tgoop.com/boburakmalov/19619
Last Update:
Bir yangi ish boshlamoqchiman: audiokitob.
Internetda turli audiokitoblar ko'p. Taniqli aktyorlar, boshlovchilar, suxandonlar tomonidan o'qilgan turfa mualliflarning katta-kichik asarlari bisyor. Audiokitoblar bir joyda o'tirib kitob o'qishga vaqti yo'q odamlar uchun qulay – mashinada, piyoda, transportda ketayotib, uyda ish qilayotib, ish joyida ham tinglash mumkin.
Men imkonim boricha, qo'ldan kelgancha shu ishni qilib ko'rmoqchiman. Ilk namunani Sizga taqdim etyapman – katta asarning bir qismi. Layklar ko'rinishidagi reaksiyalaringiz muhim – shundan kelib chiqib, bu ishim qanchalik kerakli va foydali ekani haqida xulosa qilaman.
Kamina bu borada diletant ekanimni inobatga olarsiz. Sizga manzur kelishidan umidim bor.
@boburakmalov
BY BoburAkmalov
Share with your friend now:
tgoop.com/boburakmalov/19619
