tgoop.com/botirziyatov/1243
Last Update:
Dasturchilar uchun bu yil juda ko‘p foydali vositalar chiqmoqda.
Google dasturlash yordamchisi Jules ni test rejimida ishga tushirdi.
2024-yil dekabr oylarida yopiq test uchun ochgan edi, endi barcha uchun mavjud.
Jules nima qila oladi?
Jules bajarishi mumkin bo‘lgan asosiy vazifalar:
• Loyihadagi eskirgan bog‘liqliklarni yangilash
• Mavjud kodni yanada yaxshiroq tuzilishga o‘zgartirish
• Kodga tushuntirish hujjatlarini qo‘shish
• Kodingiz uchun avtomatik testlar yozish
• Ochiq turgan muammolarni hal qilish uchun yechimlar taklif etish
Jules Gemini 2.5 Pro ko‘p modaliteli modeliga asoslangan bo‘lib, u yirik fayl tuzilmalari va loyiha tarixini tahlil qila oladi.
Qanday ishlatish mumkin?
Dasturchilar jules.google saytiga kirish orqali foydalanishni boshlashi mumkin.
Google har kuni 5 ta bepul vazifa limitini ham taqdim etmoqda.
@botirziyatov