tgoop.com/brogrammist/107
Last Update:
Agar ishingiz zerikarli bo'lsa
Yangi kelganlar ish bilan yaxshilab tanishib olishlari uchun avvaliga yengil vazifalar olishadi. Menam hozir shunday "task"larni bajarib yurbman. Judayam zerikarli to'g'risini aytsam. π
Qilyotgan ishim React komponent proplariga "inline" yozilgan komponentlarni alohida faylga chiqarish. Fayllarni bitta-bitta tekshirib, copy-paste qilish yoqimsiz ish albatta.
Lekin bilasizmi, bu ishga kreativ yondashish mumkin! Men ham shunday qildim. Nega endi dasturlashdek super-qobiliyatim bo'la turib bu narsani qo'lda qilib o'tirishim kerak?
Shuning uchun bitta skriptcha yozdimda, repozitoriyga qo'yvordim. Millisekundlarda fayllarni analiz qilib, komponentlarni topib, yangi fayl yaratib, proplarini moslashtirib, komponentni unga kochirib, vey, o'sha fayldan qaytarib import ham qilib qo'ydi! πͺ (mayda detallarini yozmadim)
Bu o'rinda o'zimgayam qoyil. Chunki skript meniki-da! Maqtanib qo'yay.π€
Albatta keyin qo'lda to'g'rlanadigan joylari ham bor edi. Chunki fayl va komponentlarga ma'noli nom berib chiqish kerak edi. Ammo qolgan ishlarni avtomatlashtirish yaxshigina vaqt tejadi.
Xullas, aslida ishni ish zerikarli qilmaydi, ishdan zerikish unga qanday yondashishga bog'liq.
P.S. Agar skripni qanday yozganim qiziq bo'lsa izohlarda bildiring π.
@brogrammist
BY Brogrammist
Share with your friend now:
tgoop.com/brogrammist/107