikkinchi variant ko'proq tanlanar ekan. Bu yerdagi natijalar biroz boshqacha. Anglaganimgizdek, ular aslida bir xil, lekin odamlarni qaror qabul qilishiga o'z ta'sirini o'tkazadi. Ko'plab iqtisodchilar odamlarni ratsional ekanliklarini ta'kidlashadi. Ammo yuqoridagi kabi misollar ratsionallikda chegara borligini, odamlar doim ratsional emasliklariga ishora qiladi.

Neyroiqtisodiyot - bu neuroscience, psixoloiya, biaologiya va iqtisodiyotni o'z ichiga oladigan iqtisodiy fanlarning bir bo'lagi.


@econview_1
Sacrifice ratio haqida

Markaziy bank inflyatsiyon targetlash rejimida ishlayotgandidan xabaringiz bor. Bunda markaziy bank barcha richaglaridan inflyatsiyani jilovlashga va belgilangan targetga erishishga qaratadi.

Ammo, inflyatsiyani kamaytirishni ham o'z narxi bor. Inflyatsiyani bir foizga kamaytirish, ishlab chiqarishni ( output ) qanchadir foizga pasaytiradi. Bu fanda sacrifice ratio deb nomlanadi. Nazariyaga ko'ra, odatda bir foiz inflyatsiyani kamaytirishni narxi besh foiz ishlab chiqarishdagi yo'qotishga olib keladi. Lekin, doim ham bunday bo'lmaydi. Misol uchun, 1970-yillarda Paul Volker inflyatsiyaga qarshi kurashganda sacrifice ratio pastroq bo'lganligi aytiladi.

Bizda ham inflyatsiyani bir foizga pasaytirishni narxi qanchaga tushyotgani qiziq, albatta. Menimcha buni hisoblab ko'rishmagan, yana bilmadim.

@econview_1
Guruh muhokamasini qayta ochib qo'ydim.
Econview pinned «Tavsiya Iqtisodga qiziqadiganlar (asosan talabalar) uchun ajoyib manbalar to'plami. American Economic Association tomonidan turli xil iqtisodchilar va iqtisodiy nazariyalar maktablarining bloglari, podkastlari va jurnallari jamlanmasi. O'qing, tinglang va…»
Forwarded from IqtisodiyBlog
"Why Nations Fail? " kitobi endi o'zbek tilida☺️

Kitob 2012 - yilda chop etilgan bo'lib, rus tiliga 2018 - yilda tarjima qilingan.
( Почему одни страны богатие, а другие бедние? ) 2-3 oy oldin kitob magazinlarining biridi shu kitobga ko'zim tushib qolgandi.
Narxi ham unchalik qimmat emas ekan (1000rubl) sotib olgandim.
Asaxiy jamoasiga kitob tarjimasi uchun katta raxmat.
Mamlakatlar tanazzuli sabablarini bilish, qudrat, farovonlik va kambagallik manbalarini yaxshiroq tushunish uchun dunyo bestselleri qo'lingizda..

👉 Buyurtma berish

@Iqtisodiyblog
G'oyaviy qutblashish o'syotgan davrda yashayapmiz. AQShda 81 % biror partiya azosi bo'lganlar boshqa partiya haqida negativ fikrga ega. 61 % Demokratlar Respublikachilarni irqchi, ko'r-ko'rona ergashadiganlar deb bilsa, 54 % Respublikachilar Demokratlarni ichi qora odamlar deb bilishadi. Har uchtadan bitta Amerikalik yaqin qarindoshi boshqa partiya azosi bilan oila qursa hafa bo'ladi.

Bizdayam bunaqa qutblashish o'syotgani ko'pchilikni xavotirga solyapti. Bu muammo faqat bizda emas, butun dunyoda bor. Faqat turli shakl va o'lchamlarda.

@econview_1
"Iqtisodchilar va siyosiy faylasuflarning g'oyalari, ular to'g'ri bo'lganda ham, noto'g'ri bo'lganda ham, odatda tushunilganidan kuchliroqdir. Darhaqiqat, bundan boshqa dunyoni idora eta oladigan ko'p narsa yo'q. O'zlarini amaliyotchi va har qanday intellektual g'oyalar ta'sirlaridan butunlay ozod deb hisoblaydigan kishilar ba'zi bir yaroqsiz iqtisodchilarning qullaridir."

Jon Meynard Keyns
2025/10/09 07:53:48
Back to Top
HTML Embed Code: