Telegram Web
?🙃Sanab ko'ringchi .
robot-tasks-master.zip
40.3 KB
Pythonda bilimlarni mustahkamlash uchun ajoyib modul
#SQL #LOWER #UPPER #INITCAP

Case-Conversion Functions

UPPER(s), LOWER(s), va INITCAP(s)

s-bu jadval ustuni yoki matn bo’lishi mumkin

UPPER
Kichik harflarni katta qilish uchun ishlatiladi.

LOWER
Katta harflarni kichik qilish uchun ishlatiladi.

INITCAP
Har bitta so'zni bosh harfini katta qiladi. Bunda matndagi so'zlarni probel, tinish belgilari (.,:;?_!) bilan ajratib oladi.
#SQL

SELECT [ustunlar] FROM [jadval] WHERE [shartlar] GROUP BY [ustunlar] HAVING [shartlar] ORDER BY [ustunlar] LIMIT [son]

Qaysi biri birinchi ishlaydi, qaysi biri oxiri?

1. FROM
Biz yozgan so'rovning birinchi bo'lib analiz qilinadigan qismi bu from dan keyingi ma'lumot manbasi hisoblanadi. Biz olishimiz kerak bo'lgan so'rov qayerdan olinishligi aniqlanadi.

2. WHERE
Ikkinchi bo'lib, biz ma'lumot olayotgan manbadan qaysi satrlar olinishligini aniqlash uchun shartlar tekshiriladi, ya'ni filtrlanadi.

3. GROUP BY
Uchinchi bo'lib, agar bizda group by
ishlatilgan bo'lsa, o'sha ustundagi qiymatlar bo'yicha satrlar guruhlarga bo'lib chiqiladi.

4. HAVING
To'rtinchi navbatda, guruhlangan ma'lumotlar ustida agregat funksiyalar ishlatilib, guruhlar filtr qilinadi.

5. SELECT
Filtrlardan o'tgan, guruhlangan satrlardan aynan qaysi ustunlari kerakligi belgilanadi.

6. ORDER BY
Olingan barcha ma'lumotlar aytilgan ustunlarning qiymati bo'yicha o'sish yoki kamayish tartibida saralanadi.

7. LIMIT
Saralangan ma'lumotlardan nechtasi kerakligi aniqlanib, so'rovga javob qaytadi

Shu uchun ham select da as qilib berilgan ustun nomlari orqali
group by, having larni ishlata olmaymiz, lekin order by da ishlatishimiz mumkin

Mana shunday tartibda biz yozgan so'rovlar amalga oshiriladi.


@algoritm_lar
Forwarded from Deleted Account
Sichqoncha to'satdan ishlamay qolsa nima qilish kerak.?

ℹ️Agar sichqonchangiz to'satdan ishlamay qolsa,klaviaturadan sichqonchani boshqarish funksiyalaridan foydalanishingiz mumkun.


💻🖥⌨️Left Alt + Left shift + Num Look— ko'rsatlgan oynada qo'shishni tasdiqlaganizdan so'ng . Kursor klaviaturaning o'ng tomonida joylashgan raqamlar yordamida boshqariladi (NumPad)

⬇️ Asosiy vazifalar :

⚡️"NumLock" — emulyatsiya rejimini to'xtatib turadi yoki faollashtiradi.
⚡️."1", "2", "3", "4", "5", "6","7", "8", "9"—kursorni siljitish uchun kerk bo'ladi .Faqat kerakli tugmachani bosib ushlab turing va va sichqoncha kursori kerkli yo'nalishda harakatlanadi.
⚡️"Shift"— kursor harakatini tezlashtrish.
⚡️"Ctrl" — sichqoncha kursorini tezligini pasaytiradi.
⚡️"5" —sichqonchani bir marta bosish.
⚡️"+" —sichqonchani ikki marta bosish.
⚡️"-" —o'ng tugma.
⚡️"*" —sichqonchaning chap va o'ng tugmalarini bir vaqtda bosish.
⚡️"0" — sichqoncha tugmalaridan birini ushlab turadi.

👩‍💻🧑‍💻Bergan ma'lumotlarimiz foydali bo'lgan bo'lsa ijobiy reaksiyalar qoldiring!


⬇️Kanalimizga ulanish uchn ushbu linkga o'ting.

www.tgoop.com/algoritm_lar
#SQL #LPAD #RPAD

Ustunni uzunligining bo'sh joylarini to'ldirishda biz LPAD() funksiyasidan yoki RPAD() funksiyasidan foydalanamiz.

Keling, qanday qilishni ko'rib chiqaylik

LPAD() funktsiyasi satrni chap tomondan berilgan belgilar bilan belgilangan uzunlikka joylashtiradi.

RPAD() funktsiyasi satrni o'ng tomondan berilgan belgilar bilan belgilangan uzunlikka joylashtiradi.

Sintaksisi
:
LPAD( string, length, pad_string )
RPAD( string, length, pad_string )


string - qiymatlari to'ldirilishi kerak bo'lgan matn (bu joyda ustun, raqam, sana va boshqa qiymatlar bo'lishi mumkin).

length - to'ldirilgandan keyingi ustun qiymatining umumiy uzunligi.

pad_string - qo'shilishi kerak bo'lgan satr.

MISOLLAR:

SELECT LPAD('YANGI',6,'#'); 
natija: "###YANGI"

SELECT LPAD(' algoritm',15,'Yaxshi');
natija: "Yaxshi algoritm"

SELECT LPAD(8,5,9);
natija: "99998"


@algoritm_lar
#SQL #REPLACE

RECPLACE() - funksiyasi satr ichidagi so'zni, harfni yoki belgilarni yangisiga almashtirish uchun ishlatiladi.

Sintaksisi:
REPLACE(String, Old_substring, New_substring)

String - bu siz almashtirmoqchi bo'lgan satr.

Old_substring - bu satrdagi qidirmoqchi bo'lgan va almashtirmoqchi bo'lgan so'z, harf yoki belgi.

New_substring - bu Old_substring o'rniga qo'shmoqchi bo'lgan yangi so'z, harf yoki belgi.


@algoritm_lar
#SQL #MOD #NUMERIC #FUNCTION

MOD(x,y) - funksiyasi x ni y ga bo'lgandagi qoldiqni qaytaradi.

y ga 0 qiymat berib bo'lmaydi sababi sonni 0 ga bo'lib bo'lmaydi, agar 0 qiymat berib yuborsangiz xato qaytaradi. Lekin Oracle ma'lumotlar bazasida y ga 0 qiymat berib yuborilsa xato qaytarmaydi x ni qaytaradi (oxirgi rasm) .

@algoritm_lar
#CRUD #SQL #DML

Data Manipulation Language, DML

SELECT
SELECT ustun1, ustun2, ... FROM jadval_nomi;

jadvalni barcha ustunlarini ko'rish quyidagicha yoziladi.
SELECT * FROM jadval_nomi;

INSERT
INSERT INTO jadval_nomi (ustun1, ustun2, ustun3, ...) VALUES (qiymat1, qiymat2, qiymat3, ...);

Jadvalning barcha ustunlari uchun qiymatlar qo'shmoqchi bo'lsangiz, SQL so'rovida ustun nomlarini ko'rsatishingiz shart emas. Biroq, qiymatlar tartibi jadvaldagi ustunlar bilan bir xil tartibda ekanligiga ishonch hosil qiling. Sintaksisi quyidagicha bo'ladi:
INSERT INTO jadval_nomi VALUES (qiymat1, qiymat2, qiymat3, ...);

UPDATE
UPDATE jadval_nomi SET ustun1 = qiymat1,ustun2 = qiymat2, ... WHERE shart_yoziladi;

Agar WHERE qismi yozilmasa jadvaldagi barcha qatorlani yangilaydi.

DELETE
DELETE FROM jadval_nomi WHERE shart_yoziladi;

Agar WHERE qismi yozilmasa jadvaldagi barcha ma'lumotlarni o'chiradi.

@algoritm_lar
#SQL #DDL

Data Definition Language, DDL

CREATE
Obyekt (database, table,..) yaratish uchun ishlatiladi.
MIsol uchun:
CREATE TABLE jadval_nomi (
ustun1 toifasi,
ustun4 toifasi,
ustun3 toifasi,
....
);

DROP
Obyekt (database, table,..)ni o'chirish uchun ishlatiladi.
Misol uchun:
DROP TABLE jadval_nomi;

ALTER TABLE
Jadvalni o'zgartirish (yangi ustun qo'shish, ustun toifasini o'zgartirish, ...) uchun ishlatiladi.
Misol uchun: jadvalga yangi ustun qo'shish
ALTER TABLE jadval_nomi
ADD ustun_nomi toifasi;

@algoritm_lar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2026 йилда Информатика бўйича халқаро олимпиада илк бор Ўзбекистонда ўтказилади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2025/06/24 23:36:24
Back to Top
HTML Embed Code: