tgoop.com/algoritm_lar/102
Create:
Last Update:
Last Update:
#SQL
SELECT [ustunlar] FROM [jadval] WHERE [shartlar] GROUP BY [ustunlar] HAVING [shartlar] ORDER BY [ustunlar] LIMIT [son]
Qaysi biri birinchi ishlaydi, qaysi biri oxiri?
1. FROMBiz yozgan so'rovning birinchi bo'lib analiz qilinadigan qismi bu from dan keyingi ma'lumot manbasi hisoblanadi. Biz olishimiz kerak bo'lgan so'rov qayerdan olinishligi aniqlanadi.
2. WHEREIkkinchi bo'lib, biz ma'lumot olayotgan manbadan qaysi satrlar olinishligini aniqlash uchun shartlar tekshiriladi, ya'ni filtrlanadi.
3. GROUP BYUchinchi bo'lib, agar bizda group by
ishlatilgan bo'lsa, o'sha ustundagi qiymatlar bo'yicha satrlar guruhlarga bo'lib chiqiladi.
4. HAVINGTo'rtinchi navbatda, guruhlangan ma'lumotlar ustida agregat funksiyalar ishlatilib, guruhlar filtr qilinadi.
5. SELECTFiltrlardan o'tgan, guruhlangan satrlardan aynan qaysi ustunlari kerakligi belgilanadi.
6. ORDER BYOlingan barcha ma'lumotlar aytilgan ustunlarning qiymati bo'yicha o'sish yoki kamayish tartibida saralanadi.
7. LIMITSaralangan ma'lumotlardan nechtasi kerakligi aniqlanib, so'rovga javob qaytadi
Shu uchun ham select da as qilib berilgan ustun nomlari orqali
group by, having larni ishlata olmaymiz, lekin order by da ishlatishimiz mumkin
Mana shunday tartibda biz yozgan so'rovlar amalga oshiriladi.
@algoritm_lar
BY Malumotlar tuzilmasi va algoritmlar
Share with your friend now:
tgoop.com/algoritm_lar/102