tgoop.com/brogrammist/239
Last Update:
Render sikli
Brauzerda asosiy ikkita sikl mavjud:
1. Event Loop (Hodisalar Sikli)
Bu JavaScript vazifalarini boshqarish uchun javob beradi. Jumladan:
1. kodni bajarish
2. hodisalarga javob berish
3. asinxron operatsiyalarni (setTimeout, Promise yoki AJAX kabi jarayonlar) boshqaradi.
2. Rendering (Paint) Cycle (Sahifa Renderi Sikli)
Hodisalar sikli vazifalarni qayta ishlagandan so'ng, brauzer rendering jarayonini amalga oshiradi:
1. CSS stillarni hisoblash
2. joylashuvni aniqlash
3. kompozitsiyalash ya’ni piksellarni ekranga chizish.
Bu ikki sikl mustaqil ravishda ishlaydi, lekin yaqindan o'zaro ta'sir qiladi. requestAnimationFrame
- vazifalarni render sikli bilan sinxronlash uchun ishlatiladi.setTimeout
- hodisalar sikli bilan ishlaydi va unga yangi vazifa qo’shishda ishlatiladi.
BY Brogrammist

Share with your friend now:
tgoop.com/brogrammist/239