Iqlimga zararli bo'lishi mumkin bo'lgan daraxt ekish kompaniyalari haqida
Hech o'ylab ko'rganmisiz daraxt ekish iqlim o'zgarishiga qarshi kurashda foydali emas, balki zararli bo'lishi ham mumkinligi haqida ? Ha, bo'lishi mumkin. Isroilning Yatir o'rmoni bunga misol bo'la oladi. Albedo effekti tufayli bu o'rmon yer yuzidagi haroratni oshishiga olib keladi. Har yili 10 mlrd daraxt kesiladigan bugungi dunyomizda, bor daraxtlarni saqlab qolish ham biz qilishimiz mumkin bo'lgan eng katta ishlardan biri bo'lishi mumkin. Yuqoridagi postlarda yozganim kabi, iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish tekin emas, noto'g'ri joylarga noto'g'ri daraxtlar ekish iqlimni zararli bo'lishi bilan birga, iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish narxini oshiradi. Videoda esa daraxtlarni shahar hududiga ekish ko'proq tavsiya etilyapti.Umuman olganda, bu kabi narsalardan to'g'ri xulosa chiqara bilishimiz, ko'r-ko'rona trendlarga ergashib ketmasligimiz kerak.

YouTube
How we get tree planting wrong
In the face of the impending climate catastrophe, there has been a growing clamour to repopulate the trillions of trees our planet has lost over the centuries but large-scale tree planting is not helping.
Subscribe to It's Complicated ► https://bit.ly/I…

👍2
Hokimlar ham rag'batlarga javob qaytaradi
Shu kunlarda televideniyada ko'plab tuman va viloyat hokimlarining xalqqa murojaati namoyish etilyabdi. Bir qarashda bu yaxshi trend, hokimlarning xalq oldidagi hisobdorligini oshiradigan, xorijiy demokratik jamiyatlarda qo'llaniladigan amaliyotga o'xshaydi. Lekin bu yerda bir asosiy farqni e'tibirga olish lozim. Ya'ni bu kabi amaliyot demokratik jamiyatlarning xususiyati, sababi emas. Bunday jamiyatlardagi ma'muriy hudud meri (hokimi) xalqqa hisobot berishidan ular uchun rag'bat bor - keyingi saylovlarda yaxshiroq natijaga erishish. Biz kabi jamiyatlarda ham saylanmagan (tayinlangan) hokimlarning bu kabi chiqishlari asosida shunday rag'bat yotadi, faqat ular bu yerda asosiy e'tiborni tayinlovchiga qaratishadi. Boshqacha aytganda bu kabi chiqishlar avvalroq video selektor ko'rinishida o'tgan hisobot majlislarining televizorga o'girilgan shakli xolos.
👉👉 @econview_1 👈👈

Katta og'amiz haqida bir chimdim
DW Documentary Rossiya haqida yaxshi hujjatli film tayyorlashibdi. Oilalarning ajrashish darajasi, farzandlarning otasiz katta bo'lishi kabi oqibatlati yaxshi bo'lmagan voqeliklar statistikasi ayanchli darajada. Ko'plab onalar farzandlarini yolg'iz katta qilishmoqda, mamlakatdagi toboro yomonlashib boryotgan siyosiy va iqtisodiy holat ularni vaziyatini og'irlashtirmoqda. Rossiya rostdan ham cho'kib bormoqda.
Bu kabi muammolar fonida Rossiya yanada agressivlashib boradi va bormoqda. Ukraina bilan bo'lyotgan voqealar odamni xursand qilgulik emas. Bunday vaziyatda bizning hukumatdan esa ko'proq oqilona tashqi siyosat yuritish talab qilinadi.

Love and sex in Russia | DW Documentary
In Russia, love, sex and family are personal matters. But increasingly, they are also political ones: Putin himself is a vocal proponent of patriarchy and large families. This is especially challenging for women, young people and the LGBTQIA community.
Through…
Through…
Yangi yildan o'qishni boshlayman
“Yanvar har doim xulq-atvor iqtisodiyoti ( behavioral economics ) uchun yaxshi oy: Yangi yil qarorlari kabi o'z-o'zini nazorat qilishni juda kam narsa aniq ko'rsatadi. Fevral bundan ham yaxshiroq, chunki bu bizga ushbu qarorlarning ko'pchiligi nima uchun buzilganligini o'rganishga imkon beradi.
© Sendhil Mullainatan, Garvard universiteti
Ko'pchiligimiz uchun yangi yildan nimadir qilishni boshlayman deb, lekin boshlamaslik juda tanish bo'lsa kerak ( xuddi dushanbadan boshlayman kabi ). Iqtisodda xulq-atvor iqtisodiyoti ( behavioral economics) deb nomlangan bo'lim bor. Bu soha iqtisodchilari odamlar qanday qaror qabul qilishini o'rganishadi. Yuqoridagi holatlar esa ular uchun juda yaxshi o'rganish obyekti bo'lib bera oladi. Shuning uchun ham ular uchun yanvar yaxshi oy, fevral esa undan ham yaxshi.
Quyida esa yangi yil oldidan eng ko'p qo'yiladigan maqsadlar:
1. Sog'lomroq bo'lish
2. Tartibli bo'lish
3. Yangi xobbi o'rganish
4. Jamg'armalarni oshirish
5. Ko'proq sayohat qilish
6. Ko'proq o'qish
Shunaqa maqsad qo'yib amalga oshirmasangiz ham, kimlargadir o'rganishga narsa topib beryapsiz, demak foydali ish qilyapsiz:)

ABBA - Happy New Year (Video)
Happy New Year!
REMASTERED IN HD! UP TO 4K!!
Listen to the new album: https://abba.lnk.to/VoyageAlbum
Listen to more music by ABBA: https://abba.lnk.to/musicID
Follow ABBA:
Facebook: https://www.facebook.com/ABBA/
Instagram: https://www.instagram.com/abba/…

Biz ham qachondir erkin savdo siyosatini yuritamizmi ? ( 1-qism )
Ma'lumki, inson qarorlarining negizida rag'batlar yotadi. Ko'plab iqtisodchilar erkin savdo mamlakat uchun foydali ekanligini aytishlariga qaramay, hukumatlar doim ham bunday qilishmaydi. O'zbekiston misolini olaylik, milliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlash niqobi ostida proteksionizm siyosatini yuritayotganlar ham erkin savdo foydali ekanligiga ishonishi mumkin, lekin amalda bunday qilishmaydi. Tabiiy savol, nega ? Chunki ularda savdoni erkinlashtirish uchun rag'bat yo'q. Haqiqatdan ham saylanadigan qaror qabul qiluvchilar fuqarolarning hayot sifati haqida qayg'urishadi, chunki bu ularga odamlar ularni saylashi uchun kerak. Bizda esa bunday emas va " saylanuvchilar " saylovchilar haqida ko'p ham qayg'urishmaydi va bu ularga savdoni erkinlashtirishga turtki bermaydi. Ikkinchidan, biz kabi jamiyatlarda erkin bo'lmagan savdodan manfaatdor bo'lganlar amaldorlarga aloqador yoki ularga ta'sir o'tkaza olish imkoniyati ko'proq bo'ladi. Bu esa hukumatdagi qaror qabul qiluvchilarga proteksionizmni qo'llab-quvvatlashga rag'bat yaratadi.
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, hukumat o'z-o'zidan erkin savdo siyosatini yuritishni boshlamaydi. Unda biz bir umr UzAM kabi monopollar bilan " sevishib " Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish, erkin savdo nimaligini his qilmay o'tib ketamizmi ?

Biz ham qachondir erkin savdo siyosatini yuritamizmi ? ( 2-qism )
Birinchi ssenariy bo'yicha, bizning siyosatchilar saylovchilar haqida o'ylay boshlashi, ya'ni demokratlashishimiz kerak. Buning uchun xalq boyroq bo'lishi, bu uchun esa erkin savdo bo'lishi va demokratroq bo'lishlikni talab qiladi. Xullas, hammasi juda chalkash. Bu yo'l oxirida nurni men ko'ra olmadim.
Yana bir ssenariy bo'yicha, mamlakat tashqi ta'sirlar tufayli erkin savdoga ochilishi kerak.
Qiziq bir misol, 1991-yilgi Saddam Hussaynning Quvaytni bosib olishi Ko'rfaz urushiga olib keldi. Bu esa bu hududdan dunyoga neft tarqaladigan jarayonni buzib qo'ydi. Shu hodisa Hindiston neft importida kuchli shok yuzaga keltirdi. Aynan shu vaqtda ustiga-ustak, o'sha hududda ishlab, Hindistonga pul yuboradigan hind migrantlariga juda qiyin bo'lib qoldi va ular pul yubora olmay qolishdi. Natijada Hindiston juda katta xorijiy valyuta tanqisligini boshdan kechirdi. Yakunda, hind hukumati tashqi yordamga muxtoj bo'lib qoldi. Ular Xalqaro valyuta jamg'asidan yordam so'rashgan. " Iltimos " qabul qilindi, sharti esa mamlakat iqtisodi tashqi dunyo uchun ochilishi kerak edi. Hukumatda boshqa yo'l yo'q edi va natija Hindiston o'z iqtisodiy eshiklarini tashqi dunyo uchun ocha boshladi. Ko'rib turganingizdek, bu kabi tashqi ta'sirlar erkinroq savdoga olib kelishi mumkin.
Xo'sh bizdachi ? Rossiyadan keladigan xorijiy valyuta oqimi qandaydir xodisa tufayli to'xtab qolishi bizni erkinroq tashqi iqtisodiy sitosat yuritishga majbur qila oladimi ? Balki ha, lekin bu narxsiz kelmaydi albatta.
Bu borada sizning fikringiz qanday, sizda qanday ssenariylar bor ?

Ba'zida o'ylab qolaman, intellekt va baxt o'rtasida teskari bog'liqlik bormikan deb. Ya'ni qancha ko'p bilganing sari baxtli bo'la olishing ehtimoli pasayadi. Kommentda yozgan odamlar va yana ko'pchilik bizda ham shunday bo'lganida albatta xursand bo'lishardi. O'ylaymanki, bu yerdagi aksariyat odamlar bundan xursand bo'lishmaydi, chunki ular bilishadiki buni oqibati yaxshi bo'lmaydi. Ular oqibat yaxshi bo'lmasligini bilganlari uchun qisqa muddatli bo'lsa ham xursandchilikdan bebahra qolishdi. Agar baxt bu xursandchiliklar jamlanmasi bo'lsa ular bilganlari uchun kamroq ( shartli ravishda ) baxtli bo'lishdi. Bu shunchaki bir misol, meni buni mantig'i shunday o'ylashga majbur qilyapti.
👉👉 @econview_1 👈👈
👉👉 @econview_1 👈👈
Positive vs normative statement (o'zbekcha tajima qilinmadi)
Avvalgi postlarda iqtisod haqida odamlar qanday fikrlashi haqida yozgandik. Shu o'rinda endi iqtisodchilarning o'zlari haqida gaplashsak. Iqtisodchi kim, nima qiladi, qanday fikrlar aytadi ko'pchilik uchun qorong'u. Avvalo olim iqtisodchilarni va populist yoki siyosatchi (iqtisodchi)larni farqlab olaylik. Buning uchun iqtisodchilarning o'rtasida keng tarqalgan terminlar: positive va normative statement tushunchalarni bilish muhim. Positive statementni iqtisodchilar dunyo qanday ishlashi haqida gapirganda eshitamiz. Masalan, bananning narx oshishi unga bo'lgan talab miqdorini kamaytiradi. Normative statement esa dunyo qanday ishlashi kerakligi haqidagi fikrlar. Masalan. hukumat banan narxini tushirishi kerak.
Bu fikrlarning asosiy farqi - ularning qanchalik o'rinli ekanligida. Ya'ni agar iqtisodchi positive statement aytsa uning gapi to'g'ri yoki noto'g'riligini empirik tahlil orqali tekshirish mumkin. Lekin normative statementni bunday tekshirib bo'lmaydi. Chunki u nafaqat iqtisodiy balki siyosiy, axloqiy, madaniy qarashlarni o'z ichiga oladi. Odatda olim iqtisodchilar pozitiv iqtisod haqida gapirishadi. Ammo Nobel mukofoti sohibi, fransuz iqtisodchisi Jean Tirol iqtisodiyot fani boshqa ijtimoiy fanlardan farqli o'laroq ko'proq normativ fan va shuning uchun uning asosiy maqsadlaridan biri iqtisodiy siyosat uchun tanlovlar yaratishdir deydi. Umuman olganda iqtisodchilar normative statement aytishi kerakmi degan savolga javob berish qiyinroq menimcha.

👍5
"Tulki ko'p narsani, tipratikon esa bitta ulkan narsani biladi" yunon shoiri Arxilox
Yana iqtisodchilar haqida. Keling endi iqtisodchilarni o'zini ikkiga bo'lamiz: tulki va tipratikon. "Tulki" iqtisodchilar odatda ko'plab turli xil qarash va nazariyalarni qo'llab-quvvatlashadi. "Tipratikon"lari esa aksincha asosan bir nazariyaga ishonishadi. Ya'ni tipratikonlar orasida keng tarqalgan gap bu odamlar ratsional ekanligi va bozorlar o'zi yaxshi ishlashidir. Lekin tulkilar buni rad etishadi va axborot asimmetriyasi, noratsionallik va tashqi ta'sir(externality) kabilar natijasida market failure yuzaga keladi deya ta'kidlashadi. Bu ikki sinf vakillari ham o'zlaricha haq. Tipratikonlar butun hayoti davomida bir g'oya ostida tadqiqotlar amalga oshirishadi. Tulkilar esa turli xil g'oyalarni o'zaro bir-biriga tadqiq qilish orqali har xil yangi nazariyalarni sinab ko'radi.
Filip Tetlok ismli olim o'zining tadqiqotlari orqali olimlarni fikrlarini tahlil qiladi. Unga ko'ra bahslarda tipratikon bo'lish yaxshimi yoki tulki degan savolga bir qadar javob topish mumkindek. Tipratikonlarning g'oyalari kamroq odamlarning g'ashini keltiradi, chunki ular asosan bir g'oya atrofida fikr bildiradi va shunga yarasha unga qarshi chiquvchilar kam bo'ladi. Tulkilarda esa "heyter"lar yetarlicha, negaki ular ko'plab omillarni hisobga olgan holda bir nechta nazariyalar haqida gapiradi va bunday gaplar odatda noaniq xulosalar bilan yakunlanadi. Shunga ko'ra tulkilar televizorlarda ko'p ham ko'rinish berishmaydi. Qo'shimchasiga tulkilarning bashoratlari tipratikonlarnikiga qaraganda ancha aniqroq chiqadi. Aytgancha gap kelganda aytish joizki iqtisodchilarda juda yomon bashoratchilik qobiliyati mavjud (Samuelson aytganidek 5 inqirozdan 9 tasini bashorat qilishgan).
Ilm-fan rivoji uchun har ikki toifaning ham o'rni salmoqli. Fan bir g'oya ortidan izlanib uning barcha jihatlarini chuqur o'rganuvchi olimlar bilan bir qatorda bir nechta turli xil g'oya va qarashlarni birlashtirib fanda yangi yo'nalishlarni yaratuvchi insonlarga ham birdek muhtoj.
P.S.: siz o'zingizni tulki deb hisoblaysizmi yoki tipratikon, izohlarda fikringizni qoldiring.

👍11
Iqtisod ham ilmiy fan
Yaqinda Freakonomics radio tarmog'ining "People I (mostly) Admire" podkasti navbatdagi sonining mehmoni Maks Tegmark bo'ldi. U Levit bilan ko'plab mavzular qatorida iqtisod fani ham boshqa fanlar (fizika, kimyo, biologiya) kabi muhimligi haqida suhbat qurdi. Quyida ana shu suhbatdan parchani o'qishingiz mumkin.
TEGMARK: Agar imkon bo'lsa keling, men iqtisodni ozgina himoya qilsam
LEVIT: Aha albatta. Biz har doim iqtisod uchun himoyaga muhtojmiz.
TEGMARK: Men fizika juda zo'r, deb aytardim. Bu bizga dunyo qanday ishlashini yaxshiroq tushunish orqali bizga katta kuch va yanada kuchli texnologiyani yaratishga imkon beradi. Biz aslida o'z taqdirimizning xo'jayini bo'lishimiz mumkin. Ammo agar biz bu kuchdan sayyoramizni tezroq vayron qilish va qirg'in qilish va hatto bir kun kelib yo'q bo'lib ketish uchun ishlatsak, bu meni fizik sifatida juda faxrlantirmaydi. Va hozirda bizda fiziklar yaratgan 12 000 ga yaqin vodorod bombalari mavjud.
Xo'sh, iqtisod bu yerda qanday yordam beradi? Menimcha, texnologiyani ixtiro qilishning o'zi yetarli emas. Biz ushbu donolik poygasida ham g'alaba qozonishimiz, ham fizika va boshqa fanlar orqali texnologiyamizning o'sib borayotgan kuchini boshqaradigan donolik bilan mos kelishiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Va bu aynan iqtisodga juda mos keladi, chunki jamiyatning iqtisodiy kuchlari bizning barcha texnikamiz bilan nima qila olishimizni belgilaydi.
Agar bizda odamlarni tropik o'rmonlarni tezroq kesishga undaydigan iqtisodiy rag'batlar bo'lsa, ular buni qilishadi. Lekin buning o'rniga biz daromadni ko'paytiradigan shaxslar aslida hamma uchun eng yaxshi narsani qilishlari uchun iqtisodiy rag'batlarni yaratadigan bo'lsak, shundagina biz o'z texnologiyamiz bilan ajoyib kelajakka ega bo'lamiz. Aynan shu g'oya meni o'smirlik chog'ida birinchi navbatda iqtisodga kirish istagini uyg'otdi.

Google Podcasts
People I (Mostly) Admire - 51. Max Tegmark on Why Treating Humanity Like a Child Will Save Us All
How likely is it that this conversation is happening in more than one universe? Should we worry more about Covid or about nuclear war? Is economics a form of “intellectual prostitution?” Steve discusses these questions, and more, with Max, an M.I.T cosmologist…
👍12
Tashqi savdo rostdan ham foydalimi ? ( 1-qism )
Odatda iqtisodchilar orasida biron bir mavzuda yakuniy xulosaga kelish biroz noyob holat hisoblanadi. Ya'ni, ular konsensusga kela olishmaydi ( ijtimoiy fanlar uchun normal holat ). Tashqi savdo mavzusi ham bundan mustasno emas, lekin qaysidir ma'noda bu borada iqtisodchilar orasida tashqi savdo mamlakat uchun foydali ekanligini haqida qisman konsensus bor.
Tashqi savdo erkinlashishi bizga pastroq narxlarda yuqoriroq sifatli mahsulotlar sotib olish imkonini, yuqoriroq iqtisodiy ( narxi tengsizlik oshishi bo'lishi mumkin ) o'sishni berishi mumkin. Bundan tashqari, tashqi savdo natijasida samaradorlik oshishiga, innovatsiyalar rivojlanishiga rag'bat yaratilishi mumkin, mamlakatdagi raqobatlilik darajasi o'sadi va bazi me'zonlarga ko'ra adolat ham dastaklanadi.
Mamlakat tashqi savdoga ochilganda ichki ishlab chiqaruvchilar nimani ishlab chiqarishda nisbiy ustunlikka ega bo'lsalar, shuni ishlab chiqara boshlaydilar. Bu jarayonda iqtisodiyotda resurslar qayta taqsimoti yuz beradi va bu qisqa muddatda yoqimsiz bo'lishi mumkin. Lekin, bu jarayon uzoqroq muddatda yuqorida ta'kidlangan natijalarga olib keladi.

👍17
Tashqi savdo rostdan ham foydalimi ? ( 2-qism )
Bu mavzu savdo iqtisodchilari tomonidan juda ko'p o'rganilgan. Ulardan biri MITda PhD darajasini olgan Petia Topolova. U Hindistonda tashqi savdo erkinlashishi jarayonini spesifik hududlar kesimida, har bir hududga tashqi savdo qay darajada ta'sir qilganligi bo'yicha o'rganadi. Topolovaning topilmalariga ko'ra, tashqi savdo ko'proq ta'sir qilgan hududlarda kamroq kambag'allik qisqarishi, bolalar mehnatidan foydalanishlik darajasi kamroq pasayganligini kuzatish mumkin ( savdo kamroq ta'sir qilgan hududlarga nisbatan ).
Fan tashqi savdo kambag'allikni qisqartirishning yo'llaridan biri deb turganda, kutilmagan va yoqimsiz natija. Topalovaning tadqiqotlari top iqtisodiy jurnallar tomonidan rad qilingan, akademik elita tomonidan tanqid ostiga olingan ( fandagi dogma misoli ). Eng qizig'i, Xalqaro valyuta fondi ( butun dunyo bo'yicha tashqi savdoni targ'ib qiluvchi )uning tadqiqotini ochiqroq qabul qilgan va unga ish ham berishgan.
2019-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari, Benarji va Dufloga ko'ra, Topalovaning tashqi savdoning salbiy ta'siri haqidagi natijalari o'sha hududlarda ishchilarni ishdan bo'shatish va yollash to'g'risidagi qonunlar tufayli bu jarayon qiyinlashgani, bozorga yangi kirib keluvchilar duch keladigan to'siqlar ko'pligi, moliya tizimlari kabi ta'sirlar tufayli resurslar qayta taqsimotining juda sustligi keltirib chiqargan holatni aks ettirgandi. Bunda resurslar qayta taqsimotining juda sustligi tufayli tashqi savdoning foydali jihatini susaytirib qo'yadi ( kimda nimani ishlab chiqarishda nisbiy ustunlik bo'lsa, o'shani ishlab chiqarmaydi ). Bir vaqtda avval himoya qilingan sohalar ham zarar ko'rgan, lekin samaradorlik yetarlicha oshmagan va natijada kambag'allik kamroq qisqarishi kuzatilgan.
Yana boshqa tadqiqotlarga ko'ra Xitoy bilan tashqi savdo ko'proq ta'sir qilgan ( China Shock) AQSHning bazi hududlarida kamroq odamlar turmush qurishi, kamroq farzand ko'rilishi, nikohsiz tug'ilishlar oshishi, ajarlishlar soni ko'payishi kabi holatlar kuzatilgan. Tashqi savdoning ko'pgina salbiydek tuyilgan oqibatlari qisqa muddatli bo'lsa-da, yuqoridagi kabi oqibatlatlar, otasiz yoki onasiz katta bo'lgan bollar kelajagi yo'qotilishi kabi natijalar uzoq muddatlidir.
Yakuniy xulosa o'zingizdan.

Wikipedia
Petia Topalova
Economist (International Monetary Fund (IMF) -> Research Department)
👍12
Fan bilan shug'ullanish haqida
#navbatdantashqari
Fan bilan shug'ullanish moliyaviy jihatdan unchalik ham foydali emasdek ko'rinishi mumkin. Aslida unday emas, bunday o'ylashga bizni sotayotgan mehnatimizni faqat pul bilan o'lchash majbur qiladi. Pul - bu shartli, tranzaksion xarajatlarni pasaytiruvchi o'lchov birligi. Aslida bizni ish haqimiz o'sha pulga sotib olyotgan narsalarimiz. Biz ishlaganimizda puldan tashqari boshqa narsalar ham olishimiz mumkin, misol uchun tajriba, tanishlar va hokozo.
The noblest pleasure is joy of understanding
© Da Vinci
Fan kishilari puldan tashqari aynan shu, ya'ni tushunish, bilish baxtidan muyassar bo'lishadi. Har doim savollar bilan yurish, ularga javob topgandagi xis esa undan ham yaxshiroq. Fan kishilari boshqa olimlar bilan turli xil mavzular ustida birgalikda bosh qotirish va hamma narsani so'roq ostiga olishni yoqtirishadi. Yana ularga narsalar aslida qanday ishlashi qiziqdek tuyular balki. Mana shunday narsalar dunyo olimlarini harakatga keltiradi.

👍10
Qiziq bir experiment qilingan ekan. Unda 2000 mingdan ko'proq odamga Facebook accountlarini bir oyga deactivate qilishlari uchun pul to'lashgan. Natijalarga ko'ra, Facebook ishlatishni to'xtatganlar o'zlarini baxtliroq his qilishgan va ko'p zerikishmagan ( vaholanki, biz zerikkanimizdan ijtimoiy tarmoqlarga kiramiz deb o'ylaymiz ). Ular o'zlariga boshqa misol uchun do'stlar bilan ko'proq vaqt sarflash, kitob o'qish kabi ermak topgan bo'lishlari mumkin.
👉👉 @econview_1 👈👈
👉👉 @econview_1 👈👈
👍14
Forwarded from Greening the Economy (Anvar.)
Ko'p masalalalar singari jamiyatda ekologik ong shakllanishi ham davlatning iqtisodiy ahvoliga borib taqaladi. Insonlar daromadlari o'sgani sari proporsional ravishda atrof-muhit haqida ko'proq qayg'ura boshlaydilar.
Atrof muhit haqida qayg'urish va ekologik tashkilotlarga mablag' ajratish insoniyatning uzoq kelajagiga investitsiya qilish degani. Lekin O'zbekistondek past daromadli mamlakatlarda insonlar birlamchi ehtiyojlarini qondirish uchun ter to'kishadi, ertaga och yoki to'qligi noma'lum odamlar ,tabiiyki, uzoqroq kelajak haqida umuman o'ylashmaydi.
Hozirgi darajamizdan yiliga o'rtacha 5% lik o'sish bilan kishi boshiga YaIM miqdorimiz $4000(3-dunyo mamlakatidan 2-dunyo mamlakati darajasi)ga yetishi uchun 15 yildan ziyod vaqt kerak.
Lekin, tabiat buncha muddat kuta olmaydi, insonlar uni shu ketishda vayron qilishda davom etsa yaqin kelajakda O'zbekiston ekologik muammolar botqog'idan chiqa olmas darajaga kelib qoladi.
Iqtisodiy boyish orqali yechim halicha ilojsiz ekan, yagona chora eko-huquqbuzarlarga qat'iy jazo qo'llanilishidir.
👉 @green_econ

👍9
Tadqiqotlarga ko'ra notanish ovozlar inson uxlayotganda uning miyyasini ko'proq aktiv bo'lishiga sabab bo'lar ekan. Olimga ko'ra bu evolyutsion nuqtai nazardan mantiqli. Quyida batafsilroq o'qish mumkin.
Mana bu yerda esa fuqarolar orasidan tavakkal tanlangan hukumat saylanganidan ko'ra yaxshiroq bo'lishi mumkinmi degan qiziq g'oya haqida bir chimdim.
Xullas, o'qishga nimadurlar. Uyalmay ulashsangiz bo'laveradi.

New Scientist
Unknown voices spark more brain activity in sleep than familiar ones
Unfamiliar voices seem to put the sleeping brain on alert in a way that familiar voices don’t
👍7