tgoop.com/andijon_bugun/120160
Create:
Last Update:
Last Update:
Uzum Market va UzPost bir milliondan ortiq buyurtmalarni topshirishdi
Kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlik tufayli butun O‘zbekiston bo‘ylab Uzum Market xaridorlari o‘zlarining milliy marketpleysdan qilgan buyurtmalarini UzPost milliy pochta operatorining bo‘limlaridan olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mamlakatning barcha hududlaridagi 200 dan ortiq aholi punktlarida 622 ta qo‘shma buyurtma topshirish punktlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
UzPost pochta bo‘limlari zamonaviy topshirish punktlari kabi yetarli darajada jihozlangan — xaridorlar olingan tovarlarni tekshirishlari va maxsus jihozlangan kiyinish xonalarida kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlarni kiyib ko‘rishlari mumkin.
— Butun dunyoda pochta xizmatlari va marketpleyslar ishonchli hamkorlardir va biz bu tendensiyani qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz. Bugungi kunda UzPost pochta bo‘limlari tarmog‘i mamlakat bo‘ylab 1600 dan ortiq nuqtalarni o‘z ichiga oladi. Uzum Market bilan hamkorlik tufayli o‘zbekistonliklarda UzPost bo’limlariga kelish uchun yana bir sabab bor, shu bilan birga biz Uzum bilan birgalikda butun mamlakat bo‘ylab xaridorlarga qulaylik yaratish uchun infratuzilmani faol moslashtirmoqdamiz, — dedi UzPost'ning biznes hamkorlari bilan ishlash xizmati rahbari Oleg Mishelov.
Batafsil
BY Andijon Bugun | Андижон бугун

Share with your friend now:
tgoop.com/andijon_bugun/120160