Misr Suvaysh kanalidagi voqeadan keyin 1 mlrd $ kompensatsiya talab qilyotgan ekan. Suvaysh kanali mamuriyatining boshlig'i general-leytenant Osama Rabi kemani ogohlantirdi va agar zarar masalasi sudga o'tadigan bo'lsa, uning yuklari Misrdan chiqib ketishiga yo'l qo'yilmaydi.
TRT World
Egypt demands over $1B in damages after Suez Canal blockage
Egypt's Suez canal Authority warns the ship and its cargo will not be allowed leave if the issue of damages goes to court.
Qonunlar shaxslarga bo'ysunadigan va mustaqil sud mavjud bo'lmagan davlatni buyuk kelajak kutmasligi haqida.
Telegraph
Мамлакатлар иқтисодиёти, ривожи ҳақида.
XVI асрда, Испания Европадаги энг қудратли давлатга айланиб, улкан империяга эгалик қиларди. У Европанинг бир қисмини, Шимолий ва Жанубий Америкадаги катта ҳудудларни, Филиппин ороллари ҳамда Африка билан Осиё қирғоқлари бўйлаб чўзилган ерларни бошқарган.…
Shu kunlarda Larisa Burakovaning "Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi ?" kitobini o'qiyapman. SSSR parchalangandan keyin og'ir ahvolda qolgan mamlakat tiklanishi oson bo'lmagani aniq. Bugungi kunda aksariyat sobiq sovet mamlakatlariga o'rnak bo'la oladigan Gruziya Jahon banki tomonidan 2017 - yilda dunyoning birinchi raqamli reformatori deb e'tirof etilgani bejizga bo'lmagan. Hukumat o'z kursisiga yaxshi va qulayroq o'tirib olishni emas, balki liberal iqtisodiy islohotlar amalga oshirgan va mamlakat qanchalik kichik bo'lsa, shunchalik ochiq iqtisodiy siyosat olib borilishi kerakligini ongli ravishda anglagan. Bundan tashqari shuni angladimki, prezident atrofiga qanday odamlarini to'plashi va ular doim xalq oldida javobgarlikni xis qilib turishi ham asosiy faktorlardan biri bo'lib xizmat qilar ekan.
Xususiylashtirish jaroyoni, iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulk daxlsizligini muhimligi, umuman ko'p narsalarni o'rgansak bo'lar ekan ulardan.
Xususiylashtirish jaroyoni, iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulk daxlsizligini muhimligi, umuman ko'p narsalarni o'rgansak bo'lar ekan ulardan.
Bugun tunda Xolid Husayniyning Shamol ortidan yugurib asarini o'qib chiqdim. Kitobni o'qish davomida tomog'imga bir nima tiqilib turdi va oxiri beixtiyor yig'ladim. Insoniyat bir vaqtning o'zida qanchalar razil va qanchalar buyuk. Kimlarnidir komplekslarini qondiradigan, maqsadlariga eltadigan urushlar qanchadan-qancha oilani yostig'ini quritgan, quritib kelyapti. Har bir jon beryotgan inson, xo'rlanyotgan begunoh bolani o'z yaqinlarimiz o'rniga qo'yib, o'ylab ko'rishimiz kerak. Har bir tirik jon hayoti muhim, u xoh musulmon bo'lsin, xoh u yahudiy bo'lsin.Tinchlik rostdan ham buyuk ne'mat, kitobdan olgan xissiyotlarim ancha vaqtgacha meni tark etmaydi. Kitobni o'qishni esa qattiq tavsiya qilaman, kitobda afg'on hayoti va urushda g'oliblar bo'lmasligiga yana bir bor amin bo'lasiz.
Telegram
Kutubxona
Jahon adabiyoti durdonalari
✍🏻Xolid Husayniy
📙Shamol ortidan yugurib
#tavsiya
@KutubxonaaN1
✍🏻Xolid Husayniy
📙Shamol ortidan yugurib
#tavsiya
@KutubxonaaN1
👍1
Xavfsizlik kamarlari yo'l-transport hodisalari sonini oshirgani haqida
Siyosiy qaror qabul qiluvchilar hech qachon rag'batlar va muqobil qiymat haqida o'ylashni unutmasliklari zarur. Bular haqida oylash qabul qilingan qaror bilan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan natijalarni tushunishga yordam beradi. Misol uchun, mashinalar xavfsizlik kamari bilan ishlab chiqarilishi va ular taqilishi qonun bilan belgilab qoyilgan va natijada haydovchilar mashinada xavfsizroq bolishadi.
Mana shu yerda lekini boshlanadi, avvallari, kamarlar bo'lmagan vaqtda haydovchilar mashinalarini sekiroq haydaganlar, chunki yo'lda baxtsizlik yuz bergan holda ular halok bo'lish ehtimoli yuqori bo'lgan. Keyin, xavfsizlik kamarlari yo'l-transport hodisalari narxini kamaytirdi va odamlar tezroq haydashni boshladilar vanatijada yoldagi baxsiz hodisalar soni ortdi. Ko'rib turganingizek, oxirgi natija umuman kutilmagan bo`lib chiqdi.
@econview_1

Internet tezligi qay darajada muhim ?
Jahon bankining ta'kidlashicha yuqori darajali internet tezligining 10% ga oshishi 1.3 % iqtisodiy o'sishga olib kelar ekan.
Bunda internet bilan bog'liq yangi sohalar paydo bo'lishi, iste'molchilarning xarajatlari qisqarishi, jarayonlar tezlashishi kabi faktorlar muhim ro'l o'ynaydi.

Ayol doktordan yarim yil umri qolganini eshitdi. Doktor esa unga iqtisodchiga turmushga chiqishni va Janubiy Dakotaga ko'chib ketishini maslahat berdi.
Ayol: Bu meni kasalimni tuzatadimi ?
Doktor: Yo'q, lekin bu yarim yil juda uzoq tuyiladi.
© Good Economics for Hard times
@econview_1
Ayol: Bu meni kasalimni tuzatadimi ?
Doktor: Yo'q, lekin bu yarim yil juda uzoq tuyiladi.
© Good Economics for Hard times
@econview_1
Odatda hukumat tamaki mahsulotlarini iste'moliga qarshi kurashadi. Bu yo'lda asosan ikki usuldan foydalaniladi. Bular: 1) sigareta qutilariga ogohlantiruvchi jumlalar yozish, ularni reklamasini taqiqlash orqali unga bo'lgan talabni kamaytirish. 2) sigaretalar narxini oshirishga urinish.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, tamaki mahsulotlari narxining 10% ga oshishi, ularga bo'lgan talabni 4 % ga kamaytirar ekan. E'tiborli jihati shundaki, narxning 10 % ga oshishi o'smirlar orasidagi sigareta chekishni 12 % ga qisqartirar ekan.
Sigaretalarga soliqlarni oshirishga qarshi bo'lganlar ularning narxi oshib ketishi marixuanna va shu kabi alternativlarning iste'moli oshib ketishini iddao qilishadi. Ammo, ko'plab tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, yoshlar uchun sigareta chekish marixuanna va shu kabilarga boshlang'ich, ya'ni kirish yo'li hisoblanadi. Past sigareta narxlari katta miqdordagi marixuanna iste'moli bilan asossatsiyada bo'ladi.

Iqtisodchilarning jamiyatda asosiy ikki ro'li bor. Iqtisodchi olim sifatida nazariyalarni o'rganish va ularni rivojlantirish, o'sha nazariyalarni dunyoga tushuntirish. Siyosiy maslahatchi sifatida esa mavjud nazariyalarni dunyoni yanada yaxshiroq bo'lishi uchun amaliyotga tadbiq qilish.
@econview_1
@econview_1
"The inherent vice of capitalism is the unequal sharing of blessings. The inherent virtue of socialism is the equal sharing of miseries." Winston Churchill
"Kapitalizmning asosiy kamchiligi bu - yaxshiliklarning noteng taqsimlanishi. Sotsializmning asosiy xislati bu - kambag'allikning teng taqsimlanishi."
Uinston Cherchil
@econview_1
"Kapitalizmning asosiy kamchiligi bu - yaxshiliklarning noteng taqsimlanishi. Sotsializmning asosiy xislati bu - kambag'allikning teng taqsimlanishi."
Uinston Cherchil
@econview_1
Dunyo miqyosidagi raqamlarning guvohlik berishicha, suv narxining 10% ga oshishi, uning iste'molini qariyb 12 % ga kamaytirar ekan. Agar narxlar qishloq xo'jaligi uchun 10 % ga oshsa, iste'mol 20 % gacha kamayar ekan. Mintaqada suv muammosi katta sahnaga chiqyotgan bir vaqtda uning narxini oshirish yechimlardan biri. Zero, insonlarning qarorlarini rag'batlar shakllantiradi. Suv narxining oshishi optimalroq iste'molga turtki bo'lib xizmat qiladi.
@econview_1
@econview_1
👍1
Yaqinda Freakonomics podkastining yangi formati "Freakonomics of Medicine" boshlandi. Unda ham iqtisodchi ham doktor Bapu Jena yangi podkast boshlovchisi sifatida qiziq eksperiment haqida gapirib o'tdi. Bapu o'z tadqiqotlarida qanchalik tez tibbiy yordam ko'rsatishning bemor vafot etishiga bog'liqligini o'rgangan. Buni aniqlash uchun u ko'chalarda marafon o'tkazilgan kunlarda tez yordam mashinalarining kechikishini va o'sha kundagi yurak hurujidan vafot etgan insonlar sonini kuzatgan. Natijalar qiziq! Unga ko'ra marafon bo'lgan kuni yurak hurujiga uchragan insonlarning kasalxonaga yetib kelishi marafon bo'lmagan kunga nisbatan o'rtacha 4.5 daqiqa ko'proq vaqt olgan va natijada insonlarning o'lish darajasi 13 foizga yuqoriligi aniqlangan. Bapuning ta'kidlashicha bemorlarni davolashda vaqt juda muhim masala. Bu bizdagi yo'llarda ham mashinalar tirbandligini oldini olishga qaratilgan ishlarning foyda keltirishiga yana bir dalil bo'la oladi.
Podkastga link
Podkastga link
Google Podcasts
Freakonomics Radio - 465. Introducing a New “Freakonomics of Medicine” Podcast
Bapu Jena was already a double threat: a doctor who’s also an economist. Now he’s a podcast host too. In this sneak preview of the Freakonomics Radio Network’s newest show, Bapu discovers that marathons can be deadly — but not for the reasons you may think.
Ichki bozorni himoya qilishni maqsad qilgan milliy protektionistlarimiz hali yosh bo'lgan sohalar yashab ketishi uchun ularni ma'lum bir muddat himoya qilish kerakligini iddao qilishadi. Bu yerda ishlab chiqaruvchilarning topganlari va iste'molchilarning yo'qotishlari taqqoslanishi zarur va qiyin. Agarda himoya qilinayotgan sohada siyosiy qudrat majvud bo'lsa, jarayon yanada murakkablashadi. Men ularni bir marta chekib ko'rsam hech narsa qilmaydi deb, keyin marixuannaga o'rganib qolgan odamga qiyoslagan bo'lardim. Chunki himoya qilinayotgan soha vakillariga rivojlanishga intilishdan ko'ra yana himoyaga erishish osonroq va qulayroq ko'rinadi. Bizga buni tushunish GM Uzbekistan sharofati bilan qiyin emas. Iqtisodiy tarix shuni ko'rsatadiki, sanoat rivojlanishishi uchun protektionizm muhim emas.
@econview_1
@econview_1
Yo'qotilgan Xorazmiylar haqida.
Taraqqiyotga nimalar turtki bo'lishi doim qiziq va buning eng yaxshi yo'llaridan biri kashfiyotchilar taklifini oshirishdir.
AQShda ixtirochilarning tarixlari ( background ) lari o'rganilgan va ularning, ota-onalarining moliyaviy holati kashfiyotchi bo'lishlariga ta'siri o'rganilgan. Natijalarga ko'ra, agar siz daromad jihatidan top 1 % da tug'ilganingizda, sizda quyi 50 % da tug'ilganlardan ko'ra 10 marta ko'proq kashfiyotchi bo'lish imkoniyati bo'lardi. Maktabda ham boyroq oilalar farzandlari kambag'alroq insonlarni farzandlaridan yaxshiroq o'qishi kuzatilgan.
Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo'lsak, O'zbekiston kabi kambag'al va ta'lim abgor davlatda qancha potensial Xorazmiylar dalada qo'y boqib yurganini tasavvur qilish qiyin emas.Iqtisodiy taraqqiyotsiz yetarlicha taklif bo'lmagan sharoitda, ta'lim ham rivojlanmaydi, Xorazmiylar ham yetishib chiqishi amri mahol.

👍3
Jamiyat reklamalarga pul sarflab resurslarni isrof qilyaptimi ?
Reklama tanqidchilarning argumentlariga ko'ra, reklamalar informativ emas, balki psixologikdir. Ular iste'molchilarga shu yo'l bilan adolatsiz ta'sir etishga urinishadi. Bundan tashqari reklamalar raqobatga xalaqit beradi. Ishlab chiqaruvchilarda mahsulot sifatini oshirishdan ko'ra reklamaga e'tibor berishda ko'proq rag'bat borligi aytiladi.
Reklamalarni yoqlaydiganlarning ta'kidlashicha, reklamalar iste'molchilarga ma'lumot ulashadi, chegirmalar haqida xabar beradi va iste'molchilarga yaxshiroq tanlov qilishga yordam berishadi. E'tiborlisi reklamalar yangi ishlab chiqaruvchilarga bozorga kirishni yengillashtiradi va bozorni yanayam kengroq raqobat maydoniga aylantiradi.
Bir misolni ko'rib chiqamiz. AQShning Florida shatatida ko'zoynaklar reklamasi taqiqlangan. Chunki ular ijtimoiy salomatlik va xavsizlik uchun muhim. Bunday taqiq bor shtatlardagi ko'zoynaklarning o'rtacha narxi $33 va aksincha taqiqlanmaganlarida $26 qayd etilgan. Natijaga ko'ra reklamalar o'rtacha narxni 20 % ga tushirganini ko'rish mumkin. Xulosa o'zingizdan.

Sportni moliyalashtirish haqida
Sportni moliyalashtirish haqida ko'p bahslar bo'lib turadi. Shu haqda fikrlarimni bildirmoqchiman. Sportga berilayotgan pullarni o'ylayotganimizda biz shunchaki pulni miqdori haqida emas, balki uning muqobil qiymatlarini ham unitmasligimiz kerak. Misol uchun men o'qigan maktabda sport zal yo'q, lekin bunga ajratilishi kerak bo'lgan pul nechtadir sportchini uyida mashina holida chang bosib yotgan bo'lishi mumkin. Aytmoqchimanki, professional sportga ketyotgan pul osmondan tushmayapti, u sizni va bizni davlatga ta'lim, mudofa kabi muhim vazifalarni bajarishi
uchun to'lagan soliqlarimiz yig'indisi. Sportga pul berib, biz mudofaga, hayot-mamot masalasi bo'lmish ta'limga kamroq pul ajratyapmiz.

Qanday qilib boy mamlakatlar yuqori hayot standartlariga erishadilar ? Kambag'al davlatlar iqtisodiy taraqqiyotga erishish uchun va rivojlangan davlatlar qatoriga qo'yishilish uchun nimalar qilishi kerak ? Iqtisodchi Robert Lukas ta'kidlaganidek, insoniyat farovonligi shu savollar ostida yotadi va bu haqda bir marta o'ylagan odam uchun boshqa narsa haqida o'ylash qiyin bo'lib qoladi.
@econview_1
@econview_1
🔥1