tgoop.com/botirziyatov/1214
Last Update:
Gumroad - bu kontent ishlab chiquvchilar uchun o‘z bilmi yoki ijodini onlayn tarzda sotishga moʻljallangan platforma.
Ushbu platformaning asoschisi 2011-yil 4-aprel kuni Internetga loyihani ishga tushganini e'lon qilgan.
Hozirgi kungacha bu platforma ijodkorlarga 1 milliard dollardan ortiq daromad keltirdi.
2023-yil sof foydasi 20,7 million dollar bo‘lganini o‘qigan edim.
Bugun esa Gumroad platformasini open source qilib Githubga joylashganini ko‘rdim.
Uning asosida Ruby va MySQL texnologiyalari yotadi.
Gumroad asoschisi Sahil Lavingia kitob yozgan:
“Kichik, ammo go‘zal: Doimiy foydali biznes qoidalari” (asl nomi: “The Minimalist Entrepreneur: How Great Founders Do More with Less”
Kitobda:
- “Minimalistik tadbirkor: kamroq resurslar bilan ko'proq natija olish”
- yakka tartibdagi tadbirkorlar va mikrokorxonalar uchun biznes strategiyalari
– mahsulot, ishlab chiqish, marketing va mijozlarga xizmat ko‘rsatish
haqida gap ketgan
@botirziyatov
BY Botir Ziyatov

Share with your friend now:
tgoop.com/botirziyatov/1214
