Telegram Web
Kun.uz | Расмий канал
“Фақат овқат эмас, эмоция ва ноҳақликларни ҳам кўтаришга мажбурмиз”: официантлар ҳаётида бир кун Гиргиттонлик – кўплаб ёшлар учун вақтинчалик даромад манбаи. Бу иш ташқи томондан осон кўринади, бироқ официантлар ҳаётининг парда ортидаги оғриқли жиҳатлари…
Juda-juda yaxshi mavzuni olib chiqishibdi hamkasblarim. Ta'sirlandim.

O'zim girgittonlarga (ofitsiant) imkon qadar yaxshi muomala qilaman. Sizni ham shunga chorlayman. Imkon bo'lsa choychaqa bering, hech bo'lmasa tabassum va tashakkuringizni ayamang. Katta hayotga tramplin o'laroq majburan girgittonlik qilayotgan, 12-14 soatlab tik oyoqda ishlayotgan, arzimas maoshini halol topayotgan bu yoshlar yaxshi munosabatga loyiq. Ishonavering, Siz yaqinlaringiz bilan bir o'tirishda sarflab ketadiganingiz pul uchun ular hafta, kerak bo'lsa bir oy ishlashadi.

P.S. Men ham 20+ yoshlarimda shu ishni qilganman.

@boburakmalov
👍398👏103💯37🔥14😢9
Score90 talqinida 20-asrdagi eng zo‘r fullbeklar dueti (qanot himoyachilari)

Bu ro'yxatga to'liq qo'shildim. Zotan, bu beshlikdan zo'rroq boshqa fullbeklar xayolimga kelmayapti.

@boburakmalov
👍344🔥106😁45😢17💯11
Pedri nega soqol qo'ymasligi haqida:

– Onam meni soqolimni qirtishlab olishga majbur qiladi. Shunday qilmasam, u meni jazolaydi.

@boburakmalov
😁502😢104👍85🔥18👏5
Online do'konlar soni ortyapti, raqobat paydo bo'lyapti, buning oqibatida ayrim tovarlar oddiy do'konlardagidan arzonroq sotilyapti va turli chegirmalar paydo bo'lyapti.

Market Yandex Go! — bu do'kondan kundalik ehtiyojlaringiz uchun istalgan mahsulotni topasiz.

Shu yerdagi havola orqali kirib, promokodni ishlatsangiz, birinchi buyurtmangizga 55% chegirma!*

Onlayn do‘konga kirish:
https://market-go.prfl.me/boburakmalov/k6esab

Promokod:
50AKMALOV

Market Yandex Go — Sizga kerak mahsulotlar.
👍11😁4😢2💯2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jahon Chempionatiga chiqmasang bo'lmaydi, Italiya! Sensiz menga Mundial tatimaydi, Italiya!

@boburakmalov
🔥425💯136👍80😁71😢18👏3
🌍 ФИФАнинг янги рейтинги эълон қилинди 📊

🇺🇿 Ўзбекистон миллий жамоаси 2та ўртоқлик ўйини (🇰🇼 Кувайт — 2:0, 🇺🇾 Уругвай — 1:2) туфайли 0,97 балл йўқотди.
📉 Бунинг натижасида жамоамиз сентябрь ойи рейтингига нисбатан бир поғона пастга тушди — 55-ўрин.
🇲🇱 Мали терма жамоаси биздан ўтиб кетди (+3 ўрин).

🏆 Осиё жамоалари орасида Ўзбекистоннинг ўрни:

1️⃣ (19). 🇯🇵 Япония — 1645.34 балл
2️⃣ (21). 🇮🇷 Эрон — 1618.28
3️⃣ (22). 🇰🇷 Жанубий Корея — 1593.92
4️⃣ (25). 🇦🇺 Австралия — 1584.02
5️⃣ (52). 🇶🇦 Қатар — 1461.6
6️⃣ (55). 🇺🇿 Ўзбекистон — 1452.34
7️⃣ (57). 🇮🇶 Ироқ — 1428.69
8️⃣ (58). 🇸🇦 Саудия Арабистони — 1427.37
9️⃣ (66). 🇯🇴 Иордания — 1380.87
🔟 (67). 🇦🇪 БАА — 1379.93

👉⚽️ @futbol_qoidalar
🔥96👍77😢41😁19👏4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ba’zi narsalar o‘zgarmaydi!

Diyego Kosta "Liverpul" afsonalari bilan o‘yin oldidan mashg‘ulotda "Chelsi" ayollar jamoasi afsonasi Jemma Devisonni itarib yiqitdi. Jon Terri unga sariq kartochka ko‘rsatilishini talab qildi.

@boburakmalov
😁380👍32💯14🔥11😢6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Аynan shu voqeadan keyin men nolishni yig‘ishtirgandim. Bir kuni "Nyu York Niks"ga qarshi juda yomon o‘ynadim. Otam menga qo‘ng‘iroq qilib, uyiga chaqirdi. Men kechasi uchib bordim. U menga "tong soat 5 da ko‘rishamiz", dedi.
- Nima?
- Eshitganing!

Men bir amallab uyg‘ondim. Mashinaga o‘tirdik va qayergadir yo‘l oldik.
Dadam: - Bosimni ko‘tarolmadingmi?
Men: - Ha, kuchli bosim bo‘ldi.

Biz bir ko‘prik ostiga tushdik.
U yerda uyi yo‘q bir oila yashardi. Otam mashina chiroqlarini o‘chirdi va biz kuzata boshladik. 5:30, 6, 6:30... Palatkadan bir erkak chiqdi. Otam dedi: "Mana bosim!".
Keyin bir ayol chiqdi, so‘ngra ikki bolakay.
- Bosim — bu oilangni qanday qilib boqishni bilmasliging, ilojsizlik. Sen bosim nima ekanini bilmas ekansan. Senlarga yutqazganingdan keyin ham maosh to‘lashadi. Daf bo'l!".


Shakil O'Nil
Olimpiya chempioni (1996), 1994-yilgi jahon chempioni, to‘rt karra NBA chempioni (2000-2002, 2006). 1996-yilda u NBA tarixidagi eng yaxshi 50 o‘yinchi ro‘yxatiga kiritilgan va butun ro‘yxatdagi eng yoshi bo‘lgan. Bundan tashqari, 2000-yilda NBAning eng qimmat o‘yinchisi deb topilgan, 15 yil davomida (1993-2009) All-Star o‘yinlarida qatnashgan, Uilt Chemberlen bilan birga 9 mavsum (shundan 5 tasi ketma-ket) o‘yindan gol urish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich bilan Assotsiatsiya rekordini saqlab qolgan. Shakil O‘Nil o‘z faoliyatida uch marta Yulduzlar o‘yinining (NBA) eng qimmat o‘yinchisi (2000, 2004, 2009) bo‘lgan. 2016-yildan beri Basketbol shon-shuhrat zali a’zosi.

@boburakmalov
👏381👍79😢58🔥16💯7
Bozor yo do'kondagidan arzon, chunki Siz xaridlar qilasiz, biz chegirma beramiz — Yandex Lavka.

Hamma narsa bor. Uydan chiqmagan holda ro'zg'orga, xonadoningizga, o'zingizga kerakli barcha mahsulotlar 51 foizgacha chegirma* bilan yetkazib beriladi.

Havola mana bu yerda:
https://lavka.prfl.me/boburakmalov/58i971

Promokod:
UZBOOM280

Yandex Lavka — og‘iringizni yengil, uzog‘ingizni yaqin qilish uchun!
👍11💯5😢3🔥2
Irlandiya bosh murabbiyi Xeymir Xadlgrimsson: "Falastinda sodir bo‘layotgan voqealar — haqiqiy falokat. Men FIFA va UEFA harakatlarida uzviylik va mantiq ko‘rmayapman: ular ruslarni diskvalifikatsiya qilishadi, isroilni esa — yo‘q".

@boburakmalov
💯772👏255👍53😢42🔥17😁5
Таппи қилишга чорлов ва Тошкент учун янги аэропорт — ҳафта дайжести

Қиш учун тезак ғамлашга чақирган ҳоким: у айтгандек “газнинг таги йўқ” бўлса, газ экспорти нега тўхтамаяпти? Миллий почта маркетплейслар нишонида: янги мулкдор аллақачон аниқми? Йўқотилган трамвай изидан: пойтахтнинг ўнта кўчасида BRT линияси пайдо бўлади. Ортда қолаётган ҳафтанинг Ўзбекистон ҳаётига оид айрим янгиликлари Kun.uz дайжестида.

📹 ВИДЕОШАРҲНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
😁99🔥21😢18👍7💯4
Audio
Yodingizda bo‘lsa, yangi bir ishga qo‘l urgandim: audiokitobni taqdim etishni boshladim. Ko‘rsatilgan reaksiyalar (layklar) va instagram sahifamdagi shaxsiyga yozilgan murojaatlardan bildimki, bu ko‘pchilikka manzur bo‘lgan.

Ilk asarni shunchaki, o‘zim ozgina o‘qigach, qiziqqanim uchun tanlagandim: Rashod Nuri Guntekinning "Otash kechasi" asari. Bu asarning audiovariantining 1-qismi shu kanalda qo‘yilgan: Otash kechasi – 1-qism.

E’tiboringizga 2-qismini havola qilmoqchiman. Youtube'da kanal ochib, audiolashtirajak asarlarimni to‘lig‘icha qo‘yib borgunimga qadar, qisman shu yerga joylab turaman. Bu ham bo‘lsa, tinglovchi — Sizga manzur yo yo‘q ekanini bilish uchun.
Yana bir bor eslatay: men birinchi marta bu ishni qilyapman. Kamchiliklar bo‘lsa, aybga buyurmaysiz.
Marhamat, tinglang – 1-qism. Yuqoridagisi esa 2-qism.

@boburakmalov
👍617🔥123👏58😢7💯6🤩4😁2
2025/10/22 14:56:52
Back to Top
HTML Embed Code: