tgoop.com/azor_dev/151
Last Update:
3 yil oldin dasturlashni o'rganish maqsadida Andijondan Toshkentga kelgandim, endigina 14ga kirgan paytimda karantin vaqtida oilamni ko'ndirish oson bo'lmagan. Bu vaqt davomida juda ko'p tanishlar, do'stlar ortirdim, bir oiladek yashadik.
Bugun esa Toshkentdan ketyapman, shu paytgacha o'qish, ish va do'stlarim tufayli Toshkentda yashagan bo'lsam hozir meni bu yerda ushlab turadigan narsa qolmadi.
Bugun 2-marta Schengen visa uchun reject oldim, va yevropa o'rniga no'malum muddatga Andijonda qaytishga qaror qildim.
2 sinfdan boshlab 7 yil musiqa maktabida o'qidim, 13 yoshimdan dasturlashni o'rganishni boshladim,16 yoshimdan o'zim xohlagan darajaga chiqdim, hali kelajakda yana qanday ishlar kutib turibdi bilmayman.
Dasturlashdagi 9-5 ish rejimi ancha bosim olib keldi, yangi narsalar o'rganishdan to'xtab qoldim. Ishlashdan 2 xil maqsad bo'lishi mumkin bilim, tajriba olish yoki pul topish. Oxirgi 1 yil davomida esa ishlashdan 2 tomonlama ham manfaat olmay qo'ygandim.
Endilikda ITdan qisman tanaffus olmoqchiman, Science yoki kompyuter tillaridan uzoqlashib ko'proq insonlar tilini o'rganishni rejalashtiryabman ( being Polyglot). Maqsadlar o'zgargani yo'q yo'llar o'zgarmoqda.
Kamroq zarar bilan taslim bo'lish ham g'oliblikdir. Bundan katta zararlar bo'lishini kutish shart emas.
Muhimi, har qanday va'ziyatda to'xtamaslik va jamiyat qoliplariga rozi bo'lmaslik kerak.
Hamma ustozlarimga, do'stlarimga bergan bilimlari va og'ir vaziyatlarda qo'llab turganlari uchun rahmat.
@asadbek
BY AzorDev

Share with your friend now:
tgoop.com/azor_dev/151
