tgoop.com/adu_uz/49652
Last Update:
Keksalarning boy hayotiy tajribasi va ezgu yo‘li – yosh avlod uchun ibrat maktabi va tarbiya manbaidir
Bugun, 14-iyun kuni Andijon davlat universitetida 1971–1975-yillarda Fizika va matematika yo‘nalishida tahsil olgan, umrining ko‘p qismini ta’lim va tarbiya sohasiga bag‘ishlagan sobiq talabalar ishtirokida "80 yoshga yetgan ustozlar – hayot maktabining tirik darsligi" mavzusida “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda uch avlod vakillari – mazkur oliygohning Fizika va matematika yo‘nalishida 1971-1975 yillarda tahsil olgan, uzoq yillar turli jabhalarda samarali mehnat qilgan sobiq talabalar, otaxon-onaxonlar, universitetning professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirning ochilish qismida universitet rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev va boshqa ishtirokchilar tomonidan keksa avlod vakillarining mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida olib borgan ibratli faoliyati, yoshlar tarbiyasidagi o‘rni hamda ustoz-shogird an’analarini rivojlantirish borasidagi xizmatlari haqida so‘z yuritildi.
Uchrashuvda otaxon va onaxonlar hayoti hamda mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribalari, hayotdagi turli qiyinchiliklarni yengib o‘tish, ilm olish yo‘lidagi mashaqqatlar, jamiyatda munosib o‘rin topish, yutuqlarga qanday erishish, bugungi kunda keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida so‘zlab, o‘zlarining fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanish, o‘z ishining yetuk mutaxassisi bo‘lib, vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish muhim ekanligini ta’kidlab, maslahatlar berdi.
Mazmunli va katta tarbiyaviy ahamiyatga ega mazkur tadbir ishtirokchilar, ayniqsa, talaba yoshlar xotirasida unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Veb-sayt