tgoop.com/androidyusuf/150
Last Update:
Agar siz Kotlin tilida Android dasturlashni yaxshi o'zlashtirgan bo'lsangiz, Swift yordamida iOS dasturlar uchun KOD yozishga ham qiynalmaysiz. Mana bu maqolada bu ikki tildagi o'xshash sintaksis solishtirilgan.
P.S. Bekorga faqat kod yozishga qiynalmaysiz demadim, chunki iOS loyihalar ustida ishlaganda kod yozish eng oson qismi. iOS development infrastrukturasi - Xcode dasturidan tortib to AppStorega loyihani chiqarishgacha bo'lgan jarayonlar murakkab va juda chalkash. Ayniqsa macOS, iOS va Xcode versiyalarining bog'liqligi, hattoki dasturni test qilish uchun ham uni yig'a olmasligingiz ancha asabbuzarliklar keltirib chiqaradi. Balki shuning uchun ham iOS dasturchilarga talab doimiy balanddir.
https://medium.com/@domen.lanisnik/swift-cheatsheet-for-android-kotlin-developers-19cce41e54c6
BY Yusuf Abdullaev

Share with your friend now:
tgoop.com/androidyusuf/150