Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
140 - Telegram Web
Telegram Web
Xushxabar! Endi darslar haftasiga 2 martadan, Chorshanba va Shanba kunlari 9:00da chiqariladi!
Navbatdagi darsda kompyuterga Android Studio dasturini o'rnatish va Jetpack Compose yordamida birinchi Android loyihangizni yaratasiz.

P.S. Android Studio o'rnatish ko'pchilik uchun dasturlashning eng og'ir qadami hisoblanadi, shuning uchun bu qadamda qiyinchiliklar bo'lishi sizni to'xtatib qolmasin. Agar bu jarayonda muammolarga duch kelsangiz, izoh qoldiring, sizga albatta yordam beraman!

https://youtu.be/3jgjBQuCUVY?feature=shared

#androiddarslari
GDE sertifikatim kelibdi😍
Darslarni Kotlin hamda Compose bo'yicha alohida ajratib playlist qildim. Kotlin Multiplatform Mobile haqida ham kurs qilishni so'rashdi, siz ham o'zingizga qiziq mavzularni yozib qoldiring. Keyinroq ovoz beramiz qaysi kursga talab ko'proq ekanini bilish uchun.

https://youtu.be/pema4YWLyXA
Agar siz Kotlin tilida Android dasturlashni yaxshi o'zlashtirgan bo'lsangiz, Swift yordamida iOS dasturlar uchun KOD yozishga ham qiynalmaysiz. Mana bu maqolada bu ikki tildagi o'xshash sintaksis solishtirilgan.

P.S. Bekorga faqat kod yozishga qiynalmaysiz demadim, chunki iOS loyihalar ustida ishlaganda kod yozish eng oson qismi. iOS development infrastrukturasi - Xcode dasturidan tortib to AppStorega loyihani chiqarishgacha bo'lgan jarayonlar murakkab va juda chalkash. Ayniqsa macOS, iOS va Xcode versiyalarining bog'liqligi, hattoki dasturni test qilish uchun ham uni yig'a olmasligingiz ancha asabbuzarliklar keltirib chiqaradi. Balki shuning uchun ham iOS dasturchilarga talab doimiy balanddir.

https://medium.com/@domen.lanisnik/swift-cheatsheet-for-android-kotlin-developers-19cce41e54c6
Compose bo'yicha keyingi dars ochildi, shu bilan 42.uz uchun olingan barcha tayyor darslar chiqarildi. Keyingi bir necha hafta hayotimda bir nechta katta voqealar bo'lishini kutyapman, shuning uchun darsliklardan ozroq tanaffus olamiz.

https://youtu.be/XUF3cWG0Uv0
Ko'p dasturchilar o'z loyihasini boshlashni xohlaydi, lekin aksar hollarda bu loyihalar shunchaki g'oya, yoki IDEda 4-5 qator kodi yozilgan ko'rinishda qolib ketadi. Agar g'oya ustida ishlashni boshlashsa, birinchi kun bir necha qator kod yoziladi va shu bilan bu loyihaga qaytilmaydi. Doim miyyada "Hali oxirigacha yetkazaman, kelayotgan dam olish kunlari shug'ullanaman" deb o'ylab yuramiz. Bu muammoning asosiy sabablaridan biri - dasturchi va startapchi (biznesmen) fikrlashining farq qilishi. algoexpert.io loyihasining asoschisi Klement shu haqida yaxshi video olgan:

https://youtu.be/Gxzy4vRqhBY?si=iq_9pCl0GmmcSTQt
MVVM va MVI o'rtasidagi eng katta farq nimada?

"MVI odatda bitta observablega ega, MVVMda esa observable ko'p bo'ladi"
42.uz-dan yangilik!

Express Mobile kursi endi bepul tarzda platformaning o'zida ham mavjud:
https://www.42.uz/course/express-mobile

Shuningdek, darslar mening YouTube kanalimga ham joylangan:
https://www.youtube.com/@AndroiderYusuf/playlists
Tanish holatmi? Bo'lganmi?
Hamkasbim ish vaqti rasmga olibdi.

P.S. Nega yangi kontent yo'q? Chunki endi ishim bor🥲
💡Oxirgi vaqtlarda o'rganayotgan narsalarim asosida o'zbek tilida kontent yaratgim kelyapti. Sizga qaysi mavzular qiziq bo'lardi?
Final Results
50%
Android haqidagi texnik mavzular
31%
Dasturchi karyerasiga oid
34%
Productivity, time management va prioritization
39%
Shaxsiy loyihalar ustida ishlash
38%
Hard vs Soft skills
38%
Saudiya hayoti🙃
Yusuf Abdullaev
Bugun actively job hunt qilishni boshladim, hozircha 8 ta joyga topshirdim + 2 ta kompaniyaga refer qilishdi. Har kuni progress bilan bo'lishib boraman, nechta joyga umumiy topshirdim va nechta javob oldim. Hozircha: 1/10 #ishovi #jobhunt
1 yil oldin ish qidirishni boshlaganimda Notionda progress-track qilgandim.

HungerStationda ishlash nasib bo'lgan ekan, boshqalari yoki javob bermadi, yoki interviewdan yiqildim, yoki o'zim qatnashishni xohlamadim.
2025/07/07 15:19:11
Back to Top
HTML Embed Code: