Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
218 - Telegram Web
Telegram Web
Forwarded from Ayyubxon Fargʻoniy | 0.1x engineer (Ayyubxon)
Mem idea kelib qoldi
Overton oynasi

Jamiyatdagi ko'p narsa mana shu bosqichlardan o'tadi:

1. Aqlga sig'mas
2. Radikal
3. Qabul qilsa bo'ladigan
4. Ma'noli/asosli
5. Ommabop
6. Qonun
7. Ommabop
8. Ma'noli/asosli
9. Qabul qilsa bo'ladigan
10. Radikal
11. Aqlga sig'mas

IT dunyosidan tortib siyosatgacha, barcha jabhalarda nimalar shu bosqichlardan o'tmadi deysiz. Hozir ham nimalardir shu oynaning qaysidir bosqichida.

Siyosatdan gapirmayman. Chunki hammaning o'z qarashlari bor. Ammo shu usuldan foydalanib jamiyatni tubanlikka olib borayotgan harkatlar yo'q emas. Shuning uchun ham himoyalashing kerak bo'lgan eng birinchi narsa onging deb bejiz aytilmagan.
Endi menga bu yo'qotgan umrimni kim qaytarib beradi? 😫😩😩
Pinterest dizayn sistemasi uchun animatsiyalar qo'shyotganimni aytgandim. Animatsiyalar funksiyalari va davomiyligi tokenlarda, ma'lum bir strukturada o'zgaruvchilar sifatida saqlanadi.

Bu tokenlarni qanday saqlash haqida o'ylayapmiz. Chunki animatsiyalar implementatsiyasi veb, iOS va Android platformalarida bir-biridan yaxshigina farq qiladi. Masalan davomiylik CSS da sekundlarda bo'lsa, Kotlinda millisekundlarda.

Animatsiya "easing" funksiyalari esa tubdan farq qiladi.
CSS da keyframe yoki cubic-bezier() bo'lsa, iOS va Android uchun bilmadim nima. 🤷‍♂️

Menejerim bir safar, testing qilish va integratsiya ham seni bo'yninga tushadi, shuning uchun Swift bilan Kotlinni o'rgansang-chi? - degandi. Men, yo'g'e ja unchalikmasdir ba'zi joylarini ko'rib o'shanga qarab qilaveraman - degandim.

Lekin hozir menga kelayotgan vazifalar va rejalarga qaraganda busiz ish bitmaydiganday ko'rinyapti.
Baribir o'rganaman shekilli Swift va Kontlinda native mobile app qilishni. 😶🌫
yaramas
CSS da matematik funksiyalar borligini bugun bildim.

Lekin meni qiynayotgan narsa: Bular o'zi nega kerak? 🤔

Undan ko'ra normalniy narsalar qo'shishmaydimi, masalan parent-selector.
CSS ni Turing-complete dasturlash tili qilishga harakat qilishyotgandek go'yo. Lekin hozir ham Turing-complete deb hisoblasa bo'ladi CSS ni.
Buvim kasbimni tushunmaydilar. Hech tushuntirmagan ekanman ham. Ammo bir marta ishlab o'tirganimni ko'rib, "Dokument yozib jo'natasanmi?" degandilar.

🤔

Aslini olganda to'g'ri aytdilar. Rostdan ham kompyuterimda "dokument" ya'ni hujjat yozib jo'nataman. Bu hujjat "Design Doc", kod, yoki updatelar bo'lishi mumkin. Hamma ishimiz internet orqali. Yozganlarimizni boshqalarga jo'natamiz. Kamiga deyarli hamma ma'lumotlarimiz HTTP protokoli orqali internetda borib kelib turadi. HTTP request/response'lar hammasi bir hujjat xolos. Xullas, ...

"Ha, shuday. Dokument yozib jo'nataman" - degandim.
Stop trying to see the whole staircase

You won't be able to see step 2 until you're on step 1.

I hope this idea frees you from trying to analyse and overthink the path you want to take in life.

The truth, is you will never know what the exact path looks like.

Even if you spend days and weeks planning it, you won't truly know where it'll lead until you take one step at a time.

More action creates more clarity.
Thinking and planning only creates more thinking and planning.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chrome brauzeriga Gemini AI modelini qo'shib, unga JavaScript API chiqarishyotgan ekan.

2 qator kod bilan o'z sahifangizda INTERNETSIZ ishlaydigan ChatGPT degani bu!
2 haftacha oldin Google dan rekruter aloqaga chiqib, intervyu belgilagandik. Har doimgidek "phone screening" intervyu belgilandi. Shu suhbatdan o'tgach ketma-ket boladigan "virtual onsite" bo'lishi kerak edi.

To'g'risi boshida "Googleda ishlab nima qilaman", "Offer olganch qanday bo'larkin, hozirgi ishim yaxshiku" degan hayollar o'tdi. Chunki oxirgi payt Googleda ishlash haqida unchalik ham ijobiy fikrlar eshitmayotgandim.

Sal oldin rekruter telefon qilib aytdi; phone- screening'dan o'tolmabman 😬.

Tanobimni tortib qo'yishdi. 👍
Boshqalar uchun ham foydali bo'lishi uchun xulosalar:

1. Algoritmik malasalar yechishni to'xtatmasligim kerak edi. Tayyorgarlik uchun vaqt kam bo'lgani uchun texnik suhbatga tayyor emas edim.

2. Masalani bir qismini noto'g'ri tushunib qo'ydim va vaqt yo'qotdim. Masalani qaytarib o'qishim va intervyuchidan ko'proq savollar so'rashim kerak edi.

3. Beriladigan masala asosan klassik masalarning sal o'zgartirilgan versiyasi bo'ladi. Yechimi esa o'sha klassik yechimdan farq qilishi mumkin. Ammo yechimga o'sha klassik yechimni to'g'ri tushunish va o'shanga asoslanish orqali yetib borsa bo'ladi.

4. Masala uchun yordam so'rashdan uyalmasligim kerak edi. Bu ham masalani tushunish uchun savol so'raganday gap o'zi.
Google intervyuda berilgan savolni ochiqlamaslik haqida hech qanday gap bo'lmadi. Shuning uchun bo'lishaman:

Valid parentheses (To'g'ri qavslar)

Bu masalani ko'pchiligimiz ishlaganmiz. LeetCodedagi "easy" masalalardan.

Masalan shunday string'lar berilganda funksiyamiz true/false qaytarishi kerak. String lar faqat "(" va ")" qavslaridan iborat.


"" // true
"()" // true
"(())" // true
"()()(())" // true

"())" // false
")()" // false


Intervyuda tushgan masala 2 qismdan iborat edi:

1. Check validity of input string.

2. Return valid string of parentheses.
You can delete, insert, flip a character. Return option with minimum number of edits!

1-qism oddiy, stack bilan ishlanadi. Tushuntirib o'tirmayman. Shunchaki o'zingiz ishlab ko'ring 😉

2-qism... uxxx... . Yaxshigina boshimni qotirib qo'ydi.
Demak, qavslarimiz to'g'ri bo'lsa stringni o'zini qaytaramiz. Agar noto'g'ri bo'lsa, to'g'rilab qaytaramiz.
Ya'ni har qanday holatda funksiyamizdan to'g'ri qavslardan iborat string qaytishi shart!

Eslataman, stringni to'g'rilash uchun 3 ta amal bajarish mumkin:
1. delete - o'chirish
2. flip - teskari o'girish
3. insert - qavs kiritish (ochuvchi yoki yopuvchi)

Xullas, misol keltiraman:

input = "()"
output = "()" // to'g'ri bo'lgani uchun o'zini qaytaramiz

input = "())" // 3 xil to'g'ri javob bor, istalganini qaytarish mumkin
output1 = "()" // oxirgi qavsni ochiramiz
output2 = "(())" // boshiga ochuvchi qavs qo'yamiz
output3 = "()()" // oxirgi qavsni teskari o'girib, oxiriga yopuvchi qavs qo'yamiz


Men flip - teskari o'girish amalini unutib qo'ydim va hayollarim boshqa taraflarga ketib vaqt yo'qotdim. 😖

Yechimni bera oldim. Kodini yozdim. Lekin uni "dry-run" qilib tekshirishga ulgurmadim.

Hozircha siz o'zingiz harakat qilib ko'ringchi. Keyinroq yechimini yozaman.
Forwarded from Diyorbek
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kim biladi nega shadcn-ui bunaqa ishlaydi? Page initial load boganda shunaqa flicker bor. 🤔
Buni ataylab qilishganmi?
shadcn-ui is overrated btw
Brogrammist
Kim biladi nega shadcn-ui bunaqa ishlaydi? Page initial load boganda shunaqa flicker bor. 🤔 Buni ataylab qilishganmi?
False alarm - faqat mani browserimda shunqa bo'lyotgan ekan. Safarida tekshirdim, hammasi joyida. Chrome extension (Dark Reader) sababli bo'lyotgan ekan.

P.S. shadcn-ui is still overrated 🙂
Qiziq fakt

Afandi so'zi bilan "Authetication" so'zi bitta o'zakdan kelib chiqqan.

Ingliz tiliga "authentic" so'zi qadimgi yunon tilidagi "authentikos" so'zi orqali kirib kelgan. Ma'nosi "haqiqiy" yoki "ishonchli" degani.

Vizantiya (Sharqiy Rim imperiyasi) yunonchasida bu so'z "afentes" shakliga kelib qoladi va "boshqaruvchi", "katta odam" ma'nolarida ishlatila boshlaydi.

Turklar Vizantiya imperiyasi o'rniga kelar ekan, tabiiy ravishda vizantiyacha-yunoncha so'zlar turk tilida ham qo'llanila boshlagan. Turklar "katta odamlar"ni "efendi" deb atashgan. Ya'ni boshliq yoki martabali odamlarga shunday murojaat qilishgan.

Masalan, "Mustafa Efendi", "Yusuf Efendi". O'zbekchada "Nasriddin Afandi".

Bu huddi ingliz tilidagi "Sir" yoki "Lord" unvoniga o'xshaydi (Sir Rowan Atkinson).

....

🤔

Shunda, "authentication" degani "afandilashtirish" deganimi?
2025/06/29 16:20:38
Back to Top
HTML Embed Code: