tgoop.com/davron_coder/1300
Last Update:
📌 EPAM interview va muhim saboqlar
Suhbat davomida Python, OOP, REST API, Django/FastAPI, PostgreSQL, AWS, Git, Testing, DevOps, SDLC kabi ko‘plab yo‘nalishlarda savollar berildi. Ko‘pchilik savollarga javob bera oldim, ba'zilarida esa hali tajriba oshirishim kerakligi ayon bo‘ldi.
📌 Menga berilgan konstruktiv feedback’lar:
* OOP va Python bo‘yicha bilimlarim mustahkam ekan.
* FastAPI wanday ishlashi haqida bilim tajribam yaxshi.
* Testing, Agile metodologiyalar, advanced DevOps va cloud arxitekturasi bo‘yicha hali o‘sish joylarim bor.
* Cherry-pick, stored procedure, pytest, SDLC, va agile ceremonies (retrospective, estimation) haqida bilimlarni chuqurlashtirishim kerak.
✅ O‘rganilgan saboqlar:
* Intervyu vaqtida faqat intervyuga fokus bering – yoningizda telefon, odamlar yoki boshqa chalg‘ituvchilar bo‘lmasin.
* Live coding bo‘lsa, qadam-baqadam tushuntirib, nima qilayotganingizni ovoz chiqarib aytib boring – bu ishonch uyg‘otadi.
* Har qanday feedback – bu o‘sish uchun imkoniyat. Yaxshisi, sizdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchli va zaif tomonlaringizni aytib berishsa, yo‘lingizni aniq ko‘rasiz.
Aytganimdek, intervyu natijasi
Sizga ham shuni tavsiya qilaman: intervyulardan qo‘rqmang, ularga o‘sish bosqichi sifatida qarang!
» @davron_coder

