tgoop.com/azor_dev/195
Create:
Last Update:
Last Update:
🧊 SOFF
2022-yil hackatonda men olib chiqgan va 20mln yutgan startup loyiha shu bo'ladi.
Oradan ko'p vaqt o'tdi lekin, hozirgacha release qilinmadi. Bunga sabablardan biri bu barcha qismini o'zim develop qilayotganligimda. Orada o'qish tufayli ham ko'p marotaba develop qilish to'xtab qoldi. Yana bir sabablaridan biri to'g'ri texnologiyani topib uni ishlatish juda ko'p vaqt olmoqda.
Yuqorida, siz ko'rib turgan videodagi dastur shu kungacha qilingan mehnatning natijasi. Bu holatga kelguncha kuniga 12+ soat developing ham qilingan. Yana boshqa hackatonlarda qatnashdik, lekin hali natija bergani yo'q. Investor va mentor tomonlama ham harakat qilinyabdi. Lekin hozirgacha barchasi failed holatida.
Agar investitsiya kiritmoqchi bo'lsangiz yoki mentor sifatida birga ishlamoqchi bo'lsangiz, men bilan bog'lanishingiz mumkin - @Saidikromxon
(Ovoz AI orqali yaxshilangani uchun ozgina ovozdagi kamchiliklar mavjud!)
@flutterchii
BY AzorDev
Share with your friend now:
tgoop.com/azor_dev/195
