tgoop.com/boburakmalov/19673
Last Update:
FALASTINLIK BOLA TILIDAN
So‘z demoqqa sillam yo‘qdir,
Yurak yarim, boshim qotar.
Men-ku mayli sizga butun Falastin ham hayron boqar.
Yuzlardagi tabassum va ko‘zdagi nam hayron boqar.
Vayrona bu kulbalarning ostida jon saqlaganda,
Murdalarni taxlaganda –
Jonsiz Onam hayron boqar.
Yig‘laganda biz dod solib
Hatto Ka‘ba o‘yga tolib
Obi zam-zam hayron boqar.
Atrofimda to‘lgan dushman,
Men go‘yo bir zaif qushman
Ammo erkka mudom o‘chman,
Ozodligim mavhum, ichdan
Menga alam hayron boqar.
Robbimga xat bitay desam
Oq qog'ozlar qonga to‘lgan,
Dardlarimni yozmoq bo‘lgan
Hanuz qalam hayron boqar.
Sabr qilib erta-yu kech,
Dardim ichga yutmoqdaman,
Robbdan fath kutmoqdaman.
Bu dunyodan o‘tmoqdaman,
Ruh-u tanam hayron boqar.
O‘ynolmadik sizdek o‘yin,
To‘xtatmadik azon kuyin,
G'azo endi – a‘za uyi
Ko‘zim har dam hayron boqar.
Sizni ona uyg‘otganda
Bizni bomba uyg‘otadi.
Qachon urush tugaydi-yu
Qachon yorug‘ tong otadi.
Hayotimiz qora-qizil
Yuragimga qon botadi.
Bu holim-a musulmonlar
Bermay yordam hayron boqar.
Charchashmadi norasida
Go‘daklarni yerga ko‘mib.
Sen bilanmiz deb hayqirar
Biz ketganda qonga cho‘mib.
Qo‘rqoqlarcha ko‘zni yumib
Butun olam hayron boqar.
Samandar Abu Muhammad
BY BoburAkmalov

Share with your friend now:
tgoop.com/boburakmalov/19673
