tgoop.com/composer_mukhtarov/964
Last Update:
Qo'shiq kuylamoqchimiz-(Bolalar xori va fortepiano uchun qo'shiq)-Mehroj Muxtorov musiqasi, Turob To'la so'zi.
Қўшиқ куйламоқчимиз-(песня для детского хора и фортепиано)-музыка Мехроджа Мухтарова, слова
Туроб Тулы .
Olamga nur sochilsa,
Bog'larda gul ochilsa,
Qo'shiq kuylamoqchimiz,
Kuylab o'ynamoqchimiz.
Tong kuladi dilimizda,
Yellar tutsa qo'limizdan,
Qo'shiq kuylamoqchimiz,
Kuylab o'ynamoqchimiz.
NAQORAT:
Mustaqil hur Vatanda,
Bo'stonlarda chamanda,
Qo'shiq kuylamoqchimiz,
Kuylab o'ynamoqchimiz.
Jaranglasin samolar,
keling do'stlar oshnolar,
Qo'shiq kuylamoqchimiz,
Kuylab o'ynamoqchimiz.
Avjga chiqar tobora,
Nog'ora, nog'ora,
Qo'shiq kuylamoqchimiz,
Kuylab o'ynamoqchimiz.
Sevinch shodlik sadosi,
Ko'ngillarning navosi,
Qo'shiq kuylamoqchimiz,
Kuylab o'ynamoqchimiz.
👉https://www.tgoop.com/composer_mukhtarov
BY Kompozitor Mehroj Muxtorov
Share with your friend now:
tgoop.com/composer_mukhtarov/964