tgoop.com/brogrammist/17
Last Update:
`JSON.stringify` metodida shu xususiyat borligini bilasizmi?
Obyektlarni `String`ga o'girib beruvchi bu metodni ko'pincha 1 ta parametr bilan ishlatamiz: JSON.stringify(object
)
Lekin metodda yana 2 ta (optional) parametr bor. To'liq korinishi: JSON.stringify(
object,
?replacer,
?space
)
1. replace
r - bu parametr funksiya yoki string'lar massivi bo'lishi mumkin.
Agar massiv bersak, obyektning faqat massivdagi elementlarga mos keluvchi field/maydonlarigina olinadi. Masalan:
> JSON.stringify({ a: 5, b: 3 }, ['b'])
> '{"b":3}'
Agar funksiya bo'lsa, u orqali biz field'larni filter qilishimiz mumkin:
> JSON.stringify(
{ a: 5, b: 3 },
(key, value) =>
key == 'a'
? 10
: value
)
> '{"a":10,"b":3}'
2. spac
e - bu parametr orqali obyektimizni indentatsiya qilishimiz mumkin. Masalan space parametri 2 ga teng bo'lsa, natija quydagicha bo'ladi:
#js #tips #jsdaily
> var obj = { name: "Tony", status: { rank : 1, type: "Avenger"}}
> console.log(JSON.stringify(
obj,
undefined,
2
))
{
"name": "Tony",
"status": {
"rank": 1,
"type": "Avenger"
}
}
BY Brogrammist
Share with your friend now:
tgoop.com/brogrammist/17