#quotes
The curious task of economics is to demonstrate to men how little they really know about what they imagine they can design.
― Friedrich August von Hayek
The first lesson of economics is scarcity: there is never enough of anything to fully satisfy all those who want it. The first lesson of politics is to disregard the first lesson of economics.
― Thomas Sowell
Economics is uncertain because its fundamental subject matter is not money but human action. That's why economics is not the dismal science, it's no science at all.
― Julian Baggini
The curious mind embraces science; the gifted and sensitive, the arts; the practical, business; the leftover becomes an economist.
― Nassim Nicholas Taleb
👉👉 @econview_1 👈👈

👍6
Iqlim uchun bozor
Iqlim o'zgarishi va unga bog'liq voqeliklar haqida bu va bu joylarda fikr yuritganmiz. Quyida esa yana qisqacha.
Stanford universiteti iqtisodchisi Syuzan Etiy (bu yilgi nobelchi Imbensning turmush o'rtog'i) bu borada ushbu maqolasida fikr yuritadi. Unda yozilishicha atmosferani tozalashning yangi samarali yo'li bo'lishi mumkin. Bilamizki iqlim bilan bog'liq masalalar public good bo'lganligi uchun ularga yechim topish oson emas. Biz nafaqat iqlim o'zgarishini to'xtatishimiz balki allaqachon yetkazilgan zarar ya'ni atmosferadagi gaz miqdorini kamaytirshimiz ham kerak. Buni qilishning bir yo'li daraxt ekish unchalik ham samarali va o'lchash qiyin bo'lgan ish. Yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish esa qimmat, chunki u uchun bozor kichik (economies of scale - ishlab chiqarish hajmi oshib ma'lum bir darajaga yetganda o'rtacha xarajat eng minimalga yetadi; kichik hajm > qimmat narx > kam talab > kichik hajm... tuxum-tovuq muammosi😃).
Shunday holatda professor Etiy moliyada keng qo'llaniladigan advance market commitment usulidan foydalanishni taklif qilmoqda. Ya'ni bu yangi texnologiyalar uchun agar ular kam xarajat evaziga ishlab chiqarilsa bozor bo'lishini ta'minlashdir. Bunda turli xil davlat va tashkilotlar avvaldan yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish uchun jamg'arma hosil qilishadi va ular ishlab chiqarilganda uni katta hajmda sotib olish majburiyatini o'zlariga olishadi. Bu esa o'z navbatida olimlar va ixtirochilarni arzonroq usullarni o'ylab topish uchun rag'batlantiradi. Bunday usul COVID-19ga qarshi vaksina ishlab chiqarishda COVAX dasturi orqali ancha ish berdi. Iqlim muammolari uchun ham bunday usul yaxshi yechimga aylanishi mumkin.

Telegram
Econview
Iqlim o'zgarishi va u keltirib chiqarayotgan muammolar haqida.
Iqlim o'zgarishi allaqachon bugunning eng katta muammolaridan biriga aylanib ulgurdi. 2017-yilda zaharli gazlar tufayli 5 million odam hayotdan ko'z yumgan bo'lsa, 2018-yilda tabiiy ofatlar 62…

👍4
Voice chat mehmonlari:
Valijon aka
Mirkomil aka
Ozodbek aka
Mavzu bo'yicha suhbat qilamiz, keyin esa iqtisodga oid fikrlar va savollarni tinglaymiz.
Valijon aka
Mirkomil aka
Ozodbek aka
Mavzu bo'yicha suhbat qilamiz, keyin esa iqtisodga oid fikrlar va savollarni tinglaymiz.
Telegram
Econview
Xullas
Rost biz hayotni sevamiz, lekin hayotga emas, sevgiga odatlanib qolganimiz uchun uni sevamiz
© Fridrix Nitshe
© Fridrix Nitshe
👍9
Nima uchun?
Nima uchun kambag'al davlatlarda tug'ilish darajasi yuqori va yuqori daromadli davlatlarda past ekanligi haqida o'ylab ko'rgan bo'lsangiz kerak. Quyida nima uchun bunday ekanligi haqida fikr yuritib ko'ramiz.
Aksariyat yuqori daromadli davlatlarda potensial ota-onalar farzandga xarajat sifatida qarashsa, kambag'al davlatlarda investitsiya sifatida qarashadi.
Hayot sifati yaxshilangan sari har bir tug'ilgan bolani yashab qolish ehtimoli oshadi, aksincha, hayot sifati yomon holatda tug'ilajak bolani yashab qolish pasayadi. Natijada, hayot sifati yaxshi bo'lgan boy mamlakatlarda odamlar kamroq, hayot sifati yaxshi bo'lmagan kambag'al mamlakatlarda odamlar ko'proq farzand ko'rishga moyil bo'lishadi.
Yuqori daromadli davlatlarda maoshlar baland o'z-o'zidan, bu esa uyda bola qarab o'tirishning muqobil qiymati (opportunity cost) ham baland ekanligini anglatadi. Misol uchun, siz mehnat bozorida oyiga 10 ming dollarga baholanadigan kadrsiz va sizni uyda bola qarab o'tirishingiz narxi oyiga 10 ming dollarga teng bo'ladi. Natijada, birinchi dunyo mamlakatlarida (asosan yuqori daromad ko'ruvchilar uchun) farzand tarbiyalashning muqobil qiymati yuqoriligi tufayli ular kamroq farzand ko'radilar.
Yuqorida keltirilganlar mutlaq haqiqat bo'la olmaydi va faqat bular holatni tushuntirib bera olmasligi mumkin. Siz ham o'z qarashlaringizni kommentlarda qoldirishingiz mumkin.

👍18
Ortiqcha davlat xarajatlarining narxi haqida
Iqtisodda "Deadweight loss" atamasi mavjud. Bu atama talab va taklif muvozanatga erisha olmagan, bozor to'la samarador bo'la olmagan holatni ifodalaydi.
Bu holat soliqlar, narxlarni nazorat qilish, eng kam ish haqi to'g'risidagi qonunlar va hokozolar tufayli yuzaga keladi. E'tibor qilgan bo'lsangiz, berilgan barcha misollar hukumatning iqtisodga aralashish vositalari hisoblanadi. Misol uchun, hukumat telefon ishlab chiqaruvchilariga soliqni oshirdi. Natijada ishlab chiqarish xarajatlarida o'sish kuzatiladi va bu mahsulot narxini oshiradi. Mahsulot elastikligiga qarab soliq yuki ishlab chiqaruvchilar va iste'olchilar yelkasiga tushadi va o'z-o'zidan talab va taklifdan pasayish kuzatiladi. Yanayam sodda aytganda odamlar kambag'alroq bo'ladi.
Hukumat xarajatlari xalqdan to'plangan soliqlardan keladi. Bu soliqlar esa xususiy sektor qo'lida bo'lganida samaraliroq sarflanishi mumkin bo'lgan mablag'lar jamlanmasidir (davlatl xavfsizligi, fundamental fan rivoji kabi ijtimoiy tovarlarga qilingan xarajatlar bundan mustasno). Aytmoqchimanki, davlat o'z xarajatlarini qancha oshirib, vazirliklar ochgani sari bozorga (o'z fuqarolariga) shuncha ko'p zarar yetkazaveradi. Chunki davlat sarflagan soliqdan kelgan pul xususiy sektorda ko'proq foydali bo'lar edi (opportunity cost)
Butun postga xulosa sifatida shuni ayta olamanki: Kambag'allikni qisqartirish vazirligi aslida odamlarni yanada kambag'al qilishi mumkin.

👍12
Rossiyani kutib turgan sanksiyalar
Rossiya va Ukraina o'rtasidagi vaziyat tobora keskinlashmoqda va urush ehtimoli kamaymayapti. Agar bu yuz bersa, Putin Rossiyasini juda katta sanksiyalar to'plami kutib turibdi. Quyida joriy qilinishi mumkin bo'lgan sanksiyalardan bazilarini ko'rib chiqamiz.
1) SWIFT dan Rossiyani uzib qo'yish.
SWIFT - bu global moliyaviy tarmoq va u minglab moliyaviy institutlar tomonidan 200 dan ortiq mamlakatda foydalaniladi. Agar bu cheklov joriy qilinsa, Rossiya banklariga dengiz orti mamlakatlari bilan biznes qilish qiyin bo'lib qoladi. Ammo, bu ko'plab mamlakatlar, jumladan AQSH va Germaniya kabi banklari Rus moliyaviy institutlariga bog'liq bo'lgan davlatlar uchun ham tekin bo'lmaydi.
2) Dollardan foydalanishni taqiqlash. AQSH Rossiya uchun dollarda moliyaviy tranzaksiyalarni amalga oshirishga taqiq qo'ya oladi. Bunda, Rossiya jahon bozorida eksport va import amaliyotlarini bajarish jarayonida juda katta qiyinchilikka duch keladi. Bu taqiq iqtisodi xomashyolarga bog'lanib qolgan Rossiyaga juda katta zarar yetkazishi mumkin.
3) Tashqi qarzlarga taqiq qo'yish.
G'arb mamlakatlari xalqaro pul bozorini Rossiya uchun bloklab qo'ya olishadi. Shusiz ham Ruslar chiqargan bondlarni sotib olishga cheklovlar qo'yilgan. Bugungi zamon iqtisodi tashqi qarzlar, investitsiyalarga juda bog'liqligini inobatga olsak, bu sanksiya turi ham Ruslarni kambag'allashtiradi.
4) Targetli eksport cheklovlari.
G'arb mamlakatlari Rossiya iqtisodi uchun muhim tovarlar eksportiga ham cheklovlar joriy qilishi mumkin. Bular AQSH texnologiyalari, dasturiy ta'minot va boshqalar bo'lishi mumkin.
Bulardan tashqari Rus siyosatchilariga individual cheklovlar joriy qilinishi, dunyo mamlakatlari va kompaniyalari uchun Rossiyaning ulkan kompaniyalari Gazprom, Rosneflar bilan biznes qilishga taqiqlar qo'yilishi mumkin. Ammo, yakunda eng ko'p jabr ko'radigan rus xalqi bo'ladi.
Shuni yodda tutish kerakki, bunday sanksiyalar g'arb uchun ham ko'plab qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Ammo, Putin Rossiyasini tiyib turish uchun nimadir qilinishi kerak. Xattoki, buning narxi qimmat bo'lsa ham.

Hamma urush haqidagi xabarlardan charchagandir, bizda urushdan boshqa muammolar ham borligini eslatib qo'yishim kerak.
Iqlim o'zgarishi bugunning eng dolzarb muammolaridan biri va uning narxi mamlakatlar, har bir individual uchun juda qimmat bo'lishi mumkin. ClimateScience kommunityga ko'ra iqlim o'zgarishi olib keladigan muammolarning 75-80 % narxi kambag'al davlatlar chekiga tushadi. Birinchi va uchunchi dunyo mamlakatlarida o'rtasidagi tengsizlikka salbiy ta'sir qiladi. Emissiyalarning katta qismi esa eng boy 10 % odamlarga to'g'ri keladi (rasmga qarang). Iqlim o'zgarishi olib keladigan muammolarga esa boy mamlakatlar kambag'al davlatlarga qaraganda ko'proq tayyor ekanligini ham ta'kidlash joiz.
Bu kabi holatlar iqtisodchilarning ko'p o'ylantiradigan kambag'allik, resurslar taqchilligi, migratsiya kabi muammolarga salbiy ta'sir qilish ehtimoli katta.
https://www.tgoop.com/econview_1

Nima bo'lardi (bo'ladi)?
Kornell Universitetida yadro urushining oqibatlari haqida tadqiqot o'tkazishibdi. Unga ko'ra, Rossiya yoki AQSh yadro arsenalining atigi 2 foizining ishlatilishi global ocharchilikka, 5 foizining ishlatilishi esa insoniyatning butunlay yo'q bo'lib ketishiga olib kelishi mumkin ekan.
Batafsilroq
👉@econview_1👈

👍11
O'zingdan chiqqan "baloga" -qayga borasan davoga?)
Mashhur rus iqtisodchilari Sergey Guriev va Oleg Itsxokilarga ko'ra, rus neft va gazini sotib olishni to'xtatish Putinning Ukrainadagi urishini to'xtatishning eng tez va samarali usuli. Ikki iqtisodchiga ko'ra, rus neft va gaziga embargo qo'yish tekin emas, lekin ko'pchilik o'ylagani kabi og'ir oqibatlarga olib kelmaydi.
Germaniyaning yetakchi iqtisodchilari hisoblashlaricha, embargo narxi YIM ning 0.5-3 % oralig'ida yoki taxminan aholi jon boshiga 120-1200 yevro atrofida bo'ladi va bu o'rtacha iqtisodiy inqirozga teng, hamda COVID-19 keltirgan iqtisodiy oqibatlardan past. Nobel mukofoti sovrindori Pol Krugman ham bu fikrga qo'shilishi haqida Twitterda yozgandi va bu yerda ham shunga o'xshash fikr yuritgan. Yana boshqa tadqiqotlar aytadiki, Yevropa rus yoqilg'isini sotib olishdan to'xtashi, ularning real daromadlari 1% dan kamroqqa qisqarishiga olib kelsa, boshqa bir tadqiqotga ko'ra, rus gazidan vos kechish Yevropa uchun YIM ning 2% ga tushadi.
Ikki iqtisodchi ishonishadiki, Germaniyada bu oqibatlarni qoplash uchun yetarlicha fiskal resurslar bor, xuddi koronavirus olib kelgan inqirozga qarshi kurashilgani kabi. Qish tugadi, gazga bo'lgan talab pasayadi va bu embargo uchun ideal vaqt. Bahonada Yevropa Rossiyaga bog'ligi va Putinning iqtisodiy shantajlaridan qutilishadi.

Bu dunyoda hamma iblis
2011-yil yanvar oyida Suriyaning Damashq shahri Xareqa bozorida Bashar Asadning despotik rejimiga qarshi norozilik namoyishi bo'lib o'tdi. Ko'p o'tmay Dara shahrida bolalar devorga "Xalq hukumatning qulashini xohlaydi" deb yozishadi. Ular hibsga olinib, qiynoqqa solingan. Olomon ularni ozod qilishni talab qilib to'plangan va ikki kishi politsiya tomonidan otib o'ldirilgan. Bu voqea ommoviy namoyishlarga ulanib ketdi va butun mamlakat bo'ylab tarqaldi. Shu ma'lum bo'ldiki, ko'pchilik odamlar hukumat qulashini xohlagan bo'lib chiqdi. Tez orada fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Davlat, uning armiyasi va xavfsizlik kuchlari mamlakatning katta qismidan g'oyib bo'ldi. Ammo, Suriyaliklar ozodlik o'rniga fuqarolar urushi va nazoratsiz zo'ravonliklarga duchor bo'lishdi.
Suriyaning Latakiya shahrida ommoviy axborot vositalari tashkilotchisi bo'lgan Adamning sodir bo'lgan voqealarga munosabati esa quyidagicha bo'lgan:
Biz o'ylagandikki, ozodlikni sovg'a sifatida olamiz deb, ammo biz topgan yagona narsa shu bo'ldiki: dunyoda hamma iblis.
Kredit: The Narrow Corridor

👍16
Forwarded from IqtisodiyBlog
Moliyaviy axvoli yomonligidanmi yoki shunchaki qiziqishishi bo'lganmi Keyns birjada spekulyatsiya bilan shug'ullangan.
Buni ortidan u bir dunyo pul ishlab topishga muvoffaq bo'ladi. Lekin, "Buyuk depressiya" boshlanish arafasida iqtisodchi birjada bo'r yo'g'idan ayrilib, topgan barcha pullarinidan ayriladi.
Texnik tahlillari xato bo'lgan, bozorni oldindan nima bo'lishini xech kim ayta olmasligini tushunib yetgan. Shundan xulosa yasab Keyns bir gap aytadi: Iqtisodiyot bu bir dunyo raqamlar emas, iqtisodiyot - bu insonlar.
@Iqtisodiyblog

Just Banking
Kanalda iqlim o'zgarishi va unga bog'liq allanimadirlar haqida tez-tez yozilib turiladi. Iqlim o'zgarishiga qarshi kurash muhim va bu jarayonda moliyaviy institutlarning o'rni katta. Misol uchun banklar iqlimga kamroq zarar yetkazuvchi lohiyalarni moliyalashtirishi, yashil texnologiyalar qo'llanilishini rag'batlantirishlari kerak bo'ladi. Lekin bu o'z-o'zidan sodir bo'ladigan jarayon emas, bu uchun banklarda ham rag'batlar bo'lishi kerak.
Banklar orasida o'z oldiga ijtimoiy va iqlim o'zgarishiga bog'liq muammolarni yechish kabi maqsadlar qo'yuvchilari bor. Ularni ishlash usuli Just Banking deb ataladi. Bu kabi banklar kreditlar berishda ular moliyalashtiradigan soha kambag'allikni kamaytirishga, atrof-muhitga va boshqa ijtimoiy muammolarga qanday ta'sir qilishini hisobga olishadi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, banklarda rag'batlar bo'lmasa, ular o'z-o'zidan bizni muammolarimiz haqida qayg'urib qolishmaydi. Bu kabi banklarni "Just Banking" usulida ishlashga biz avvalroq sanab o'tgan iqlimga o'zgarishi kabi muammolarga befarq bo'lmagan odamlar undaydi, bunday odamlar just banking tizimidagi banklarga mijoz bo'lishadi va banklarga shu yo'ldan ketishga rag'bat yaratadi. Bu kabi banklardan biri Niderlandiyaning Triodos banki hisoblanadi. Bank shunaqa dastur yaratganki, unda mijozlar pullari qayerga, qanday yo'naltirilganini bilib tura olishadi. Bu orqali ular o'zlarining pullari ularga foyda keltirish jarayonida misol uchun tabiatga zarar yetkazmayotganiga amin bo'lib turishadi. Bank saytida xatto ular yilda qancha karbon emissiyasini oldini olishgani kabi ma'lumotlarni ham ko'rish mumkin.
P.S: Qanchalik ko'p odamlar ijtimoiy muammolar haqida ko'p qayg'ursa, banklarga shu tizimda ishlashga rag'bat paydo bo'ladi. Aytmoqchimanki, muammoga qarshi kurashishni yana bir yo'li bu postni ulashish:)