Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
2139 - Telegram Web
Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁2👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
TAF!24 natijalari

Agentliklar bo'yicha:
605 Agency:🥇🥇🥈🥈🥉🥉🥉
Lokals:🥇🥇🥈🥉🥉
MA'NO Branding:🥇🥈🥉
SNOVA:🥇🥈🥉
Sintez:🥇🥉🥉
We Digital:🥇🥈🥉
Click:🥇
TABOO Branding:🥈🥉🥉
FCB Tashkent:🥈🥉🥉
365 kun (Korzinka): 🥈
Suprematika:🥈
Naked Eye:🥈
Stargazer:🥉🥉
Lunar:🥉
SAG:🥉
Oqtepa Lavash:🥉
Sekta:🥉
Utro Agency:🥉

Yil agentligi: 605 Agency 🥇🥇🥈🥈🥉🥉🥉
Yil mijozi: payme 🥇🥈🥉🥉

*kecha ayrim yo'nalishlarda 🥇,🥈 yoki🥉 berilmadi. Bunga sabab: agar ishlarga baho beruvchi hakamlar orasida ishtirokchi ham bo'lsa, ular topshirgan ish o'rin olmaydi. Hakamlar shunga rozi bo'lgan holda qatnashgan. Betta agentligi TAF! ga 6 ta yo'nalishda 15 ta ish topshirgan. O'sha Betta agentlik rahbari Abdulla aka esa 3 ta yo'nalishda hakamlar hay'ati tarkibida. Ayni shu 3 ta yo'nalishda Betta agentligi o'rin olmaydi. O'rin olsa, "O'zini ishiga oltin berdi" degan gaplar bo'lmasligi uchun

Shu sababdan o'z egasini topmagan medallar:
7x 🥇, 7x🥈, 2x🥉

✔️@copirayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29🔥19😁2
Aytgancha, kurs haqida

Said aka bilan birgalikda boshqa kurs oʻtmaslikka kelishganmiz. Chunki vaqt, energiya yetmay qolyapti

Xoʻsh, kopiraytingni qanday oʻrganish mumkin?

Bozordagi eng yaxshi kurs!
@xatoliklar muallifi Abduazim akamizni kopirayting kurslarini xolis tavsiya qila olaman

https://www.tgoop.com/xatoliklar/1813
👍13🔥7
Kreativ qachon kerak bo'ladi?

Hozirgacha men eng ko'p duch kelgan holat: Menda kreativ g'oya bor. Javobim: Xo'sh, keyinchi?
Bu holat menda ham bo'lgan. O'zbekistonning eng kuchli marketologlaridan biriga shunaqa deganimda, shunga o'xshash javob olganman. Keyin esa batafsil tushuntirgan


G'oya hammada bor. Ko'chadagi istalgan odamni to'xtatib so'rang, g'oyasi bor. Ammo o'sha g'oya qaysi muammoni hal qiladi? Jamiyatga qanday yordam beradi. Bilasiz, g'oyani amalga oshirish uchun ma'lum mablag', ishchi kuchi kerak.
Demak, bu uchun pul to'lashga tayyor mijoz kerak. Mijoz qachon paydo bo'ladi? Muammo paydo bo'lganda

Shunaqa, g'oyangiz ayni kimgadir foydali bo'lishi kerak. 0 $ budjet bilan ham PR qilish mumkin. Ammo o'sha vaziyat paydo bo'lmasa-chi?
Ko'chadagi 6x3 m bannerning 1 oylik ijarasi 1,5-2 mln. Unga mablag'ni qayerdan olamiz?)

Menda ajoyib g'oya bor: Moskvada yashagan paytlarim shamollab qolgan edim. Shifokorga borganimda "Nega dori ichasan? Yaxshiroq ovqatlan, o'tib ketadi" degan. Ayni shundan kreativ qilsa bo'ladi. Ammo bu kimga kerak?
O'zbek tilini rivojlantirish uchun kreativlar bor, lekin hech kimga kerak emas.

Ijtimoiy loyihalar ham toqqa chiqishga oʻxshaydi. Hamma ma’qullaydi. Boradigan kuni esa hech kimni topa olmaysiz)
Shunaqa azizlar))

✅️@copirayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥29👍13
Shaha aka zoʻr post yozibdi

Esingizda boʻlsa, Target maktabi haqida yozgan edim. Bilasizmi, maktab huquqshunosidan qanaqa javob olganman:
Uka, bu marketing. Marketing shunaqa ishlaydi. Raqamingni
1. Xodimlar adashib terib yuborgan
2. Kompyuter random asosida telefon qilgan
3. Qayerga borsang, bor. Asoslab bermayman raqamingni qayerdan olganimizni. Bu Oʻzbekiston. Oʻzi sen qayerdan oʻrganib olding bunaqa gaplarni?
Meni ishdan qoldiryapsan


Shunaqa azizlar)
Eng qizigʻi, Targetdan yana telefon qilishdi)

Bolalaringni bunaqa maktabga qoʻyish haqida oʻylab koʻringlar yana bir marta

*Shaha aka “kir marketing” deb yozibdi, bu kir emas, “iflos marketing”)

✅️@copirayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁18👍8💯8🔥5
Telegram.pdf
7.9 MB
O'zbekistonda Telegram statistikalari

✔️@copirayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥10💯1
Ustozlar kunida oʻquvchilarga 10 mln.lik sovgʻa beramiz))

Said aka bilan koʻplab oʻquvchilarga kopiraytingni oʻrgatdik. Hozirda kurs oʻtishni toʻxtatganmiz. Lekin buni chiroyliroq qilib yakunlashni istadik

Qaysidir omadli obunachimizga Space Academy uchun 10 mln soʻmlik vaucher taqdim etmoqchimiz

Shartlar juda oddiy:
1. Quyidagi post ostidagi “Qatnashaman” tugmachasini bosish
2. @copirayt va @ozbekchayoz kanallariga obuna boʻlasiz

Tanlov 9 kun davom etadi. Gʻolibni keyingi shanba kuni jonli efirda aniqlaymiz

Tugmacha @ozbekchayoz kanalida

Qani, boshladik unda

✅️@copirayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥16👍8👎2
Kopirayter bo'lsangiz, Eminemdek bo'ling!

Eminem faoliyat yo'nalishiga havas qilmayman. Lekin kecha u haqdagi hujjatli filmdan keyin kelgan ayrim fikrlar bilan bo'lishmoqchiman

Rep 2 davrga bo'linadi: Eminemgacha va Eminem davri

Eminemgacha
Rep yo'nalishida faqatgina afroamerikaliklar (Grandmaster Flash, frika Bambaataa, Kurtis Blow, Run-D.M.C, LL Cool J, ...) yetakchilik qilgan. Rep go'yoki faqat ular uchun bo'lgan. Oq tanlining rep aytishi qabul qilib bo'lmaydigan ishlardan bo'lgan

Eminem davri
2000-yilda, faoliyati boshlangandan 4 yil o'tib yulduzga aylandi. U "oqlar" ham rep ayta olishini ko'rsatib bermadi, u repni afroamerikaliklardan tortib oldi. Eminemdan keyin ham ko'plab reperlar paydo bo'ldi. Ammo ularning hech biri Eminem darajasiga chiqa olmadi
*Eminemning baxtsiz bolaligi alohida mavzu

Nega Eminem haqida yozdim?
Kopirayter bo'lsangiz, davrni sizgacha va sizdan keyinga bo'lib tashlang. O'zbek kopiraytinggi=Siz nazariyasi paydo bo'lsin. Shunchaki yorib tashlang

✔️@copirayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯45👍39🔥28
Izohlarda janjal))

Sun’iy ong kopirayterlarni bozordan siqib chiqaradimi?

Bu savolga juda koʻp marta javob berganman: Yo'q.

Ammo insonlarga boshqa javob kerak: Ha, kopirayterlar yo'qolib ketadi kabi
Shu tufayli ham bu savol takrorlanaveradi

Keling, ChatGPT 4 dan buni so'rab ko'ramiz.
Uning javobi:

Sun’iy intellekt (SI) rivojlanishiga qaramay, kopirayterlik kasbi, ehtimol, yo‘qolib ketmaydi. Buning bir nechta sabablari bor:

1. Ijodkorlik va hissiy bog‘lanish: SI matn yaratishi mumkin, biroq u tinglovchilar bilan chuqur aloqa o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan nozik hissiy ohanglar, hazil va madaniy kontekstni yetkazishda qiynaladi. Kopirayterlar odamlarning ehtiyojlari va afzalliklarini ichki his bilan tushunishga ega, buni SI da qayta yaratish mushkul.
2. Strategik fikrlash: Kopirayting ko‘pincha maqsadli auditoriya, bozor tendensiyalari va brendingni tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Kopirayterlar uslub va yondashuvni aniq biznes maqsadlariga moslashtirishga qodir, bu esa SI hali bunday darajada taklif eta olmaydigan strategik yondashuv va moslashuvchanlikni talab etadi.
3. O‘ziga xoslik: SI internetda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga tayanadi, bu esa uning haqiqatan ham noyob kontent yaratish imkoniyatini cheklaydi. Kopirayterlar original g‘oya va tushunchalarni yaratishi, ularni aniq vazifalarga moslashtirishi va individuallashtirishi mumkin.
4. Axloqiy, diniy va madaniy masalalar: SI har doim ham madaniy me’yorlarni tushunmaydi va xatolar qilishi yoki nomaqbul kontent yaratishi mumkin. Inson tushunchasi va axloqiy mas’uliyat kopiraytingda muhim omil bo‘lib qolmoqda.

SI, ehtimol, kopirayterlar samaradorligini oshirish, kundalik vazifalarni avtomatlashtirish va ish sifatini yaxshilash uchun vosita sifatida qo‘llaniladi. Biroq, kopirayterlarning asosiy vazifasi - hissiyotga boy, ijodiy va strategik jihatdan muhim kontent yaratish - talab qilinishda davom etadi.

Shunday qilib, kopirayterlik kasbi rivojlanib boradi, ammo yo‘qolib ketishi ehtimoldan yiroq.

ChatGPT aldayapti. Yaqinda kopirayting yo'qolib ketadi. Men ham qishloqqa qaytish yoki Rossiyaga ketish haqida o'ylab yuribman))

✔️@copirayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁56👍13💯13🔥1
2025/10/26 02:42:12
Back to Top
HTML Embed Code: