Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
217 - Telegram Web
Telegram Web
Forwarded from Azimjon's Fikrlog
📚 Bugun mutolaa.com ofisida mehmon bo’ldik, 1.7 million kitob, 1298 audio kitob va 820,000 foydalanuvchiga ega - ular orasida men ham bor. Ajoyib jamoa, o’zgacha muhit.

📍 Kitoblar orasida kofe ichib, kod yozmoqchi bo’lsangiz:
maps.app.goo.gl/CwdkC3K5efRTGLg26
Forwarded from GDG Tashkent (Khumoyun Inoyatov)
🔥 GDG Tashkent-dan uzoq tanaffusdan keyingi birinchi kuzgi Web Dev Meetup #3 ni kutib oling!

Kelayotgan shanba kuni yurtimiz va dunyoning top kompaniyalarida faoliyat yuritadigan web-dasturchilar bilan Web Dev Meetup o’tkazamiz.

💥 Spikerlar ichida:
- Ravshan Samandarov, Oxagile;
- Diyorbek Sadullaev, Pinterest;
- Doniyor Yusupov, Uzum Market;
- Umar Sadullaev, Unicon Soft;

Tadbir to’liq o’zbek tilida bo’ladi!

👀 Sana: 7-Sentabr, 2024
🕙 Vaqt: 14:00
📍 Joy: IT Park, Muminov 7/1

Ishtirok etish narxi: BEPUL.

🎟 Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-web-dev-meetup-3/

* Joylar soni chegaralanganligi tufayli "First come first serve" qoidalari amal qiladi. Joy sig’imi 180 kishi. Tadbir online translatsiya qilinadi.

@gdgtashkent
Nega shadcn-ui sizga yoqadi? 🤔️️️️️️
Building Accessible web pages.pdf
1.5 MB
"Accessible" veb-sahifalar yasash
Forwarded from 42⚡️
⚡️Frontend dasturlashga kirish

@qirikki dan offlayn darslar:
- 12,14,16,18-sentabr kunlari, soat 10:00 dan 16:00 gacha bo'lib o'tadi.

👨‍🏫 Mentor:
Diyorbek Sadullaev, Pinterest kompaniyasida senior dasturchi.

‼️ Joylar soni chegaralangan: darslarga faqat birinchi 15 kishi taklif qilinadi.

👉 42.uz/course/frontend-dasturlashga-kirish
Dasturchilar kuni muborak!

Shu munosabat bilan JavaScript quiz bermoqchiman. Yuqoridagi kod natijasi qanday bo'ladi?
🤔🤔🤔
Yuqoridagi kod natijasi qanday bo'ladi?
Anonymous Poll
25%
false
39%
true
29%
Error
7%
1
HTML-like Comments

JavaScript qiziq til-da! Men ham bugun bildimki, HTML dagi kommentlar JS da ham ishlar ekan.

Yuqoridagi kodda <!-- ifodasi aslida komment boshlanishi edi. Shuning uchun ataylab joy tashlamay yozgandim. Aybga buyurmaysiz, qizg'in baxs ko'rgim kelgandi 😬.

Javob: 0

Chunki: "0 <!-- a;" === "0 // a;"
Ya'ni 0 dan keyin kelgan qism kommentariyaga aylanadi.

Variantlarda ham to'g'ri javob yo'q edi. Uzr 😬️

Aytgancha, bu nafaqat brauzerda, NodeJS da ham ishlaydi. Chunki HTML-like comments ECMAScript spec'larida bor.

https://262.ecma-international.org/#sec-html-like-comments
HTML ping

Ko'pincha sahifadagi linklarga analitika uchun "event listener"lar qo'shiladi. Masalan, biror link bosilganda "link bosildi" degan hodisa analitika serveriga jo'natiladi.

Buning uchun shu paytgacha JavaScript ishlatib kelganman. Hozir bilib qoldimki, buni faqat HTMLning o'zida qilsa ham bo'lar ekan, ping atributi orqali:


<a
href="https://example.com"
ping="https://example-tracking.com"
>Example Link</a
>


Lekin bu usuldan foydalanmasam kerak. Chunki ping attributi faqat <a> tegi uchun mavjud. Button va boshqa elementlar uchun ishlamaydi. Bundan tashqari Firefox bu atribut ishlashini cheklar ekan.

Qachon ishlatar edim? Balki kichik HTML sahifa uchun analitika qo'shganda. 🤷‍♂️
Ammo baribir analitika servislari kutubxonalari shunchaki sahifaga ularning kutubxonasini qo'shish bilan linklarni kuzatishni boshlashadi. Ortiqcha ishga o'rin yo'q.

To'liq MDNda
Intervyu savoli


setTimeout(callback, 0);


1. Yuqoridagi kod, ya'ni "setTimeout"ni 0 millisekunddan keyin chaqirish qanday holatlarda qo'l keladi?

2. Bu yerda "callback" aslida 0 millisekunddan keyin chaqiriladimi yoki ko'proq vaqt oladimi?

Savollarga javobni izlanib ko'rishingizni xohlardim.

Javoblaringizni izohlarda qoldiring 👇
2025/06/29 23:05:15
Back to Top
HTML Embed Code: