tgoop.com/abdullatifxon_anvarxonov/259
Last Update:
Kutubxonalar haqida
Koʻplar uyda dars qila olmasa yoki masofadan ishlaydigan boʻlsa uydan ishlashga qiynalishadi. Shunday paytda turli co-working'larga borishadi. Tabiiyki, bunday joylar pullik boʻladi. Lekin, co-working'larning oʻrnini bosadigan boshqa joylar ham bor. Ular - kutubxonalar.
Ana shunday kutubxonalardan biri bu - Turon kutubxonasi. Turon kutubxonasini ilk bor jadidlar tashkil qilishgan.
Hozirda bu kutubxona Sebzor-Ganga tarafda joylashgan. Gʻafur Gʻulom metro bekati, Abdulla Qodiriy bogʻining yonida. Kelib, bemalol ishlab, oʻqisangiz boʻladi. Oʻzim bir oycha oldin 1 hafta atrofida bordim. Sharoitlari yoqdi.
- 3 yillik obuna uchun 15 000 soʻm;
- yaxshi, barqaror internet;
- masjidning yonida joylashgan;
- dushanba-juma kunlari soat 09:00-20:00, shanba-yakshanba kunlari soat 09:00-17:00 oraligʻida ishlaydi;
- Navoiy kutubxonasi kabi kirishda va chiqishda tekshirish vahimali emas;
- alohida oʻquv zali (laptopni olib kelib shugʻullansa boʻladi) va kompyuter zali bor. Undan tashqari boshqa zallar ham;
- kitob oʻqimoqchi boʻlsangiz asosan badiiy kitoblar;
- ozoda, toza, shinam, yorugʻ, havosi moʻtadil joy;
- xodimlari juda yaxshi, muomalli;
- asosan, abituriyentlar IELTS va SATga tayyorlanib oʻtirishibdi.
Xullas, tavsiya qilaman.
Oʻzi umuman Toshkentdagi hamma kutubxonalarning sharoiti ancha yaxshilangan. Tayyor, tekin co-workinglar.
Imkon boʻlganda shu kutubxonalar toʻrisida koʻrsatuv qilar edim.
@abdullatifxon_anvarxonov
BY Abdullatifxon Anvarxonov

Share with your friend now:
tgoop.com/abdullatifxon_anvarxonov/259