tgoop.com/brogrammist/81
Last Update:
“Let” o’zgaruvchi “For-loop”ni sekinlashtiradi
Kechagi mavzuni davom ettiradigan bo’lsak, for-loop ifodaviy qismlarining barchasida leksik maydon hosil qilish mumkinligini aytgandim. Agar for-loop uchun iterativ o’zgaruvchini “let” orqali e’lon qilsak, har bir iteratsiyada alohida leksik maydon hosil bo’ladi. Bu leksik maydonlar o’zidan oldigisiga ham bog’langan bo’ladi. Chunki yangi leksik maydonga undan oldigisidagi o’zgaruvchi qiymatlari nusxalab ko’chiriladi. Endi tassavur qiling ichma-ich yozilgan katta for-loop’lar “let” bilan ishlasa qanday gigant “lexical scope graph” hosil qiladi.
Agar JS engine’lar bu holatda shuncha ish qilyotgan bo’lsa, kodimiz tezligi tushib ketishi turgan gap. Bu bo’yicha V8 engine’da alohida raport qilingan. U yerdagi muhokamani o’qisangiz iloji boricha “for(;;)” strukturasini ishlatmaslik tavsiya qilingan. Albatta agar tezlik muhim bo’lsa. Uning o’rniga “for-of” yoki “for-in”lardan foydalanish nisbatan tezroq bo’lar ekan.
Agar “for(;;)”ni ishlatish chorasiz bo’lib qolsa, uni “var” bilan ishlatish ham kod tezligini oshiradi. Chunki bu holatda har bir iteratsiyada leksik maydonlar zanjiri hosil bo’lmaydi.
Benchmarking uchun kichik na’munaga link qoldiraman. Kodni bir necha marta yuritib ko’rsangiz, “var for-loop” nisbatan tezroq, “let for-loop” esa eng sekini ekaniligini ko’rasiz.
BY Brogrammist

Share with your friend now:
tgoop.com/brogrammist/81