Tez-tez yangiliklarda qayerdadir talon-taroj bo'lingani, hokimlarni qilgan muttahamliklari haqida xabarlar qulog'imizga chalinib turadi. Bu yerda muammolarning asl ildizi hokimlarda emas. O'sha hokimlarni o'rniga Stanfordni tugatgan vunderkindni qo'yishsa ham muammolar o'z-o'zidan yo'q bo'lib qolmaydi. Bunda, muammolarning asl sababchisi hokimlarga muttahamliklar qilishlariga yo'l qo'yib bergan institutlarda.
UzAutomotors tashqarida yurganlarni ta'minlash maqsadida ishchilarini ko'paytirib, maoshlarni kamaytirganligi haqida o'qib qoldim. Aslida, iqtisodiy jihatda no'tog'ri qaror qabul qilingan. To'g'ri, davlat ish o'rinlari haqida qayg'urishi tabiiy holat, lekin ular bunda biznesga samaradorlik nuqtayi nazaridan yondashmaydi. Natijada, samarasiz davlat korxonalari paydo bo'ladi va ular ish o'rinlari yaratib qo'yganliklari bilan maqtanib, umrini uzaytirishda davom etadi. Anglaganingizdek, iqtisodiyot, xalq jabr ko'rishda davom etaveradi. Yana bir gap, no'tog'ri siyosatdan jabr ko'rganlar qancha ko'p bo'lsa, ularning ta'sir doirasi shuncha kam bo'ladi.
Kursdoshlar bilan bazida jamiyat, iqtisodiyot va siyosat haqida suhbat qilib turamiz. Tanqidiy fikrlar aytiladi, demokratiya bo'lishi kerak deyiladi. Eng oxirida esa, oramizdan bittasi prezident bo'ladi va davlatdagi yuqori lavozimlarni bo'lib olamiz. Aytmoqchimanki, mansab pillapoyasidan ko'tarilayotgan odamda qancha ko'p imkoniyat bo'lsa, shuncha mansabdan o'z imkoniyati yo'lida foydalanadi. Hattoki, Ruzvel ham o'z imkoniyatlarini kengaytirmoqchi bo'lgan, lekin shakllangan institutlar bunga yo'l bermagan. Ya'ni, shaxslarga bog'liqligi katta bo'lgan tizim samarali ishlamaydi, eng kamida universal bo'lmaydi va yakunda choyxonada o'tirib, bo'lib olingan davlat oligarxlar tomonidan idora qilinadi.
Navoiydagi Muruntov koni dunyodagi eng katta oltin koni deb aytilyotganini o'qigan bo'lsangiz kerak. Ko'pchilik shunday konimiz bo'la turib kambag'al davlatmiz, sotilgan oltinlar puli qayerga ishlatiladi deb o'ylagan bo'lishi aniq.
Davlatda tabiiy zahiralarning ko'p bo'lishi doim ham xalq uchun foydali emas. Yetarlicha inklyuziv tizim shakllanmagan davlatlarda zahiralardan keladigan mablag'lar hukumat va xalq orasidagi masofani oshirishi, institutlarni yanada ekstraktivlashishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari iqtisodiyotda davlat aralashuvi katta bo'lgan sharoitda bu resurslar samarasiz loyihalarga sarflanishi ehtimoli katta.

Kitco
The world's top 10 biggest gold mines in 2020 - report
A roundup of all the mining news in the precious metals sector with a variety of company news, mining sector analysis, newsletter writer insights and executive interviews.
Statistika qo'mitasi obodonlashtirish ishlarida qatnashyotgan ekan. Bu xabarni eshitib, iqtisodiyot onasinikiga yig'lab ketib qolardi, lekin bizda odatiy hol bu. Hamma narsani muqobil qiymati mavjud, jumladan o'sha hodimlar ko'cha tozlashga sarflagan vaqtini ham. Ular o'z ishlarida ko'proq qiymat yaratishlari mumkin bo'lgan vaqtda boshqa ishlar bilan shug'ullanyapti.
stat.uz
Yangihayot tumanidagi mahallalarda ishchi guruh vakillari tashabbusi bilan hasharlar tashkil etilmoqda
custom description for seo
Iqtisodiy rivojlanish haqida o`ylashni boshlagan odam boshqa narsa haqida o`ylolmay qoladi degandi bilguvchilar. Rostdan ham bu haqda o`ylash, fikr almashish juda qiziq va o`ylaymanki muhim. Keling, nima uchun bazi mamlakatlar rivojlanmay qolgani va global tengsizlik haqidagi qarashlarni ko`rib chiqamiz.
Keng tarqalgan nazariyalardan biri geografik omil nazariyasi hisoblanadi. Afrika, Janubiy Osiyodagi qashshoq mamlakatlar tropik mintaqada joylashgan va aksincha badavlat davlatlar mo`tadil o`lkalarda joylashgan bo`ladi degan qarashni birinchilardan bo`lib Monteske ilgari surgan. Bir qarashda tushunarli, ammo bu nazariya global tengsizlikni to`liq tushuntira olmaydi.
Ikkinchi ko`p quloqqa chalinadigan qarash madaniy omil nazariyasi hisoblanadi. Ya`ni, ularning dini, madaniayati, qarashlari rivojlanishga to`siq bo`ladi. Xitoy madaniyati iqtisodiy tarqqiyot uchun tushov bo`ladi deb ishonilgan va bu ishonch o`zini oqlamaganligi bu qarashda ham kemtiklar borligini anglatadi.
Keying qarash bilimsizlik nazariyasidir. Kambag`al davlatlarda ular bu holatda ekanligini sababi ulardagi rahbarlarning bilimsizligi sababchi degan fikrni ilgari suruvchi bu qarashda ham jon bordek tuyiladi. Lekin, doim ham unday emas, amalda atayin shunday noto`gri siyosat ham yuritiladi va bu sabab emas, balki oqibatdir.
Nisbatan ishonchli bo`lgan keying nazariya mamlaktdagi institutlar bilan bog`liq. Why nation fail kitobida ilgari surilgan bu nazariyaga ko`ra davlatdagi shakllangan siyosiy va iqtisodiy institutlar o`sha yerdagi hayotni qanday kechishini belgilab beradi. Bu haqda ko`proq o`rganish uchun bu kitobni tavsiya qilaman.
Umuman olganda bu nazariyalarni bittasini mutlaqo to`g`ri deyish xato. Ular bir-birini to`ldiruvchi qarashlardir. Xulosa qilganda: qonun ustuvorligi, mustaqil sud, oqilona boshqaruv, monetar va fiskal siyosatning to`g`ri yuritilishi, erkin savdo kabi omillar davlat rivojida juda katta o`rin tutadi.

👍2
1840-yillarda Frantsuz siyosatchisi Bordoda yangi ish o'rinlarini yaratish
maqsadida Parij-Ispaniya temir yo'lining Bordodagi qismini portlatishni qo'llab-
quvvatlovchi taklif bilan chiqdi. Yuklar bir poezddan boshqasiga ko'chirilishi,
yo'lovchilarga esa mehmonxonalar kerak bo'lishi yangi ish o'rinlarini yaratishi mumkin
edi. Agar mana shu ish qilinmay, shu yerda ishlashi mumkin bo'lganlarga ishlatmasdan maosh to'lansa iqtisodiyot kamroq zarar ko'radi. Importni cheklashni sabablaridan biri ham ish o'rinlarini yaratish yoki himoya qilish. Har ikki holatda ham bir xil vaj va iste'molchilar ya'ni xalq ishlab chiqaruvchilar yoki ish bilan ta'minlanganlar topadiganidan ko'proq yo'qotadi. @econview_1

Har kimda bolalik turlicha o'tgan. Lekin, aksariyatimizni bog'lab turuvchi rishtalar bor. Bolalikda bizga Hoshimjon bilan sayr qilish imkonini bergan, olam-olam xissiyotlarni tuyishimizga yordam bergan inson Xudoyberdi To'xtaboyev olamdan o'tibdi. Bu inson xotiramizda abadiy qoladi, kitoblarini o'qiyotganimizda doim biz bilan bo'ladi. Joylari jannatdan bo'lsin.
Youtubeda Daron Ajemog'lining bitta intervyusiga ko'zim tushib qoldi. Bu videoni 906 kishi ko'rgani yaxshi emas albatta. Xullas, ko'rib chiqing.
YouTube
Daron Acemoglu – Inclusive institutions, democracy and the key drivers of economic growth
Video interview series presented by Rajk College for Advanced Studies for its 50th birthday. The series covers interviews made by selected awardees of the John von Neumann and Herbert Simon Awards established by Rajk College, Budapest, Hungary. This interview…
Bir akamiz bitta voqeani aytib qoldilar. Angliyada bitta tashkilotda bo'lganlar va keyin chiqib ketib kuzatishda qorovul tashkilot direktoriga o'tishga ruxsat bermagan va buni ro'yxatda yo'qligi bilan izohlagan. Qorovul direktordan qo'rqmayapti, ya'ni u qonun ishlashiga, adolat borligiga ishonyapti va shunday qilyapti. Aslida, jamiyatdagi aksariyat muammolarimizning negizi qonun ustuvorligi yo'qligi, mustaqil sud mavjud bo'lmaganligiga borib taqaladi.