tgoop.com/botirziyatov/1358
Create:
Last Update:
Last Update:
O‘zbekistonda Yandex ML School — sun’iy intellekt bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan ilk maktabda ta’lim boshlandi.
👩💻🧑💻 3 ming nafar ariza beruvchi orasidan faqat 31 nafar talaba tanlab olindi.
Ta’lim bepul, ingliz tilida olib boriladi va xalqaro ekspertlar ma’ruzalarini o‘z ichiga oladi. Darslar amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalar real loyihalar ustida ishlaydilar.
Maktab rahbari Mahmudjon Sodiqovning ta’kidlashicha:
«Dasturning maqsadi — shunchaki mutaxassislar emas, balki kelajak innovatorlarini tayyorlash. Bitiruvchilar AI-modellar qanday ishlashini chuqur anglaydi, sun’iy intellektni biznes jarayonlariga joriy etadi va ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi».
👉 Yandex ML School — bu O‘zbekistonning texnologik kelajagiga qadam.
📚💪 Hammasi ta’limdan boshlanadi.
BY Botir Ziyatov

Share with your friend now:
tgoop.com/botirziyatov/1358